Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla, nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati



Download 384,16 Kb.
bet122/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla, nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati.

Mamlakatimiz istiqboli, birinchi navbatda, yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi texnika va texnologiyani, milliy va umuminsoniy ma’naviyat qadriyatlarini qanchalik chuqur egallashiga bog‘liq.

Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, oliy o‘quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga befarq qarashlari mumkin emas. yosh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o‘ylash, ko‘ra bilish ustivor ahamiyatga ega. Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlash ham katta ahamiyatga ega. Biror ish bilan band bo‘lishga o‘rgangan yoshlar mehnatsevar bo‘ladilar, ularda juda yoshligidanoq ma’lum mehnat malakalari shakllanadi. Bo‘sh vaqtlarida, ular o‘zlari sevgan ish bilan shug‘ullanishga o‘rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki nojo‘ya ishlar bilan shug‘ullanishga vaqti ham bo‘lmaydi.

Odobli, mehnatsevar, sabr-toqatli farzandlar Ota-ona qoldirgan boylikka boylik qo‘shadi, halol mehnati bilan jamiyatda o‘z o‘rnini, qadr-qimmatini topadi. Ota-onadan meros bo‘lib qolgan axloq va odob esa bir umr tugamaydigan eng katta boylikdir. O‘zbek xalqi maqolida aytilganidek, meros yo‘li bilan orttirilgan moddiy boylik yomon, akadan qolgan boylik undan ham yomonroq, xotindan qolgan boylik esa bularning hammasidan ham yomonroqdir. yoshlar o‘z mehnati, peshona teri bilan topgan boylikni ko‘proq qadrlaydilar.

Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim yana bir muhim masala farzandlariga berayotgan tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat belgilagan rejalar tizimiga qay darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko‘zi oldida shirin farzandlari bilan bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati bilan uzviy bog‘langan kelajagi ham turmog‘i kerak.

Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an’analarga, bu boradagi umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e’tiborga olganida yaxshi natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko‘proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, usullari esa o‘zgarib, yangilanib, takomillashib turadi. Bunga har bir konkret tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta’sir etadi.

Shu bois aqlan yetuk, ruhan tetik va sog‘lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda, ijtimoiy mas’uliyatni to‘g‘ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi56. Shu o‘rinda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq yana bir masalaga ham e’tibor berish kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib ketishi millat ma’naviy kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo‘nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida belgilanadi. Bu fikr mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari yo‘nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat ul Banotning milliy tarbiya an’analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma’no bor. U shunday deb yozgan edi: «Ota-onalar qo‘lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go‘zal tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o‘rgatmoq va ko‘rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.

Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin57.

Tarbiyalangan kishilar din amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so‘zi bilan ishi bir bo‘ladi. Bunday fazilatlarni shakllantirish birinchi navbatda oilada Ota-onaga hamda qolaversa tarbiyachilarga bog‘liqdir. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o‘tilgan hozirgi sharoitda oila va undagi Ota-onaning farzand tarbiyasida mas’uliyati yanada oshdi, deb aytishga to‘la asosimiz bor. Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e’tiqodiga aloqador ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda oila - haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i, mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.

“Har bir inson uchun, - deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov, - Vatan tushunchasi, avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog‘liqdir. Oilaning jamiyatdagi o‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga milliy manfaat nuqtainazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz»58. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib: “Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir”59, deydi.

Binobarin, jamiyat faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan odamlar yig‘indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash, kishilarning jamiyat bo‘lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‘ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o‘tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zining Vatan deb atalmish ulug‘ bir oilasiga mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki muttasil va izchil mafkuraviy tarbiya samarasi o‘laroq, yuzaga keladi60. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat hislatlari uluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning g‘oyat xilmaxil qatlamlarini umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o‘rtasida hamjihatlik totuvlik, o‘zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi.



Davlat, nodavlat tashkilotlarning o‘rni. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish» g‘oyasini bugun amalga oshirish ma’lim ma’noda mafkuraviy ishlarimizning qat’iy tizimi doirasiga bog‘liq. Shuningdek, o‘qitish texnologiyasi, darslik, ijtimoiy fan salohiyatiga, ularni amalga oshirish omillariga bog‘liq.

Siyosiy partiyalar - o‘z faoliyati bilan fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilmaxilligiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etish g‘oyasining amalga oshishiga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda har bir partiya o‘z dasturiy qarash va maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha huquqiy asos va qonuniy kafolatlarga ega. Har bir partiyaning o‘z dasturiy g‘oyalarini hayotga tatbiq etish jarayonida milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillariga amal qilishi siyosiy hayotning bosh mezonidir. Chunki xalq manfaatlari, istiqlol g‘oyalari, qaysi siyosiy va mafkuraviy kuchga mansubligidan qat’iy nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddasdir.

Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat tashkilotlar mafkuraviy jarayonlarda ham faol ishtirok etishi lozim.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bu boradagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirib borishi, Inson huquqlari milliy markazi, Ma’rifatparvarlar jamiyati, Oila ilmiy markazi, Faylasuflar milliy jamiyati, O‘zbekiston Faylasuflari jamiyati, Ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar o‘z faoliyatini milliy istiqlol mafkurasi bilan uyg‘un holda tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini joriy etishga moddiy, texnikaviy va ma’rifiy jihatdan ko‘mak beradigan «Sog‘lom avlod», «Kamolot», «Umid», «Ulug‘bek», «Oltin meros», «Amir Temur», «Imom Buxoriy», «Ustoz», «Mahalla», «Iste’dod» jamg‘armalari va boshqa jamoat tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanishga jiddiy e’tibor qaratish zarur.

Demak, milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish sohalari va yo‘nalishlari xilmaxil bo‘lib, ulardan samarali va to‘g‘ri, o‘rinli foydalanishni talab etadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur va muhimdir. Mafkura bo‘lmasa xalq, millat, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Mafkura jamiyat, xalq va millatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyotiga maqsad va yo‘nalish beradi. Milliy g‘oya, milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishda:



  1. Nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarur.

  2. Mustaqillikni mustahkamlab, ma’naviy, ma’rifiy-mafkuraviy ishlarni yanada jadallashtirish, yangi bosqichga ko‘tarish, bu sohadagi barcha ishlarni muvofiqlashtirib, yagona maqsad yo‘lida safarbar etishni taqozo etadi. Ayniqsa fuqarolarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan va tuzilgan ma’naviyat va ma’rifat Respublika Kengashi targ‘ibot-tashviqot ishlarini uzluksiz olib borishni davr taqozo etmoqda.

  3. Maktablar, litseylar, kollej va oliy o‘quv yurtlarida bevosita ma’naviyat masalalari bilan shug‘ullanadigan mutassaddi mutaxassislar lavozimlarini joriy etib, ular hayotini yanada faollashtirish lozim.

  4. Oila, mahalla, umumiy o‘rta, umumiy maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari muassasalar, oliy ta’lim tizimida bolalar, o‘smirlar, talaba yoshlar ongini yuksaltirish, ularni ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli xil tashkilot va to‘garaklar tuzish, ongni fikrlashga o‘rgatish, ularning tafakkurida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.



Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish