Birinchidan, milliy g‘oya — bu har bir shaxs va butun jamiyatga tegishli g‘oyadir. Milliy g‘oya fikrlar va mafkuralar xilma-xilligiga asoslanadi; milliy g‘oya — jamiyat mafkurasi, davlat mafkurasi emas;
Ikkinchidan, milliy g‘oya negizida vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usi yotadi. Demak, milliy g‘oya va milliy taraqqiyot, yurt rivoji aloqador. Shu nuqtai nazardan ham birinchi Prezidentimizning "Ozod, va obod Vatan, zrkin va. farovon hayot qurish — pirovard maqsadimiz" degan hikmatli so‘zida ma’no ko‘p. Bu jumlada mustaqillikning abadiyligi, demokratik erkinliklar, Vatan ravnaqi, har bir fuqaro hayotining farovonlashuvi ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |