Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi



Download 385,27 Kb.
bet13/173
Sana29.12.2021
Hajmi385,27 Kb.
#135759
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   173
Bog'liq
Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi (1)

2. O‘ziga xos qonuniyatlar o‘zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy-madaniy merosi va qadriyatlarini aks ettiradi. Bu qonuniyat Milliy g‘oyaning mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga ega. Chunki bu qonuniyatni hisobga olish o‘zbek xalqining, millatning kelajagi bilan o‘zligini saqlab qolish hamda o‘z negizida rivojlanishini, dunyoda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishni e’tirof etish bilan bog’liq. Tarixiy jihatdan yondashganda, bu sohada «turli g‘oyalar», «mafkuralar» ana shu muhim qonuniyatlarga zid bo‘lgan holatlarni ham kuzatishini ko‘rsatadi. O‘zbek xalqini tilidan, madaniyatidan, tarixidan ajratib qo‘yishga bo‘lgan urinishlar bunga misoldir. Chunki yot va begona g‘oyalar xalqning turmush tarzi, milliy-madaniy qadriyatlaridan ajratib qo‘yish orqali uni zaiflashtirishga va o‘z irodasiga bo‘ysundirishga harakat qilgan.

Demak, Milliy g‘oyaning qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy o‘ziga xosligini zamon yutuqlari bilan bog’lanishning nafaqat kafolati, balki rivojlanish strategiyasi hamdir.

Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini quyidagicha aks ettirish mumkin: shaxs, jamoa, millat, jamiyat, davlat g‘oyaviy milliy-mafkuraviy qadriyatlarini yuksaltirish. Bular g‘oyaviy mafkuraviy, milliy ong, ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq qonuniyatlardir. Lekin ular umumiy aloqadorlikda uyg’un rivojlanadi va jamiyatda aks etadi. Inson shaxsini g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan shakllantirishga qaratilgan qonuniyatlardan tashqari biz yuqorida bayon etgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, qonuniyatlar ham mavjud. Albatta, mazkur qonuniyatlar o‘ziga xos, xususiy va umumiy jihatlarga ega bo‘lib, ba’zi sohalarda ularni chuqur o‘rganish, tahlil qilish lozim. Ularni o‘rganish jarayonida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining umumiy tamoyillari mohiyati va mazmunidan kelib chiqmoq kerak. Shu boisdan ham mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borishning turli konkret sharoitlardagi o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘nalishlari va umumiy qonuniyatlari o‘rtasidagi bog’lanishlarni teran o‘rganmoq va ularni tadqiq etish foydadan holi emas.

Milliy goya va mafkura fanining kategoriyalar(tushunchalar)ini9 umumiy, substansional va funksional kategoriyalarga ajratish mumkin. Bunda:



  1. umumiy kategoriyalarga - goya, mafkura, bunyodkor goyalar, vay-ronkor g‘oyalar, milliy goyalar, umuminsoniy goyalar, dunyoviy goyalar, diniy goyalar, falsafiy goyalar, ijtimoiy-siyosiy goyalar;

  2. substansional kategoriyalarga - milliy istiqlol mafkurasi, mafkura evolyusiyasi, mafkura yakkahokimligi, mafkuraviy vaziyat, mafkuraviy poligon, mafkuraviy maqsad, mafkuraviy siyosat, mafkuraviy xavfsizlik, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy profilaktika, mafkuraviy tarbiya, g‘oyaviy mustaqillik, g‘oyaviy ziddiyat, g‘oyaviy bo‘shliq, g‘oyaviy zaiflik, g‘oyaviy savodsizlik, g‘oyaviy qaramlik, g‘oyaviy mutaassiblik, g‘oyaviy parokandalik;

  3. funksional kategoriyalarga - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo totuvlik, Dinlararo bagrikenglik kabi tushunchalarni kiritish mumkin.

G‘oya jamiyat rivoji bilan bog’liq bo‘lib, unga ta’sir qiladi. Jamiyat rivoji uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo‘lib, unda kishilarning erishgan moddiy va madaniy merosi o‘z aksini topgan. Tarixiy taraqqiyot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy rivojlanishi bilan uzviy bog'liq holda yuz beradi.

Har bir davlat va jamiyat qurilishi bir-biridan shakl va mazmun jihatdan farq qilib, bu ularning rivojlanish xususiyatlaridagi o‘ziga xoslikni belgilaydi. Ayni paytda, dunyodagi barcha davlatlar va jamiyatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishida umumiylik ham mavjud bo‘ladi. Bunday umumiylik real ijtimoiy asoslarga ega bo‘lib, u insoniyatning umumiy manfaat va maqsadlarini ifoda qiluvchi g‘oyalarda yaqqol ko‘rinadi. Xususan, ijtimoiy - tarixiy taraqqiyotdagi umumiylik, mutanosiblik tamoyillari insoniyatni birlashtirish, uyushtirish, jipslashtirish, yagona ezgu maqsadga safarbar etish jarayonida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, har bir davlat va jamiyat rivojlanishida umumiylik, mutanosiblik bilan birga o‘ziga xoslik ham bor. Bunday o‘ziga xoslikning yuzaga kelishiga o‘sha davrdagi siyosiy tuzum, iqtisodiy hayot, madaniy turmush, g‘oyaviy-mafkuraviy muhit ta'sir ko‘rsatadi. «Sodda qilib aytganda, - degan edi Birinchi Prezident I.Karimov, - muayyan davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi hayotning o‘zi o‘rtaga qo‘yayotgan shart va talablarning hisobga olinishini taqozo etadi. Aytish mumkinki, taraqqiyotning har bir bosqichi - bu yangi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘lidagi yangi vazifalar demakdir. Bu - hayot qonuniyati, biz uni inkor etolmaymiz va inkor etishga haqqimiz ham yo‘q».

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday jamiyatning u yoki bu davrdagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti vorislik tamoyiliga ega bo‘lsada, biroq u konkretlik xususiyatiga egadir. Konkretlik xususiyati o‘z navbatida taraqqiyotning har bir ijtimoiy-siyosiy bosqichining mazmun, mohiyatini belgilab beradi. Boshqacha aytganda, tarixiy taraqqiyotning mavjudlik belgisi uning g‘oyaviy-mafkuraviy mazmunida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, tarixiy taraqqiyot bilan g‘oya va mafkuralarning uyg'unligi insoniyat rivojlanishining muhim shartidir. Ayni paytda, har qanday g‘oya va mafkura xalq, millatning tub manfaatlari asosidagina real kuchga aylanishi mumkin. «Milliy g‘oya haqida ko‘p va uzoq fikr yuritish mumkin. U hayotning o‘zi kabi cheksiz mavzudir. Milliy g‘oya xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi.


Download 385,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish