Dualizm. Dualizm Sharqning diniy-falsafiy qarashlari doirasida keng tarqalgan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lmish "Avesto"da tiriklikning ma’no-mazmuni azaldan ikki mavjudot - Ahura Mazda va Ahriman (Anxra - Manyu) o‘rtasidagi, yaxshilik, ezgulik, yoruglik bilan yomonlik, qorong‘ulik, zulmat o‘rtasidagi kurashdan iborat, deb qayd kilingani fikrimizning dalili bo‘la oladi. Bu xildagi qarashlar Markaziy Osiyoda islom dini qaror topguniga qadar ham ustuvor bo‘lib kelgan.
Markaziy Osiyo panteizmi olamning yaratuvchisi Allox, lekin tabiat rivoji o‘z-o‘zidan
sodir bo‘ladi, degan g‘oyani qayd qiladi. Shuning uchun xam, Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining mutafakkirlari tabiiy bilimlarni ham, islomiy bilimlarni ham chuqur o‘rganishga harakat qilganlar. Yangi zamon falsafasida R. Dekart olamning asosini ham moddiy, ham ruqiy substansiya tashkil kiladi, deb talqin qilgan. U borliqni fikrlovchi substansiya (ruh) va materiyaga bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, Dekart bu ikki substansiyaning inson uchun ahamiyati masalasini hal qiladi. Bunga ko‘ra, psixologik va fiziologik hodisalar bir-biriga bog‘liq emas. Dualizm terminini nemis faylasufi X.Volf (1679-1754) kiritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |