Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja



Download 0,57 Mb.
bet92/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

4272 raqamli fatvodan
To`rtinchi savol:
Har   bir   mazhab   imomining   o`zidan   boshqasiga   xilof   qilganini   ko`ramiz.   Ko`pincha   ular
orasidagi jan-jal ba’zi namozxonlarning tarki namoz qilishiga olib boradi. Ushbu mavzu’da shofiy
va kofiy javob umididamiz. Bir mazhabga ergashaylikmi? Ish to`g`ri bo`lishi uchun qandoq qilib
mazhablarni muvofiqlashtiramiz?
Yolg`iz Allohga hamd bo`lsin. Uning Rasuliga va U kishining Oliyu ashoblariga salovotu
salomlar bo`lsin. Va ba’du:
Javob:
 
To`rt mazhab imomlari orasidagi fiqh far’idagi mavjud xilof hadisning ba’zi imomlar nazdida sahih
bo`lib, boshqasi nazdida sahih bo`lmagani yoki hadis birlariga etib, boshqalariga etmagani kabi
xilofga sabab bo`luvchi omillarga borib taqaladi.
Musulmon   kishiga   ular   haqida   yaxshi   gumonda   bo`lish   vojibdir.   Ulardan   har   birlari
mujtahiddir.   O`zlaridan   sodir   bo`lgan   fiqhiy   urinishlarda   haqni   talab   qilgandirlar.   Ulardan   kim
to`g`ri topgan bo`lsa ikki ajr: ijtihodi ajrini va to`g`ri topgani ajrini oladi. Kim xato qilgan bo`lsa,
bir ajr, ya’ni ijtihodi ajrini oladi.
84

Mazkur to`rt imomlarga taqlid qilishga kelsak. Kimning haqni dalildan olishga imkoni bo`lsa,


unga dalildan olish vojib bo`ladi. Kimning imkoni bo`lmasa o`z nazdidagi eng ishonchli ahli ilmga
taqlid   qiladi.   Far’lardagi   bundoq   xiloflar   ixtilof   qiluvchilarni   bir-birlarining   ortlaridan   namoz
o`qishni man qilmasligi kerak. Aksincha, ba’zilari ba’zilarining ortidan namoz o`qimoqlari vojibdir.
Sahobalar, roziyallohu anhum, far’iy masalalarda ixtilof qilsalar ham bir-birlarining ortlarida namoz
o`qir   edilar.   Tobe’inlar   va   ularga   yaxshilik   ila   ergashganlar   ham   shundoq   qilganlar.  
Tavfiq Allohdandir. Nabiyyimiz Muhammadga va U zotning Oliyu ashoblariga Allohning salovotu
salomlari bo`lsin.
Ilmiy
 
bahslar
 
va
 
fatvo
 
bo`yicha
 
doimiy
 
qo`mita:
Abdulaziz Ibn Abdulloh Ibn Boz - Rais.
Abdurrazzoq Afifiy - Rais noibi.
Abdulloh Ibn G`idayyan - A’zo.
Abdulloh Ibn Qa’ud - A’zo.
(Fatvolar   «Majallatu   al-Buhus   al-Islomiya»ning   51   sonidan   so`zma-so`z   tarjima   qilindi.)
Shu yerda ikki og`iz izoh berishga to`g`ri keladi.  Ikkinchi fatvodagi,  «Kimning  haqni dalildan
olishga imkoni bo`lsa», degan ibora kim ijtihod qilish darajasiga etgan bo`lsa, deganidir. Hamma
ulamolarning ittifoq qilishlaricha, hozirda ijtihod darajasiga etgan shaxs yo`q. Endi hamma narsa
ravshan bo`lgan bo`lsa, ajab emas. Ushbu hujjatlar bilan tanishib chiqilganidan so`ng o`z-o`zidan
bir   necha   haqli   savol   paydo   bo`ladi.   Xo`sh,   hozirda   mazhabni   inkor   qilayotganlar   kimga
ergashyaptilar o`zi? Nima asosda faoliyat olib bormoqdalar o`zi? Mazhab boshi imomlarga nisbatan
beodoblik qilishga nima haqlari bor? Agar ular o`zlari da’vo qilayotganlaridek, shayx Ibn Boz va u
kishiga hamfikr shaxslarga taqlid qilayotgan bo`lsalar, nima uchun ularning yuqorida zikri o`tgan
fatvolariga amal qilishmaydi?
Aslida fiqhiy mazhablar haqida ixtiloflarga atalgan asarda bunchalik ko`p gapirish niyat yo`q
edi. Fiqh ilmi va fuqaholar haqida «Islom musaffoligi yo`lida» nomli kitobchamizda va boshqa
maqola   va   ma’ruzalarimizda,   xususan,   «Hadis   va   Hayot»   nomli   kitobimizda   qisman   aytib
o`tganmiz. Alloh nasib etsa, kelajakda bu muhim mavzuda batafsil so`z yuritish imkoni ham bo`lib
qolar degan umiddamiz. Ammo hozirgi ixtiloflarga sabab bo`layotgan bosh omillardan biri aynan
shu masala bo`lgani uchun bir oz bo`lsa ham to`xtalib o`tishni ma’qul topdik.
Ammo yaxshi niyat bilan qilingan bu ish zamon o`tishi bilan suiiste’mol qilindi. Mazhablarga
hurmat-ehtirom   o`rniga   noo`rin   mutaassiblik   qilingan   hollar   ham   bo`ldi.   Natijada   turli   fiqhiy
mazhablar atbo’lari orasida har xil ixtiloflar, kelishmovchiliklar va noqulay holatlar vujudga keldi.
Juda oz bo`lsa ham sodir bo`lgan bu noqulay holat hozirgacha  mazhab muxoliflari  tomonidan,
mazhab oraga tafriqa soluvchi eng bosh omil, degan ma’noda ishlatilib kelmoqda.
Ammo   fiqhiy   mazhablarga   noo`rin   taassub   qilishlikning   zarari   bu   bilan   tamom   bo`lib
qolmaydi. Salafi solih ulamolarimizning ijtihodning kelajagi haqidagi ko`rsatmalariga ham noo`rin
mutaassiblik qilindi. Ularning bu nozik masala mustabid hukmdorlar va ularga yoqish uchun har
narsaga   tayyor   chalamullalarga   o`yinchoq   bo`lib   qolmasligi   yo`lida   qabul   qilgan   ijmo’lari   o`z
o`rnida ishlatilmadi. Ma’lum usuliy qoidalar va muhim ijtihodlar daxlsizligi haqidagi ko`rsatmalar
jamiki fiqh kitoblaridagi hamma so`zlar daxlsizdir, degan ma’noda talqin qilindi. Natijada asrlar
osha fiqh masalalari o`rta asrdan oldingi holida muzlab qotib qoldi. Zamon, makon va omillar
o`zgarishi bilan musulmon ummati hayotida ham sodir bo`ladigan turli yangi masalalarni hal qilishi
lozim bo`lgan ulkan omil harakatsiz qoldi. Borib-borib fiqh kitoblarimizni yillab diniy tahsil olgan
kishilar   ham   osonlikcha   tushuna   olmaydigan   holga   etildi.   Kishilar   malomatdan   qo`rqib   fiqhiy
kitoblarimizdagi zamon o`tishi bilan eskirib, istilohdan chiqib ketan so`zlar o`rniga boshqa murodif
so`zni almashtirishga ham jur’at qila olmas edilar.
85

Hozirga kelib barcha islomiy ilmlarda zamon ruhi esib turibdi. Tafsir, Hadis, Siyrat, Ulumul


Qur’on, Ulumul Hadis va boshqa bir qancha Islomiy ilmlar bo`-yicha ko`plab yangi asarlar bitildi
va bitilmoqda. Mazkur asarlarda o`quvchi o`zining barcha zamonaviy savollariga javob topadi. Bu
asarlar kishilarni jalb qilishning hamma uslublarini hisobga olib bitilgandir. Ammo fiqh haqida bu
gaplarni ayta olmaymiz. Bir-ikkita juz’iy va o`ta sodda urinishlarni hisobga olmaganda deyarli hech
narsa   qilingani   yo`q.   Ulkan   Islomiy   ilm   bo`lmish   fiqh   ilmidagi   asrlardan   buyon   davom   etib
kelayotgan bu turg`unlik oqibatida kishilarda fiqhdan chetlash yuzaga keldi. O`zining zamonaviy
muammosi haqida javob izlab fiqhga murojaat qilgan odam unda bir necha asrlik gapni ko`rganidan
keyin   shundoq   bo`lishi   ham   tabiiy   bir   hol.   Nahotki   o`tgan   mujtahidlarimiz   rahmatullohi
alayhimlarni  ko`z qorachig`imizdek  e’zozlagan,  ularni  bosh ustiga  qo`ygan holimizda,  ularning
ijtihodlariga   til   tegizmay   turib,   ba’zi   masalalarimizni   hal   qila   olmasak.   Hech   bo`lmasa,   eski
kitoblarimizni   zamonaviy   istilohlarga   o`girib,   xalq   ommasiga   tushunarliroq   tilda   taqdim   qilsak
bo`ladi-ku!
Kamina xodimingiz bundan bir necha yillar avval bir maqolamda ushbu ma’noga bir oz ishora
qilib o`tgan edim. O`shanda ba’zi ahli ilmlar buni mujtahidlar maqomiga jur’at emasmikin, deya
mulohaza ham qilgan edilar. Men ularga bundoq xayoldan umuman yiroq ekanimni bayon qilib
bergan edim. Endi esa ko`pchilik ulamolar bilan bo`lgan suhbat va bahslarda ushbu fikr hamda
mulohazalarni   qo`llash   holati   ko`payib   bormoqda.   Ba’zi   kishilar   fiqhga   yangicha   yondashmoq
zarurligi haqida kitob ham yozdilar. Kelajakda fiqh ilmida ham avvalgi paytlar kabi jozibadorlik
paydo bo`lsa ajab emas, degan umiddamiz.
Demak, diniy masalalardagi ixtiloflarning kelib chiqishiga sabab bo`lgan omillar faqat bir
tomonlama emas ekan. Fiqhni mahkam ushlashlik chegaradan chiqib, mutaassiblikka o`tib ketishi
ham bu ishda qo`l keldi, desak xato bo`lmasa kerak. Hozirda ayni shu narsa odamlarni, ayniqsa
yosh avlodni fiqh ilmidan uzoqda qolishlariga sabab bo`layotgani ham ehtimoldan xoli emas. Bir
narsani bilmagan odam unga yaqin bo`lishi qiyin. Fiqhdan uzoqda qolgan kishilar uni tanqid qilishi
ham shundan kelib chiqayotgan bo`lsa ajab emas. Musulmonlar hayotidagi barcha muammolarni
o`z vaqtida shariat yuzasidan hal qilib, hukmini aytib berishi lozim bo`lgan buyuk ilm – fiqh ilmi
bugungi   kunimizda   hayotdan   orqada   qolib   turgani   afsuslanarli   bir  holdir.   Xuddi   ana   shu  holat
hozirda   fiqhni   ba’zi   hukmdorlar   va   chalamullalar   o`ziga   xos   xizmat   qildirishiga   ham   sabab
bo`lmoqda.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish