Ma’ruzalar matni



Download 1,2 Mb.
bet71/112
Sana30.09.2021
Hajmi1,2 Mb.
#189951
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112
Bog'liq
Dinshunoslik

Missionerlik - eng umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa dinni targ’ib qilishni anglatadi. Missionerlik, asosan, xristianlikka xosdir. Bunday harakat xristianlik Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan paytdan beri olib borilmoqda. Xristian ruhoniylari dastlab missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko’p xudolikka e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka targ’ib qilish bayrog’i ostida olib bordilar. Shu tariqa IV asrda paydo bo’lgan xristian missionerligi XIII–XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi.

Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XIII–XVI asrlar) kuchaydi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi erlarni o’z ta’siri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy targ’ibot kongregatsiyasini ta’sis etdi. Missionerlik XIX asrda yangidan faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va o’z mamlakatlarining siyosatini o’tkazishga yordam berdilar.

Yuqoridagi ma’lumotlar ham missionerlik o’z tarixiga ega ekanini ko’rsatadi. Shunday bo’lsada, xristian diniy tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan missionerlik harakati bugungi kungacha ko’pdan-ko’p bahslarga sabab bo’lmoqda. Zero, hozirgi davrda jahon aholisining mutlaq ko’pchiligi o’z diniga, aksariyat hollarda yakkaxudolikka ega bo’lgan davrda «missionerlik» salbiy bir holatga aylanib qolganini ta’kidlash zarur.

Ayni paytda, «missionerlik» tushunchasining o’zi turlicha talqin etilayotganini ham qayd etish lozim. Xususan, protestant diniy tashkilotlari «missionerlik» so’zini inkor etadilar va o’z faoliyatlarini «evangellashtirish» tushunchasi bilan izohlashga harakat qiladilar. Buni ular Bibliyaning tarkibiy qismi bo’lgan avliyo Markdan kelgan Evangeliyadagi xristianlar uchun jahon uzra o’z dinlarini barcha xalqlarga etkazish zarurligi to’g’risidagi ko’rsatmaning bajarilishi sifatida taqdim etadilar.

Shu o’rinda bir holatga e’tibor qaratish zarur. Bibliyaning muqaddas kitobligini hech kim inkor etmaydi. Shu bilan birga, unda qayd etilgan yuqoridagiga o’xshash fikrlarning aynan Bibliya yozilgan davr uchun to’g’ri kelishligini ayrim xristian diniy tashkilotlari tushunishni xohlamayotganliklarini va ular olib borayotgan harakatlar haqli noroziliklarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlash zarur.

Qayd etilgan holatlar ham missionerlik bugungi kunda mutaassiblikning o’ziga xos ko’rinishi sifatida namoyon bo’layotganini ko’rsatadi.



Prozelitizm” - bu to’g’ridan-to’g’ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga majbur qilishdir.

Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko’rish mumkin. Xususan, bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo’yish bilan bog’liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayyitning musulmon ota-onalari o’z farzandlarini xris­tian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o’z musulmon birodarlari yotgan joyga qo’yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi o’z o’g’lini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, o’z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko’ra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola o’rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.

Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o’zi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda islom diniga mansub aholida xristianlikning ayrim yo’nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo’lishi orqali dinlararo va millatlararo nizolarni keltirib chiqarishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi.

Shu bilan birga, din milliy ma’naviyat va madaniyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri ekanini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo’lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy yo’nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni ta’minlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Masalaning ana shu jihatiga e’tibor berilsa, missionerlik va prozelitizm harakatlari ortida diniy zaminda millatni ichidan bo’lib tashlashga qaratilgan g’arazli siyosiy maqsadlar yotganini va u keltirib chiqaradigan fojialarni anglab etish mumkin.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish