Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


Milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi barqaror taraqqiyotning muhim omili sifatida



Download 384,16 Kb.
bet110/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

Milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi barqaror taraqqiyotning muhim omili sifatida.

Ma’naviyat va Daxldorlik hissiinson va jamiyat hayotida, uning yangilanish hamda demokratik fuqarolik jamiyati maqsad va vazifalarini amalga oshirishda muhim omil hisoblanadi. Mustaqillik O‘zbekiston jamiyati yangilanishida yangi davrni boshlab berdi. Jamiyat rivojlanishini bir tomonlama tushunishya’ni moddiy omilni mutloqlashtirishga barham berildi. Jamiyat hayotida ―ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi (I.Karimov) nuqtai nazardan yondoshish o‘ziga xos qonuniyatdir. Bu moddiy ehtiyojlariniinsonning ruhiy olamiga qaramaqarshi qo‘yishlarga barham berdi.

Jamiyat rivojida ma’naviy va moddiy omillarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Bu fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy asoslarini, bozor iqtisodi qonunlarini to‘g‘ri tushunishga imkoniyat beradi. Chunki hamma narsa davlat mulki bo‘lgan eski tuzumda xususiy mulkka ega bo‘lish, tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug‘ullanish bizga begona bo‘lgan tushunchalar sifatida baholangan edi. Bugungi kunda esa xususiy mulk tushunchasiga nisbatan munosabat qanday o‘zgarib, hayotimizdan qanchalar chuqur joy olib bormoqda.

Ma’naviyat insonni ulg‘ayish va kuch quvvat manbaidir. Bu insonning ruhiy poklanish va qalban ulg‘ayishi bilan bog‘liq. Hayotda har xil odamlar uchraydi. Ularning ma’nan halol, pok yashaydigan odamlarga hamda aksincha ma’nan zaif, halol va pok yashamaydigan odamlar ham mavjud. Ammo ma’naviyatni barqarorligi ham ana shunday halol-pok niyatli insonlarning borligi tufaylidir. Fuqarolik jamiyatini qurish va rivojlantirish ezgu maqsad. Ufuqarolarning davlat va jamiyat hayotida faol ishtiroki bilan uzviy bog‘liq. Fuqarolik jamiyati ana shunday odamlarning yuksak ma’naviyati, Daxldorlik hissiga, oliy maqsadlariga tayanadi.

Bunday odamlar o‘zlarining ezgu g‘oya va amallari bilan fuqarolik jamiyati institutlarida faol ishtirok etadi. Bu institutlar: 1) NNT, 2) jamoat birlashmalari; 3) turli xil jamg‘armalar; 4) mahalla; 5) oila; 6) OAV; 7) turli xil ijtimoiy harakatlar va b. Fuqarolik jamiyati institutlari manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashadi, unga xizmat qiladi. Bu bilan bog‘liq turli xil qonunlarning ijrosini ta’minlaydi.

Bunga yuksak ma’naviyat, ta’lim-tarbiya va chuqur Daxldorlik hissi orqali erishish mumkin. Ilm-fan, adabiyot, san’at, xalqimizning boy ma’naviy merosi, qadriyatlarini o‘rganish va hurmatqilishorqali fuqarolik jamiyati milliy-ma’naviy va umuminsoniy negizlarining o‘zaro mushtarak xolda rivojlanishini ta’minlash mumkin. Bu ma’naviyat va Daxldorlik hissini shakllantirishda oilaning o‘rni beqiyosdir. Oila esa fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘inidir. Shu bilan birga, Daxldorlik hissini oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan omillar:



  1. Yuksak ma’naviyat;

  2. Ma’naviy salohiyat;

  3. Ilm-fanga muhabbat;

  4. Kasb-hunarni sevish;

  5. Hozirgi zamon axborot texnologiyalar yutuqlarini bilish;

  6. Milliy o‘zlikni anglash;

  7. Milliy-ma’naiy merosni hurmat qilish, unga ishonch va e’tiqod;

  8. Umuminsoniy demokratik qadriyatlarni e’tirof etish, unga munosabat;

  9. Qonunni hurmat qilish va unga amal qilish tuyg‘usi;

  10. Milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va e’tiqodni mustahkam bo‘lishi Daxldorlik hislatini oshiruvchi omillardir.

Mustaqillik yillarida ―Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasi amalga oshirildi. Kuchli fuqarolik jamiyati: 1) inson manfaatlarining ustuvorligiga; 2) insonlarning yuksak ma’naviyatiga; 3) qonun ustuvorligiga; 4) davlatning bosh islohotchilik roliga; 5) siyosiy plyuralizmga; 6) mafkuraviy plyuralizmga; 7) fikrlar xilma-xilligiga; 8) demokratik saylov prinsiplariga va boshqalarga asoslanadi. Bu fuqarolardan yuksak mas’uliyat, Daxldorlik hissi, demokratik ong va tafakkur talab etadi.

Ma’naviyat doimiy va uzluksiz ravishda ish olib borishni taqozo etadi. Bunda inson qalbiga yo‘l topa olish uning muhim talabi va mezonidir. Bunda ta’lim-tarbiya, matbuot, televedeniye, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’atining inson ongi va qalbiga ta’siri mavjud. Ular fuqarolarda yuksak ma’naviy tuyg‘ularni hamda Daxldorlik hissini shakllantiradi va rivojlantirishga xizmat qiladi. Ularni fuqarolik jamiyatini qurish maqsadlariga chorlaydi, birlashtiradi va safarbar etadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Agar biz

O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasidaboqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak kabi fikrlari fikrimizning yana bir bor tasdiqlaydi.

Shuning uchun ham yuksak ma’naviyatli odam jasoratli bo‘ladi. Eng buyuk jasorat – ma’naviy jasoratdir (I.Karimov). Yuksak ma’naviyatli insonni yengib bo‘lmaydi, u yengilmas kuchga ega. Insonning buyuk jasorati ona yurtimiz baxtu iqboli,buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilishi eng oliy saodat deb biladi.

Jamiyatda qonuniylik, qonun ustuvorligini to‘liq ta’minlashning eng muhim shartlaridan biri – bu odamlarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni shu ruhda kamol toptirish, fuqarolarning qonunni puxta bilishi, yuksak huquqiy ong va madaniyatga ega bo‘lishidan iborat.

Demokratik rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlar qatoriga ko‘tarilish muhim maqsadlardan biridir. YA’ni, demokratiya yo‘liga kirish avvalo aholining ongu saviyasini o‘zgartirishni, totalitar, zo‘ravonlik tizimidan meros bo‘lib qolgan qoldiqlar va qoliplardan voz kechishni so‘zda emas, kundalik hayotda ta’minlashni talab qiladi. Bu esa albatta bir kunlik oson ish emas – bunga vaqt kerak, yangi hayotni o‘z yurtida qurmoqchi bo‘lgan har qaysi inson shunga astoydil intilishi zarur. Avvalo bu maqsad uning ongu tafakkurida mustahkam o‘rin topishi zarur.



Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish