1. Predmetlar, tovushlar va harakatlarni sanash
Sanoq o‟tkazish prosessida bolalarni bir xil ma‟lumotlarning o‟zi bo‟yicha imkoni boricha “qancha?” so‟zi bilan ko‟proq savollar qo‟yishga mashq qildiriladi.Sanoq bilan bog‟liq mashqlarni bajarish prosessida sanoqda oxirgi aytilgan son sanayotgan gruppada qancha predmet bor? deb qo‟yilgan savolga javob bo‟lishini tushuntirish kerak. Predmetlarni o‟ngdan chapga yoki chapdan o‟ngga, pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga qarab sanashimiz bilan sanoq natijasi o‟zgarmaydi.Predmetlarni sanashga bag‟ishlangan darslarda bolalarni predmetlarni bittalab sanashgagina emas, balki ikkitalab, beshtalab sanashga o‟rgatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |