Grunt zo‘riqishini aniqlashdagi tajriba usullari
.
Yuqoridagi nazariy
ifodalarni amaliy tekshiruv ishlari tajriba yordamida olib boriladi.
Ularni ikki
turga ajratish mumkin.
1.
Tajribaxona va dala sharoitlarida asliy
gruntlarni yuklash orqali
zo‘riqishni aniqlash.
2.
Gruntga monand bo‘lgan yaltiroq
ashyo bilan almashtirib, yorug‘lik
(optik) asboblar yordamida zo’riqish holatini o’rganish.
Birinchi usul, ya’ni gruntni yuklash yordamila tajriba o‘tkazish birmuncha
qiyinliklar bilan bog‘liq. Bu qiyinchiliklar grunt va o‘lchov asboblarining
zichliklari muqobilligini va ularning bir me’yordagi deformatsiyasini
ta’minlashda,
shuningdek, o‘lchov asboblarini nihoyatda kichik o‘lchamda
yasalishini bajarishda namoyon bo‘ladi.