Nominal daromad – bu bevosita xodim mehnatining miqdori va sifatiga qarab to’lanadigan xaq bo’lib, u pul shaklidagi daromadni o’z ichiga oladi. SHu nuqtai nazardan nominal daromad quyidagicha hisoblanadi.
ND = MBOD + MKD
Bu yerda: ND-nominal daromad: MBOD - mehnat bilan olingan daromad, ya’ni ish xaqi, menejer daromadi, tadbirkor daromadi: MKD-mulkdan kelgan daromad , ya’ni foyda, foiz va divident ko’rinishida.
Real daromad jami pul daromadlaridan turli to’lovlar (soliqlar, sotsial sug’urta to’lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi sof pul daromadini baho indeksiga bo’lish yordamida aniqlanadi.
ND+TT-S
RD=--------------
Jr
Bu yerda : TT- transfer to’lovlar evaziga tushgan daromadlar;
S- Soliklar va turli tulovlar. J-bahoning umumiy indeksi.
Do'stlaringiz bilan baham: |