Umumxalq g‘oyalari. Umumxalq g‘oyalari deb har bir xalqning ozod va obod, erkin
va farovon hayot kechirishlari, tinch-osuda yashashlari, o‘zgalar bilan teppa-teng munosabatda bo‘lishlarini o‘zida mujassamlashtirgan fikrlar majmuiga aytiladi. Bularga o‘zaro tenglik, ijtimoiy hamkorlik, totuvlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat kabi g‘oyalarni kiritish mumkin.
Umuminsoniy g‘oyalar. Umuminsoniy g‘oyalar deb hazrati insonni buyuk mavjudot
deb biladigan, uning erkin va farovon yashashi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga, o‘zaro munosabatlaridagi haq-huquqlarini himoya etishga, naslini davom ettirishga qaratilgan eng oliyjanob orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydigan fikrlar majmuiga aytiladi. Bularga insonparvarlik, qonuniylik, jamoatchilik, mehribonlik, saxovatpeshalik, o‘zaro yordam, yaxshi qo‘shnichilik va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |