Topshiriq. 7
1. «Xalq pedagogikasi» fani bo’yicha berilgan savolga reja asosida nazariy javob yozing. Dostonlar, eposlar va hikoyatlarda insonparvarlik g’oyasining kuylanishi.
Xalq pedagogikasida dostonlar, eposlar, hiyokoyalarning ahamiyati juda katta rol òynaydi. Chunki bularning tarbiyaviy ahamiyati juda katta hisoblanadi.
Masalan eposlarda insonparlik goyalariga juda katta ahamiyat beriladi.
Ming yillik madaniyatimiz tarixida xalqimiz badiiy tafakkurining mahsuli sifatida yuzaga kelgan nafis so‘z san’ati durdonalari behisob.
Ana shu ma’naviy namunalarni o‘zida mujassam etgan badiiy og‘zaki ijod turlaridan biri eposdir. Epos mazkur xalq haqidagi barcha ma’lumotlarni qomusiy qamrab oluvchi janrdir. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda yosh avlodni ma’naviy, jismoniy barkamol qilib tarbiyalashda qadimiy milliy qadriyatlarning òrni alohida ta’kidlangan. Bu qadriyatlarning tarkibiy qismi bòlgan dostonlar yoshlarga insoniy fazilatlarni singdirishda ularni komil inson qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodida dostonlar avlodlar dunyoqarashi va pedagogika olamining ko‘zgusi bo‘lib, komil insonni tarbiyalashda òziga xos bebaho qadriyatlardan biri hisoblanadi. Zero, xalq dostonlari qahramonlarining sarguzashtlari, ularning qiyinchiliklarni yengib, har tomondan chiniqib borishi har bir yosh uchun ibratdir. Dostonlar xalqning o‘zligini, tilini, urf-odatlarini, qadriyat va an’analarini ifodalab beruvchi ko'zgu ekanligini yuqorida ta’kidladik. Xalq donishmandligi ruhi bilan yòğrilgan dostonlami chuqur va atroflicha o‘rganish esa yosh avlodning ma’naviy kamolotini yuksaltirishga xizmat qiladi.
«Doston» sòzi qissa, hikoya, shonu shuhrat, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida yirik hajmli epik asar nazarda tutiladi. Dostonlarda
tasvirlangan voqea-hodisalar favqulodda kuch-qudratga ega bo‘lgan xalq idealidagi bahodir atrofiga biriashtiriladi. Badiiy adabiyotda asosan ikki usulda yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asriar davomida xalq og‘zaki ijodida baxshilar tomonidan og‘zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar bo‘lsa, ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlardir. Masalan’
«Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonlar, «Malikai ayyor»’ «Ravshan», «Kuntug‘mish», «Rustamxon» kabilar og‘zaki doston namunalaridir. Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig», Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro‘z», A.Navoiyning «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi asarlari esa yozma adabiyotdagi dostonlar hisoblanadi.
Bu dostonlarda haminsonparvarlik ğoyalari haqida keltirib òtilgan. Bundan tashqari mehr-oqibat, vatanga muhabbat kabi insoniy fazilarlar ham yaqqol yoritib berilgan.
Dostonlarda ezgulik, ozodlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, qahramonlik kabi insoniy g‘oyalar mislsiz mahorat bilan tarannum etilgan va insonni hamisha ma’naviy kamolot sari yetaklagan.
Xalq pedagogikasida yana bir janr borki u ham alohida òz òrniga ega. Bu janrda ham insonparvarlik ğoyalari haqida keltirib òtilgan.
Xalq pedagogikasining har bir janrida insonparvarlik ğoyalari uluğlanadi.
2. Quyidagi jumlalarda tushirib qoldirilgan so’zlarni o’rniga qo’yib, to’g’ri javob topganingizni tekshirib ko’ring:
a)Somoniylar va uyğonish davrida Xalq pedagogikasi, qolaversa haykaltaroshlik yuksak darajada rivoj topdi.
b) Muhammad Tarağay Uluğbek amri bilan turli mamlakatlardan me'mor va haykaltaroshlar olib kelinib, ajoyib takrorlanmas saroylar qurildi va bog’u rog’lar barpo etildi.
3. Xalq amaliy bezak san’ati boshqa fanlar kabi o’zining maxsus atamalariga ega. Atamalarning izohli lug’atidan foydalanib, quyidagi so’zlarning izohini bering:
a) Applikastiya -lotincha applicatio – yopishtirish) – gazlama, qog‘oz va boshqa materiallarga rang-barang gazlama, qog‘oz bo‘laklarini tikish yoki yopishtirish yo‘li bilan naqsh ishlash, bezash. Shu usulda yasalgan gul, tasvir ham Applikastiya deb ataladi.
b) Iroqi - kashtadoʻzlikda chok turi; sidirgʻa qoplab (butun va yarim "X" shaklida) toʻrga yoki arqoq va tanda iplaridan sugʻurib, toʻr shakliga keltirilgan matoga tikiladi. Iroqining kesma chiziqlar sanab tikiladigan sanama iroqi va matoga chizilgan naqsh-gul ustidan tikiladigan chizma iroqi turlariga boʻlinadigan terma (doʻppi, jiyak va mayda buyumlar tikiladi) hamda matoga ip toʻshalib, soʻng mayda choklar bilan kesib (yirik kashtalar — palak, soʻzana va b.) tikiladigan xillari bor. Shahrisabz kashtadoʻzligida iroqi choki qadimdan maʼlum boʻlgan, keyinchalik Toshkent, Samarkand, Fargʻona, Surxondaryo va boshqa joylarda keng tarqalgan.
b) Mehrob -… mehrob shaklidagi naqsh turi; amaliy bezak sanʼati (kashtadoʻzlik, kandakorlik, kulollik, yogʻoch oʻymakorligi va boshqalar) va meʼmorlikda keng tarqalgan.
g) Miniatyura -(fransuzcha miniature; lotincha minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻʼjaz) tasviriy sanat asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham Miniatyura atamasi qoʻllanadi. Miniatyura rangli rasmlar sifatida 12-19asrlarda Sharqda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |