Shaxsning yo’naltirilganligi.Agar biz kishi nima uchun faollashib kolayotgani xakidagi masalani xal etayotib, nimagadir yoki kimgadir, zarurat mavjudligi xolatini ifodalaydigan extiyojning faollikka olib boradigan moxiyatini taxlil kilar ekanmiz, u xolda bunday faolli nimalar evaziga yuz berishini aniklash uchun uning yunalishi nima bilan belgilanishini, bu faollik kayokka va nimaga karatilganligini taxlil kilib chikamiz.
Shaxsning faoliyatini yunaltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan boglik bulmagan barkaror motivlar majmui kishi shaxsining yunaltirilganligi deb ataladi.
Ukuvchining xulk-atvorini yaxlit xolda karab chikkan va uning psixologiyasini taxlil etgan xolda uning barkaror mayllarini aniklash lozim. Fakat shunday kilgan takdirda uspirinning muayyan xatti-xarakatni tasodifan yoki konuniy tarzda kilgani xakida xulosa chikarish, uning takrorlanish extimolini oldindan kura bilish, shaxsning xislatlaridan biri paydo bulishining oldini olish va boshkalarining rivojlanishini ragbatlantirish mumkin buladi.
Motivlar oz yo kup darajada anglangan bulishi yoki umuman anglanilmagan bulishi xam mumkin.
Shaxsning yunaltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol uynaydi. Kishi extiyoj ob'yektini maksad deb anglagn xolda uzining shaxsiy maksadlarini uzi kirgan jamoaning maksadlari bilan boglaydi va uz maksadlarini tegishli ravishda uzgartiradi, mazmunga tuzatishlar kiritadi, yoxud jamoaning, jamiyatning maksadlariga mos kelmay kolgan takdirda ularning nikoblaydi.
Istikboli anglaydigan kishiga xos ta'bi xiralik,kechinmalarga karama-karshi ularok ruxsizlik xolati frustrasiya deb ataladi. Bu kishi maksadiga erishish yulida real tarzda bartaraf etib bulmaydi deb xisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan tuskinliklarga, govlarga duch kelgan xollarda yuz beradi.
Qizikishlar.Qizikish-biron bir soxada tugri muljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga , vokelikni ancha tula va chukur aks ettirishga yordam beradigan motivdir. Individ uchun kizikish, sub'yektiv tarzda olinganda, bilish jarayoni tusini kashf etadigan ijobiy xissiy oxangda, ob'yekt bilan chukurrok tanishishga, u xakda kuprok bilish, uni anglab yetishga bulgan istakda namoyon buladi.
Qizikishning faoliyat farayonlaridagi roli benixoya kattadir. Qizikishlar shaxsni uzida bilim olish va anglab yetish borasida xosil bulgan ishtiyokni kondirish yullarini va usullarini faol tarzda izlashga majbur etadi. Shaxsning yunaltirilganligini ifodalaydigan kizikishning kondirilishi, odamda, uning sunishiga olib kelmaydi, aksincha, uni kayta kurgan, boyitgan va chukurlashtirilgan xolda biolish faoliyatining yanada yuksak darajasigamos keladigan yangi qizikishlarni keltirib chikaradi.
Shunday kilib, kizikishlar bilishning doimiy kuzgatuvchi mexanizmi sifatida namoyon buladi.
Qizikishlar mazmuniga, maksadlariga, mikyosi va barkarorligiga kura tasnif kilinishi mumkin.
Qizikishlarning mazmun jixatidan farki bilan extiyojlarini ob'yektlarini va ularning mazkur faoliyat maksadlari uchun va, kengrok kilib olganda, shaxs mansub bulgan jamiyat uchun real axamiyatini kursatadi. Kishida kuprok nimaga kizikish paydo bulishi va uning bilish extiyojlari ob'yektining ijtimoiy kimmati psixologik jixatdan muxim axamiyatga ega. Maktabning eng muxim vazifalaridan biri-usmirlik yoki yoshlarning faol bilish va mexnat faoliyatiga ragbatlantiradigan va maktabdan tashkarida xam saklanib kolishi mumkin bulgan jiddiy va sermazmun kizikishlarini uygotishdan iboratdir.
Qizikishlarning maksad jixatidan farki bevosita va bilvosita namoyon buladigan qizikishlarning borligini aniklaydi. Bilvosita qizikishlar axamiyatga molik ob'yektning xissiy jixatdan jozibaliligi tufayli yuzaga keladi. ("Buni bilish, kurish, anglab yetish men uchun kizikarli"-deydi kishi.) Bilvosita kizikishlar biron bir narsa (masalan, ta'lim olish)ning real ijtimoiy axamiyati bilan uning shaxs uchun subektiv axamiyati bir-biriga mos kelgan. (Bunday xolda kishi: "Bu meni kiziktirgani uchun xam kizikarlidir!"-deydi) takdirda paydo buladi Mexnat va ukish faoliyatida xamma odam xam bevosita xissiy jozibaga ega bulavermaydi. Shuning uchun xam mexnat jarayonini ongli tashkil etishda yetakchi rol uynaydigan bilvosita kizikishlarni tarkib toptirish muximdir.
Qizikishlar uzining kengligi buyicha xam fark kiladi. Bir xil odamlarda qizikishlar bir soaga karatilgan bulishm mumkin, boshkalarda esa barkaror aamiyatga ega bulgan kuplab ob'yektlarga bulingan buladi. Qizikishlarning tarkokligi kupincha shaxsning salbiy xislati sifatida yuzaga keladi, lekin ayni chogda qizikishlarning keng mikyosliligini kamchilik tarikasida talkin kilish notugri bulur edi. Shaxsning kungildagidek rivojlanishi, kuzatishlar kursatganidek, kizikishlar mikyosini tor emas, aksincha keng bulishini takozo etadi.
Qizikishlar barkarorligi darajasiga kura xam xar xil bulishi mumkin. Qizikishning barkarorligi uning nisbatan jadal tarzda namoyon bulishi uzok davom etishi bilan ifodalanadi. Shaxsning asosiy extiyojlarini eng kuprok darajada namoyon kiladigan va shu boisdan xam uning psixologik tuzilishiga xos xislatlarga aylanib koladigan kizikishlari barkaror xisoblanadi. Barkaror kizikish kabi kobiliyatlari uygonishining bir kurinishi bulib, shu jixatdan xam muayyan darajada muxim kimmatga egadir.
Qizikishlar-shaxs faoliyatini asoslashning birdan-yuir emas, lekin muxim jixatidir. Xulk-atvorning muxim motivlaridan biri e'tikoddir.
Shaxsning e'tiqodi va dunyoqarashi. E'tikod-shaxsni uz karashlariga, prinsiplariga, dunyokarashiga muvofik tarzda ish kurishga da'vat etadigan motivlar sistemasidir. 'tikod shaklida namoyon buladigan extiyojlarni mazmuni-bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam tugrisidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilishi demakdir. Bu bilimlar nuktai nazarlar (falsafiy, estetik, axlokiy, tabiiy-ilmiy va xokazolar)ning tartibga solingan va ichki uyushgan sistemasini tashkil etgan takdirda kishining dunyokarashi sifatida talkin kilinishi mumkin.
E'tikodlarning evolyusiyasi eng avvalo ularning mazmunli tomonlariga taalluklidir. Ularda shaxsning dunyokarashini ifoda etadigan xislatlar kuprok darajada namoyon bula boshlaydi. Kishining fikrlari va goyalari, prinsiplari uning butun xayoti mazmuni bilan, uning uzlashtirgan bilimlari bilan belgilanadi, uning karashlari sistemasiga zarur tarkibiy kism sifatida kirgan buladi, kishi uchun aloxida shaxsiy moxiyat kasb etadi va shuning uchun xam u bu fikrlar v prinsiplarni karor toptirishga, ularni ximoya kilishga, ularni boshka odamlar xam ma'kul kurishlariga erishish uchun kat'iyan extiyoj sezadi.
Shaxsning yo’l-yo’riqlari. psixologiyada shaxsning yul-yuriklari uning u yoki bu extiyoji kondirilishiga yordam berishi mumkin bulgan faoliyatga tayyorligining, moyilligining uzi tomionidan anglanilmaydigan xolatini belgilaydi. Yul-yurik ob'yektni aynan muayyan tarzda idrok etish, tushunib yetish va anglab olish yoki u bilan ish kurishga utmishdagi tajribada shallangan shaylik va moyillikdan iboratdir. D.N.Uzdanze va uning xodimlari utkazgan ajoyib tadkikotlar shaxs xulk-atvorini belgilaydigan kayd etlgan yul-yuriklarning shakllanish jarayonini kursatib berdi.
Masalan birinchi sinf ukuvchilarining muallimaga nisbatan uning xar kanday kursatmasini bajarishga shayligi shaklida namoyon buladigan yul-yuriklar ana shundaydir. Bunda muallimaning xar kanday xatti-xarakatlari, shu jumladan, biron bir boshka kishida namoyon bulganida bolalarning karshi xarakatini kuzgatishi mumkin bulgan xatti-xarakatlariga nisbatan xam xech kanday tankidiy yondashish bulmaydi.
Kupgina yul-yuriklarning moxiyatini tashkil etadigan noxolislik yo kishining shaxsiy tajribasidagi ba'zi faktlardan shoshilinch va yetarli darajada asoslanmagan xulosalar chikarilishini okibati xisoblanadi, yoxud bu tafakkur stereotiplarining- muayyan ijtimoiy guruxda kabul kilingan standartlashtirilgan muloxazalarning natijasi buladi.
Ijtimoiy xayotning turli faktlari (xodisalar, odamlar va boshkalar)ga nisbatan yul-yuriklar ijobiy bulishi xam (vrachning barcha kursatmalarini bajonidil va anik bajaradigan bemor umuman tibbiyotga va kolaversa, uni davolayotgan doktorga nisbatan ijobiy munosabatga asoslanadigan yul-yurikka amal kiladi) va notugri tushuncha tusini olgan xolda salbiy bulishi xam mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |