Maruzalar matni


Ranglarning to‘yinganligi



Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana16.06.2022
Hajmi2,61 Mb.
#677531
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
UMK.dastgohli rang Bakalavr17.05

Ranglarning to‘yinganligi
 
Ranglarning to‘yinganligi ham ikkala rang guruhiga xos sifat bo‘
lib, u axromatik 
ranglarda ko‘proq kulranglar shkalasiga, xromatik ranglarda esa ko‘pincha spektr 
ranglariga solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Rang tuslarining to‘yinganligi turlicha bo‘ladi. masalan, birorta sariq rangni 
yorqinligi bo‘yicha unga teng k
eladigan och kul rang bilan aralashtirilsa, unda rang 
tusining to‘yinganligi birmuncha pasayadi, oqishroq yoki kam to‘yingan bo‘lib qoladi. 
Agar biz qizil rang kuchini davom ettirsak, undan ham past rang tusining hosil bo‘lishini 
ko‘ramiz. Aralashmada kul rangning ta’siri kuchli bo‘lganligi uchun sariq tus salgina 
sezilishi yoki umuman sezilmasligi mumkin. Ranglar xolkasida bir-
biriga ro‘paro turgan 


rang dog‘lari qarama
-
qarshi yoki to‘ldiruvchi ranglar deb ataladi. Ular ham o‘z 
navbatida, bir-biriga ohangdo
sh bo‘ladi va bir
-
birlarini to‘ldiradi.
To‘ldiruvchi ranglar qator qo‘yilganda muvafiqlashuv qonuniga binoan yanada 
ochiqroq yoki yorug‘roq bo‘lib ko‘rinadi. Aytaylik qizil rang yashil rang bilan yonma
-yon 
quyilsa boshqa qatorda turgan rang tuslariga nisbatan yanada ochiqroq va qizilroq 
ko‘rinadi.
O‘quvchilarga ranglarning tuslari va to‘ldiruvchi ranglar to‘g‘risida gapirilganda 
ularning qanday yo‘llar bilan hosil qilinganligini tushuntirib o‘tish kifoya. Bularni 
o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda palitrada amalda tajriba qilib ko‘radilar. Agarda 
ikkita to‘ldiruvchi rang bir xil miqdorda aralashtirilsa, kul rangga o‘xshab qoladi. 
Natijada, birorta rangning yorug‘lik kuchini kamaytirish uchun ustidan to‘ldiruvchi 
rangning suyuq eritmasi bilan bo‘yaladi yoki atrofidagi rang o‘zgartiriladi.
Masalan, qizil rangni ozroq kuchsizlantirish uchun uni yashil rangning suyuq 
eritmasi bilan qoplash kerak. Gohida yoniga birorta qizg‘ish tusdagi bo‘yoq suriladi.
Tabiatdagi mavjud ranglarni yana, o‘z navbatida, iliq va 
sovuq ranglarga ajratish 
mumkin. Ranglarning bu xususiyatari ham ularning asosiy xossalaridan biridir. 
Iliq ranglarga quyoshni, alangani, qizigan temirning taftini eslatuvchi sariq, 
zarg‘aldoq, qizil, sarg‘ish, yashil kabi ranglar kiradi. Iliq ranglarning 
asosiy xossalaridan 
biri shuki, ular ko‘zga tez tashlanadi, hamda sezgi organlariga kuchli ta’sir etadi. Barcha 
iliq yoki ochiq ranglarni shartli ravishda buyurtgan yoki ranglar deb atash mumkin. 
Rasmda oldingi planni tasvirlashda ko‘pincha iliq ranglardan
foydalaniladi. Ayrim 
hollarda iliq ranglarni yoqimli deb atash mumkin. Sovuq ranglar esa aksincha yoqimsiz 
ranglar deb yuritiladi. Sovuq ranglarga muz, suv, osmon ranglarini eslatuvchi ko‘kish 
yashil, ko‘kishsh qizil va shu kabi ranglar kiradi. Sovuq ranglar ko‘pincha og‘irlikni, 
hajmdorlikni, uzoq masofaviylikni ifodalaydi, hamda shartli ravishda bo‘rtgan ranglar 
deb ataladi. Iliq va sovuq ranglar dekorativ bezash ishlarida keng qo‘llaniladi, hamda 
rangli tasvir ishlashda juda qo‘l keladi.
Nazorat savollar: 
4.
Qarama-qarshi ranglar degan ibora nimalarni bildiradi? 
5.
Rang
ning to’yinganli
deganda nimalarni his etasiz? 
6.
Rang tusi so'zi nimani ifoda etadi? 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
4.
Boym
е
tov B.B., Nurto
еv O‘.N. “Tasviriy san'at tе
xnologiyasi va nusxa 
ko‘chirish”. Toshkеnt, «Iqtisod
-
moliya» 2008.
5.
Tolipov N., Abdirasilov S., Oripova N. «Rangtasvir». T.O‘zbekiston , 2006.


6.
Кирцер Ю.М. Рисунок и живопись. Практическое пособие. М.: “Высшая 
школа”, 1992.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish