Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


Milliy g‘oyaning inson, xalq va millatlarning orzu-umidlari, maqsad va intilishlari, moddiy va nomoddiy merosi, qadriyatlari bilan bog'liqligi



Download 385,27 Kb.
bet23/173
Sana29.12.2021
Hajmi385,27 Kb.
#135759
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173
Bog'liq
Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi (1)

3. Milliy g‘oyaning inson, xalq va millatlarning orzu-umidlari, maqsad va intilishlari, moddiy va nomoddiy merosi, qadriyatlari bilan bog'liqligi.

Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa, deb ta’kidlagan buyuk davlat va jamoat arbobi Prezident Islom Karimov, milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir.

O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatimizning milliy g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi.

1993- yil 23- aprel kuni Prezident Islom Karimov bir guruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida 1993- yil 7-may kuni nutq so‘zlab, Prezident Islom Karimov quyidagilarni ta’kidladi:


    • milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi lozim;

    • shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak.

„Тafakkur“ jurnalining 1998- yil 2- sonida jurnal bosh muxbirining savollariga Birinchi

Prezident Prezident I.Karimovning javoblari e’lon qilindi. Mazkur javoblarda milliy g‘oyamizni nazariy va amaliy jihatlari yanada chuqurroq yoritildi. Bugungi kunda sobiq Ittifoq zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, taqiq qilish, ma’muriy choralar ko‘rish yo‘li bilan yengib bo‘lmaydi. “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin“, - degan haq fikrni ilgari surdi Islom Karimov.

Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad nima? “Maqsad degani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir... Тoki bu maqsad xalqni - xalq, millatni – millat qila bilsin, qo‘limizda yengilmas bir kuchga aylansin”.

Buyuk davlat arbobi I. A. Karimov Milliy mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari va qarashlari yuzaga chiqishi kerak? - degan savolga quyidagicha javob bergan edi:

“Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish, oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g‘ayrat manbayi bo‘lishi lozim”.

Prezident I. A. Karimov suhbatda “Xo‘sh, milliy g‘oya, milliy mafkura nimalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?” degan savolni qo‘yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari surgan:



  • birinchidan, milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;

  • ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya-mafkura bo‘lishi kerak;

  • uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor;

  • to‘rtinchidan, milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur;

  • beshinchidan, u Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak.


4. O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoev Milliy g‘oyani mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichidagi ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilganligi to‘g'risida.

Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqish, ijtimoiy birdamlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun juda ko‘plab normativ-me’yoriy hujjarlar qabul qilmoqda va amaliy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Prezident tomonidan qabul qilinayotgan barcha qaror va farmonlar qanchalik darajada o‘z vaqtida ijro etilsa, erksevar, mehnatkash xalqimiz jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi va shunchalik darajada strategik jihatdan o‘zining jahon hamjamiyati oldida g‘oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig’idek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir”.

Mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va mehroqibat muhitini ko‘z qorachig'idek saqlash hamda mustahkamlashni Yurtboshimiz ustuvor vazifasi deb e’lon qildi.

Ma'lumki, yurtimizda vijdon va e'tiqod erkinligi, turli millat vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bag'rikenglik muhiti mustahkamlanmoqda. Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari o‘zaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda. Jamiyatimizda hukm surayotgan o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e'tiqodga mansubligidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta'minlash davlatimiz e'tibori markazida bo‘ladi. Ularning o‘rtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal g‘oyalarni tarqatishga O‘zbekistonda mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor bo‘lishni talab etmoqda.

Shu borada O‘zbekiston chegaralarining xavfsizligi va daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha mamlakatimiz diqqati markazida bo‘ladi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “O‘zbekiston va uning bag'rikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozisiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Lekin, zarur bo‘lsa, biz mamlakatimiz suvereniteta va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz. Shuning uchun men, xalqimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va shubha bo‘lmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham etarli”20.

O‘zbekistonning hozirgi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda milliy mafkuramiz g‘oyalarini muvaffaqiyatli tarzda amaliyotga tadbiq etmoqda. Jumladan, ma’naviy tarbiyani yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan qarorlarida, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi, Termizda Imom Termiziy xalqaro markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi va Qarshida Nasafiylar markazini bunyod qilish bo‘yicha olib borayotgan say’i harakatlari ham I.Karimovning milliy mafkura konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lidagi amaliy faoliyatining uzluksiz davomidir.



Download 385,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish