1. Xalq bilan muloqot olib borishning kommunikativ tomoni — bu ma’lumotlar
almashinuv jarayoni bo‘lib, birgalikdagi faoliyat da-vomida odamlar turli fikrlar, o‘y-xayollar, histuyg‘u va kechinmalar bilan o‘rtokdashadilar. Bunda o‘y-fikrlar, his-tuyg‘u va kechinmalarni axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin. Ammo shuni e’tiborga olish kerakki, insonlara-ro kommunikatsiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas. Chunki muloqot jarayonida axborot nafakat uzatiladi, balki shakllantiriladi, anikdashtiriladi, rivojlantiriladi. Demak, inson muloqotini shuncha-ki axborot almashinuvidan iborat jarayon deb xisoblash mumkin emas. Zero, birinchidan, muloqot jarayonida axborot bir tomondan ikkinchi tomonga shunchaki harakatlanmaydi, balki faol almashiniladi (kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-biriga axborot yuborayotganda bir-birining motivlari, maqsadlari, yo‘lyo‘riqparini taxdil qiladilar); ikkinchidan, muloqot jarayonida axborot almasha turib kishilar belgilar tizimi orqali bir-biriga ta’sir etishi mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta, suhbatdosh xulq-atvoriga muayyan ta’sir o‘tkaziladi); uchinchidan, muloqot jarayonida kommunikator (axborotni yuborayotgan odam) va retsipiyent (axborotni kabul kilayotgan odam) bir xil kodlashtirish hamda dekodlashtirish tizimiga ega bo‘lishi kerak (yagona tizimni qabul qilishgina kommunikativ jarayon ishtirokchilari-ga bir-birini tushunish imkonini beradi); to‘rtinchidan, muloqot jarayo-nida fakat insonlararo kommunikatsiyaga xos to‘siqpar vujudga kelishi mumkin (to‘siqlar nafaqat belgilar tizimidagi farkdar, balki ijtimoiy-siyosiy, diniy, kasbiy farkdar yoki umumiy dunyoqarash, olamni his etishdagi farqlar tufayli vujudga kelishi mumkin).
Kommunikatordan chiqayotgan axborot ikki xil bo‘lishi mumkin: 1. Undovchi axborot buyruq, maslahat, iltimos va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Undan ko‘zlangan maqsad retsipiyentni biror harakatga rag‘batlantirishdan iborat. Rag‘batlantirish uch xil bo‘lishi mumkin:
a) faollashtirish (biror harakatni qilishga undash); b) interdiksiyalash (biror harakatni qilishdan to‘xtatish); v) destabillashtirish (bi-ror harakatdagi muvozanatni buzish).
Konstatatsiyalovchi axborot ma’lumot tarzida ifodalanadi. Bu turdagi axborot turli ta’limiy tizimlardan o‘rin olgan bo‘lib, xulq-atvorni o‘zgartirish uchun bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi (lekin bilvosita ta’sir ko‘rsatish maqsadi ham bo‘ladi).
Kommunikativ jarayonning kuyidagi besh unsur: a) kim (axborot kim tomonidan uzatilmokda); b) nima (qanday axborot uzatilmoqda); v) qanday (axborot kanday yo‘l bilan uzatilmokda); g) kimga (axborot kimga yo‘naltirilmoqda); d) qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi) tashkil topgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |