A m i l o z a
Rentgen tuzilishi tahlil ma’lumotlariga kо‘ra amilozaning makromolekulasi
spiralsimon tuzilgan. Spiralning har bir о‘ramiga oltita monosaxarid qoldig‘i
tо‘g‘ri keladi.
A m i l o p ye k t i n amilozadan farqli ravishda shoxlangan tuzilishga ega.
Asosiy zanjirda D-glyukopiranoza qoldiqlari
-1,4-glyukozid bog‘lari orqali
bog‘langan. Lekin undagi tarmoqlanish nuqtalarida
-1,6-glyukozid bog‘ ham
mavjud bо‘lib, bunda bir
- D-glyukopiranoza qoldig‘ining birinchi uglerod atomi
boshqa
- D-glyukopiranoza qoldig‘ining oltinchi uglerod atomi bilan bog‘langan
bо‘ladi. Quyida Xeuors formulasi yordamida amilopektin molekulasining kichik
bir qismi tasvirlangan:
Amilopektin molekulasidagi tarmoqlanish nuqtalari orasida taxminan 20-25
ta D-glyukopiranoza qoldiqlari joylashadi. Amilopektinning molekulyar massasi
1mln.dan 6 mln.gacha bо‘ladi.
Amilopektin iod ta’sirida qizg‘ish-binafsha rang beradi.
Kraxmal turli maqsadlarda ishlatiladi. U oziq –ovqat mahsuloti sifatida,
tо‘qimachilik va boshqa sanoatlar uchun zarur bо‘lgan yelim tayyorlashda,
glyukoza, spirt olishda ishlatiladi. Kraxmal dorishunoslikda sepma dori, pasta va
boshqa dorilar ishlab chiqarishda qо‘llaniladi.
G l i k o g ye n (S
6
N
10
O
5
)n ba’zan hayvon kraxmali deb ham ataladi.U ham
kraxmalga о‘xshash yuqori molekulali polisaxarid bо‘lib, odam va hayvonlar
organizmida zahira oziq moda sifatida tо‘planadi. U jigarda 20% gacha,
mushaklarda 4% gacha uchraydi. Lekin organizmning oziqlanish darajasiga qarab
bu miqdor о‘zgarib turadi. Mushak harakati paytida glikogen sut kislotaga
parchalanadi va uning miqdori kamayadi. organizm tо‘qimalarida glikogendan bir
qator murakkab о‘zgarishlar natijasida sutkislorta hosil bо‘lish jarayoni g l i k o g
ye n o l i z deb ataladi.
Glikogen oq amorf moda bо‘lib, issiq suvda yaxshi eriydi. glikogen
eritmasining solishtirma buruvchanligi kraxmalnikiga yaqin bо‘lib
D
=
+196
ga
teng. Glikogen ba’zi fermentlar va kislotalar ta’sirida gidrolizga uchrab maltoza,
sо‘ngra esa glyukoza hosil qiladi. Glikogen tuzilishi jihatdan amilopektinga
о‘xshash. Uning molekulasida ham
-1,4- va
-1,6-glyukozid bog‘lari mavjud,
amilopektindan kо‘p tarmoqlanganligi bilan farq qiladi (1-rasm ). Odatda, glikogen
molekulasidagi tarmoqlanish nuqtalari orasida 10-12 ta, ba’zan esa 6 ta D-
glyukopiranoza qoldiqlari joylashadi. Molekulaning bunday kо‘p tarmoqlanganligi
glikogenning energetik vazifasini bajarishda muhim ahamiyatga ega, chunki faqat
kо‘p sonli oxirgi qoldiqlar bо‘lgandagini kerakli miqdordagi glyukoza
molekulalari tezlikda ajralib chiqishi mumkin.
Glikogenning
molekulyar
massasi
millionlar
hisobida
о‘lchanadi.
Makromolekulaning
parchalanib
ketmasliginihisobga
olib,
glikogenning
molekulyar massasi 100 mln.ga tengligi aniqlandi. Glikogen eritmalari iod ta’sirida
qizil rangdan qizil-qо‘ng‘ir ranggacha bо‘yaladi.
S ye l l yu l o z a yoki kletchatka (C
6
H
10
O
5
)n ham tabiiy yuqori polisaxarid
bо‘lib,barcha о‘simliklar tarkibiga kiradi va ularda hujayra qobiqlarini hosil
qiladi.Yog‘och tarkibida 50-70% sellyuloza bо‘ladi. Zig‘ir va kanop tolasi ham
asosan sellyulozadan tashkil topgan. Paxta tolasining 92-96%i sellyulozadan
iborat.
Sellyuloza
tо‘liq gidrolizlanganda D-glyukopiranoza hosil bо‘ladi.
Makromolekulada D-glyukopiranoza qoldiqlari о‘zaro
-1,4-glyukozid bog‘lari
orqali bog‘langan. Sellyulozaning tuzilishini quyidagi umumiy formula bilan
ifodalash mumkin:
O
H
H
H
OH
H
OH
CH
2
OH
H
O
H
H
H
OH
H
OH
CH
2
OH
H
O
H
H
H
OH
H
OH
CH
2
OH
H
O
O
O
S ye l l yu l o z a
Sellyulozaning makromolekulasi shoxlangan emas, unda 2500 dan 12000
tagacha
- D-glyukopiranoza qoldiqlari bо‘lib, turli manbalardan olingan
sellyulozaning molekulyar massasi 400000 dan 1-2 milliongacha boradi. U
kо‘pchilik erituvchilarda erimaydi. Lekin Cu (OH)
2
ning ammiakli eritmasida yoki
kalsiy rodanidning konsentrlangan eritmasida qizdirib, ma’lum darajada eritish
mumkin. Sellyuloza tarkibida
- D-glyukopiranoza “kreslo” konformatsiyasida
bо‘lishi aniqlangan. Quyida sellyuloza molekulasi bir qismining tuzilishi va undagi
vodorod bog‘lar keltirilgan (2-rasm).
CH
2
OH
HO
CH
2
OH
HO O O
O
HO
O O HO
OH
HO
CH
2
OH n OH
Anomer uglerod atomning
-konfiguratsiyaga ega ekanligi tufayli sellyulozaning
makromolekulasi juda aniq chiziqli (chо‘zilgan) tuzilishga ega. Bunday tuzilish
molekula zanjiri ichida hamda qо‘shni zanjirlar orasida vodorod bog‘larning hosil
bо‘lishiga imkoniyat yaratadi (2-rasmga qarang). Polimer zanjirlarning bunday
bog‘lanishi yuqori mexanikaviy mustahkamlikni, tolalikni va kimyoviy inertlikni
ta’minlaydi. Sellyulozaning har bir
- D-glyukopiranoza qoldig‘ida uchtadan erkin
gidroksil guruh bо‘ladi, shuning uchun uning formulasini quyidagicha yoyib
yozish mumkin:
(C
6
H
10
O
5
)n
=
C
6
H
7
O
2
(OH)
3
n
Ana shu gidroksil guruhlar hisobiga sellyuloza bir qator oddiy va murakkab
efirlar hosil qiladi. Ulardan sellyulozaning nitrat (portlovchi moddalar,kolloksilin),
sirka kislota (sun’iy ipak)lar bilan hosil qilgan murakkab efirlarit hamda
ksantogenati (viskoza ipagi va sellofanishlab chiqarish) katta ahamiyatga ega.
Sellyulozaning hosilalaridan karboksimetilsellyuloza (KM-sellyuloza) va
dietilaminetilsellyuloza (DEAYE-sellyuloza) ion almashtirgichli xromatografiyada
aminokislotalar, peptidlar, oqsillar, nuklein kislotalar va nukleotidlarni bir-biridan
ajratishda kation yoki anion almashtirgich sifatida ishlatiladi.
D ye k s t r a n l a r- bakteriyalar ishtirokida hosil bо‘ladigan polisaxaridlar
bо‘lib, ularning umumiy formulasi ham (C
6
H
10
O
5
)n dir. Sanoatda ularni
mikrobiologik usul bilan Jeucanostos mesenteroides mikroorganizmini saxaroza
eritmasiga ta’sir ettirib olinadi.
Dekstranlar
- D-glyukopiranoza qoldiqlaridan tashkil topgan.Dekstranlar
makromolekulalari kuchli shoxlangandir.Ularda asosiy glikozid bog‘ –bu
-1,6-
glyukozid bog‘dir, tarmoqlanish nuqtalarida esa
-1,4,
-1,3, ba’zida esa
-1,2-
glyukozid bog‘lari ham uchraydi. Quyida dekstran makromolekulasining ma’lum
bir qismi tarmoqlanish nuqtalari bilan birga keltirilgan:
Tabiiy dekstranlarning molekulyar massasi juda katta. Uning qiymati о‘n
millionlar bilan hisoblanadi. Dekstranlarning yopishqoqligi qon plazmasining
yopishqoqligiga yaqin bо‘lganligi uchun uning suvli eritmalari qon о‘rnini
bosuvchi
modda
sifatida
ishlatiladi.
Molekulasining kuchli tarmoqlanganligi tufayli dekstranlar molekulyar g‘alvirlar
–sefadekslar tayyorlashda qо‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |