Reptiliyalar sinfi:
Anakonda, zaharli bushmeyster, daraxt iguanasi.
Amfibiyalar sinfi:
Pipa baqasi, kvakshalarning ko’pchilik turlari.
Baliqlar sinfi:
Ikki xil nafas oluvchi baliq – lepidosiren, elektr ugor balig’i, piranya.
Markaziy Amerika kichik oblasti
Bu kichik oblast Panama bo’ynidan to Neogey olami shimoliy chegarasigacha, ya’ni Meksika tog’larining janubiy chekkalarigacha bo’lgan hududni egallaydi. Markazi Amerika kichik oblastining relefi tog’likdan iborat bo’lsada, bu yerda Kordilyera tog’larining baland cho’qqilari uchramaydi. O’simlik qoplamini palmalarning ko’pchilik turlari mavjud tropik o’rmonlar tashkil qiladi. Kichik oblastning faunasi o’tish harakteriga ega, chunki Janubiy Meksika va Markaziy Amerikada Neotropika hamda Nearktika hayvonlarining areallari bir-birini qoplab olgan. Shunday bo’lsada, Markaziy Amerika kichik oblasti faunasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu kichik oblastda quyidagi hayvonlar yashaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |