Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


-ilova. Milliy g‘oya shakllanishida zardo‘shtiylik dini g‘oyalarning o‘rni



Download 384,16 Kb.
bet151/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

2-ilova.

Milliy g‘oya shakllanishida zardo‘shtiylik dini g‘oyalarning o‘rni

Millatimizga xos ilk g‘oyalar zardo‘shtiylik tarzidagi diniy-falsafiy ta'limot sifatida shakllangan. Uning g‘oyalari bilan bog'liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashda nafaqat ulkan ma'naviy-ma'rifiy meros, shu bilan birga, xalqimizning ma'naviy-ruhiy tiklanishi va qadriyatlarimizni asrab-avaylashning negizi hamdir. Zardo‘shtiylikning asosi bo‘lgan “Avesto” kitobida qadimgi xalqlarning dunyo to‘g'risidagi tasavvurlari, o‘ziga xos ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy g‘oyalar aks etgan. Ularning asosini olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat orasidagi ziddiyatga asoslangan g‘oyalar tashkil qilib, ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal kabilar bu dinning ustuvor tushunchalaridir. Ushbu g‘oyalarda erli xalqlarni birlashishga da'vat etuvchi yuksak vatanparvarlikni tarbiyalaydigan fikrlar mujassam bo‘lib, ular shu zamin farzandlari uchun g'urur, o‘zlikni anglash va kuch-qudrat timsolidir.

“Avesto”da nafaqat Zardo‘sht ta'limoti, balki unda o‘sha davrning eng asosiy g‘oyalari xamda bu g‘oyalarga tayanib yozilgan qo‘shiklar, hikoyat va rivoyatlar jamlangan. Bir necha kitobdan iborat bo‘lgan “Avesto” jamiyat va inson hayotining barcha sohalaridagi g‘oyalarni umumlashtirgan, mintaqamiz xalqlarining ular asosida shakllangan yashash va hayot kechirish qonun-qoidalarini o‘zida ifodalagan. Jumladan, unda quyidagi g‘oyalar aks etgan:

-Mol-dunyoga hirs qo‘yma, ochko‘z bo‘lma. Dunyo (boylikka) hirs qo‘yish dunyo lazzatlarini bemaza, bexalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi.

-G'azabdan o‘zingni asra, chunki g'azab tufayli inson o‘z ishlarini, ezgu maqsadlarini unutadi... Halol mehnatdan qoladi. G'azab tufayli hayotda halovat yo‘qoladi, safo (xursandchilik kayfiyati) o‘ladi.

-Uyquga ruju qo‘yma, savob ishdan qolasan.

-Sergaplik gunohlarni ko‘paytiradi. Kamsuxanlik ezguliklarni ko‘paytiradi. Chunki kamsuxanlik fikrlab so‘zlashga imkon beradi.

Yurtimizni miloddan oldingi IV asrda zabt etgan makedoniyalik Aleksandr “Avesto”ning birgina nusxasini qisman (tibbiyot, falakiyot, falsafa, adabiyot) saqlab qolib, uni o‘rganish uchun ustozi Aristotelga yuborgan, qolgan nusxalarini esa yo‘qotishni buyurgan. Bu haqida Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: “Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi”. Ba'zilar Aleksandr “Avesto” tilini bilmagani, uning mohiyatini tushunmagani uchun kitobning qadriga etmagan va yo‘q qilishni buyurgan, degan haqiqatdan yiroq fikrni bayon qiladi. Haligacha teran fikrlari bilan jahon ahlini lol qoldirib kelayotgan mashhur faylasuf Aristoteldek buyuk tafakkur sohibidan ta'lim-tarbiya olgan Aleksandr kitobning qadrini tushunmaganiga ishonib bo‘ladimi? U shunchalik savodsiz kishi bo‘lganmi? Yo‘q, albatta. Aleksandr kitob nima ekanini, unda aks etgan g‘oyalar odamlarga kanday ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini yaxshi bilgan. Shu bilan birga, u o‘z qo‘shiniga qattiq qarshilik ko‘rsatgan yurtimiz xalqlarining g‘oyalari “Avesto”da o‘z ifodasini topganini, o‘sha davrdagi avlod-ajdodlarimizning istibdodga bosh egmasdan, kitobdagi ushbu g‘oyalarga tayangan holda, tez orada yana istiqlol uchun kurashga chiqishini nihoyatda yaxshi tushungan. Xullas, Turonzamin xalqlarini o‘z ajdodlari qoldirgan ezgu g‘oyalardan bebahra qilish, tafakkurini qaramlikda saqlashning eng yaxshi va maqbul yo‘li — uni o‘zligidan judo etish, g'aflatda saqlash, tarixini unutishga maxkum qilish orqali amalga oshirilishini yaxshi bilgan jahongir Aleksandr “Avesto”ni yo‘q qilishga urinishi tabiiy edi. Keyinchalik boshqa jahon fotihlari ham ana shunga o‘xshash yo‘llardan borgani bu fikrni isbotlaydi. “Avesto” miloddan avvalgi XIII asrdan to milodning IV gacha bo‘lgan tarixiy voqealarni o‘zida aks ettirgani uchun milliy g‘oyalarni asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma'naviy yuksaklikka da'vat etish, odamlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash va milliy an'analarni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etgan . “Avesto” o‘sha davrdagi ustuvor huquqiy va ahloqiy g‘oyalar, ma'budlar sha'niga aytilgan madhiyalar, dastlabki yakkaxudolik dinining asosiy aqidalarini, yaratuvchanlik, mehnatsevarlik, yaxshilik, bag'rikenglik, davlatchilik g‘oyalarini o‘zida jamlagan muqaddas manba hisoblanadi.

Mustaqillik davrida “Avesto”ga munosabat tubdan o‘zgardi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Adolatli jamiyat sari” asarida “Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig'ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma'naviy, tarixiy merosidir”, - deb baho bergan edi. O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi

30-sessiyasi “Avesto” yaratilishining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999, noyabr). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 martdagi maxsus qarori bilan 2001 yil noyabr oyida “Avesto” kitobining 2700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.



Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish