MILLIY QADRIYATLAR - alohida olingan xalq, millat va elatlarning o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratadigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari va millatlarning o‘zligini belgilaydigan boshqa o‘ziga xos tomonlari yig‘indisidan iboratdir. Bu o‘ziga xoslik moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, xalq amaliy san’ati, xalq o‘yinlari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, marosimlari milliy qadriyatlarga kiradi.
UMUMINSONIY QADRIYATLAR - barcha insonlarning tarixi, merosi, istiqloli, istiqboli va manfaatlarida mavjud bo‘lgan tutash, umumiy bo‘lgan zaminlar va manfaatlar asosida tashkil topgan, taraqqiyotning yangi bosqichida ham barchaning manfaatiga mos keladigan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklar yig’indisi.
Кеyslar banki
Кeys 1. Jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi. Кеysni bajarish bosqichlari va topshiriqlari:
Кеysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang (individual va kichik guruhda).
Do'stlaringiz bilan baham: |