Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi



Download 384,16 Kb.
bet70/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

Uchinchidan, milliy g‘oya hech narsani, jumladan davlatni ham, alohida shaxslarni ham ilohiylashtirishni nazarda tutmaydi, balki xalqning eng ezgu his-tuyg‘ulari, intilishlarini ifodalab, bunyodkorlik ishlariga rag‘batlantiradi.

To‘rtinchidan, milliy g‘oya allaqanday totalitar xususiyatga ega mafkura emaye, u biron bir shaxs ishlab chiqqan va zo‘rlab jamiyatga tiqishtirayotgan yoki tepadan tushirilgan "yagona g‘oya" ham emas. U xalqning o‘z tafakkuri mevasi bo‘lib, milliy-ma’naviy negizga tayanadi.

Beshinchidan, milliy g‘oya umumbashariy fikrlar, ilmiy yutuqlarni jamlab singdirinshi ham ko‘zda tutadi. Yevropa mutafakkirlaridan biri K.Gelvetsiy yozishicha, "Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan muvofiq keladi. Ilmu ma’rifat nuridan bahramand bo‘lgan har bir xalq bu bilan o‘z qo‘shnilariga zarar yetkazmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma’rifatli bo‘lsalar, ular o‘zaro g‘oyalar, bilimlar almashishga moyil bo‘ladilar va oqibatda shu tufayli butun dunyo aqli ortib boraveradi". Shu bois milliy g‘oya mamlakatni yakkalab qo‘yadi, taraqqiyotni susaytiradi, deguvchilar xato qiladi.

Shunday qilib, milliy g‘oya — milliy rivojlanish lokomotivi. Bunda davlatchilik g‘oyasi, davlat va uning rahbariga hurmat, milliy davlat salohiyati bilan faxrlanish ham muhim o‘rin tutadi. "Bu — mening xalqim, bu — mening "Vatanim", deb faxrlangan odam "Bu — mening davlatim" deya faxrlana olishi ham keraк. Davlat bir organizm sifatida o‘zini takomillashtirib, demokratik jamiyatni tashkil etuvchi kuch sifatida har doim millat ravnaqiga rahnamo bo‘lib turadi.

O‘zbekistonning istiqlol davridagi rivojlanishi, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li buni isbotlab turibdi. Demak, milliy rivojlanish omillari quyidagilardan iborat:

1.Milliy g‘oyaga asoslangan bunyodkorlik, fidoyilik va vatanparvarlik.

2.Milliy-ma’naviy yuksalish va ilmiy salohiyat, madaniy darajaning balandligi.

3.Milliy yakdillik, siyosiy barqarorlik.

4.Mustahkam milliy davlatchilik asoslarining mavjudligi.

5.Milliy o‘zlikni anglashning yuksak darajada bo‘lishi va boshkalar.

Milliy g‘oya demokratiya va milliy davlatchilikning negizlarini tashkil etadi. Xo‘sh, buning eng ustuvor yo‘nalish hisoblanmish "mamlakat siyosiy, iqtisodiy, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish" vazifasi bilan qanday aloqasi bor? Aytish mumkinki, bevosita aloqasi bor. Chunki siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish degan gap jamoat tizimlarini, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish demakdir. Buni kim amalga oshiradi? Albatta, fuqarolarning o‘zi. Shunday ekan, fuqarolar o‘z haq-huquqini tanimasdan, faollashmasdan, siyosiy ongi oshmasdan, chinakamiga vatanparvar, fidoyi bo‘lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun har bir fuqaro fuqarolik burchini anglagan, kurashchan va faol bo‘lishi lozim.

Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi to‘rt jihatni, ya’ni:



  1. haq-huquqini taniydigan va buning uchun kurashadigan;

  2. o‘z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning samarasini ko‘radigan;

  3. atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan;

  4. shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritadigan bo‘lishi lozim.

Shunday qilib, milliy g‘oya hayotiy va istiqbolli g‘oyadir. U taraqqiyotga va mamlakat

fuqarolarini chinakam hamjihatlikka, ma’rifatga olib boradigan insonparvar va taraqqiyparvar g‘oyadir.




Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish