1.4. Xalq bilan muloqot - mamlakatning strategik istiqbolini belgilash vositasi. Har bir katta va kichik mutasaddi rahbar uchun xalq bilan muloqot qilish shunchalik salom-alik, tani-shish, eshitishdan iborat bo‘lmasdan, balki muloqot chog‘ida ko‘taril-gan masalani joyida hal etishdan iborat bo‘lmog‘i darkor. Buning isbotini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar misolida ko‘rish mumkin.
Xalq bilan muloqot qilish orqali, xalqning dilidagi orzu-istaklarini amalga oshirish uchun qisqa muddat ichida quyidagi ishlar bajarilmokda.
1.Uzbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017—2021 yil-larga muljallangan Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va u aniq dasturlar asosida amalga oshirilmokda.
2.Xalqning zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun mamlakatimizning barcha hududlarida arzon uy-joy qurilishlari boshlab yuborildi.
3.Aholining eng katta boyligi, uning salomatligini saqlash bo‘-yicha sog‘liqni saqlash tizimi tubdan isloh qilinmokda.
4.Mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish borasida katta in-vestitsion loyihalar asosida bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmokda.
5.Mamlakatda ishsizlikni tugatish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hech qanday byurokratik to‘sikdarsiz tashkil etish har tomonlama kafolatlandi va ularga yetarlicha kreditlar berish yo‘lga qo‘yildi.
6.Aholining tomorqa xo‘jaligidan o‘zini-o‘zi boqishi uchun unum-li foydalanishi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmokda. 7.Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.
8.Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha hukuqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi o‘zgartilmoqda. Ayniqsa, adolatli sudlovni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmokda.
9.Fuqaroligi bo‘lmaganlarni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish masalasi o‘z yechimini topmokda.
10.Yoshlarni g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyalash ishiga yongicha yondashuv konsepsiyasi yaratilib,uni amalga oshirish ishlari davlat siyosati darajasida olib borilmokda.
Mantiqan olib qaraganda xalq bilan muloqot qilish natijasida, ularning ishonchini oqlash uchun qilinayotgan barcha ishlar mamlakatimizning kelgusidagi istiqbollarini belgilashning strategik vositasi hisoblanadi.
Ushbu taktik va strategik ahamiyatga molik bo‘lgan narsalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning muroja-atlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doyr chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq:
Do'stlaringiz bilan baham: |