3-Ilova
Birinchi Prezident Islom Karimov “Mafkura” tushunchasi, uning mohiyati haqida.
Oldimizda turgan eng muhim masala, bu-milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, diniga, ruhiyatigi asoslanib, kelajakka ishonch, mehr – oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma'rifat tuyg'ularini ongimizga singdirishi lozim.
I. Karimov. Buyuk maqsad yo‘lida adashmaylik Oliy Kengashning 1993 yil 6 may kuni bo‘lib o‘tgan
12- sessiyasida so‘zlagan nutqi. “O‘zbekiston:milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”.T.1. T.,”O‘zbekiston”, 1996 yil, 203-bet.
***************************************************************
O‘zining hayotini, oldiga qo‘ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o‘z kelajagi haqida qayg'uradigan millat hech bir davrda milliy g‘oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi.
I.Karimov. “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasidagi so‘z boshi, “Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz”. T.9 T., “O‘zbekiston” 2001 yil. 221-b.
***************************************************************
Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotish muqarrar.
I.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi halqni-xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. “Tafakkur” jurnali Bosh muharririning savollariga javoblar, 1998 yil 2-soni “Biz kelajagamizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”. T. 7. T., “O‘zbekiston” 1999 yil. 84-b.
***************************************************************
Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishiga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman.
I.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi halqni-xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. “Tafakkur” jurnali Bosh muharririning savollariga javoblar, 1998 yil 2-soni “Biz kelajagamizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”. T. 7. T., “O‘zbekiston” 1999 yil. 89-b.
***************************************************************
Sodda qilib aytganda, jamiyatmizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g'ayrat manbai bo‘lishi lozim.
I.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi halqni-xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. “Tafakkur” jurnali Bosh muharririning savollariga javoblar, 1998 yil 2-soni “Biz kelajagamizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”. T. 7. T., “O‘zbekiston” 1999 yil. 91-b.
***************************************************************
Bu mafkura, xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning sha'ni-sharafi, or-nomusi, ishonch e'tiqodini ifodalaydigan, jamiyatimizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g‘oyalar tizimidir.
I.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi halqni-xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. “Tafakkur” jurnali Bosh muharririning savollariga javoblar, 1998 yil 2-soni “Biz kelajagamizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”. T. 7. T., “O‘zbekiston” 1999 yil. 99-b.
***************************************************************
Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog'lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun ma'naviy-ruhiy kuch – quvvat beradigan poydevor bo‘lgan kelgan.
I.Karimov. Milliy istiqlol mavkurasi – xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblar. “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz”.T.8. T., “O‘zbekiston” 2000 yil. 490-b.
***************************************************************
Mafkura – jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Binobarin, toki hayot mavjud ekan mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan ular o‘z taraqqiyot yo‘lini, ertangi kun ufqlarini o‘zining milliy g‘oyasi milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi. I.Karimov. Milliy istiqlol mavkurasi – xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblar. “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz”.T.8. T.,
“O‘zbekiston” 2000 yil. 490-b.
***************************************************************
Yangilanishlar jarayonini, islohotlarni mafkurasiz amalga oshirish mumkinmi, umuman mafkurasiz yashash mumkinmi yoki yo‘qmi?
Men shu o‘rinda ulug' Ahmad Yassaviy bobomizning bir fikrini keltirib o‘tmoqchiman: “Agar odamda ishonch bo‘lmasa, odamda din bo‘lmasa, umuman, mafkura bo‘lmasa, u hayvonga o‘xshagan bir jinsga aylanib qoladi”. E'tibor bering, olis o‘tmishda yashagan ajdodlarimiz ham mafkura inson ma'naviy kamolotining, jamiyat taraqqiyotining asoslaridan biri ekanini ta'kidlashgan.
I.Karimov. Mafkuraviy kurash masalasi bo‘yicha Oliy majlis V sessiyasi foyesida jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatdan, 2001 yil 11-12 may. “Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz”. T.9. T., “O‘zbekiston” 2001 yil. 339-b.
***************************************************************
Yangi mafkuraning asl mazmuni – yangicha, erkin fikrlaydigan, mutelik va jur'atsizlik tuyg'usidan mutlaqo xoli, mustaqil insonni tarbiyalashddir. Buyuk kelajagimizning xuquqiy kafolati. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining bir yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda so‘zlangan nutq. 1993 yil 7 dekabr. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. T., “O‘zbekiston”, 1996 yil,110-bet.
***************************************************************
Do'stlaringiz bilan baham: |