Tipologik guruhlash yordamida to’plamni turli xil tiplarga ajratiladi.
Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo’lgan guruhlarning (birliklarning) salmog’i hisoblanadi va shu tariqa to’plam tarkibi o’rganiladi.
Analitik guruhlash yordamida xodisalar o’rtasida o’zaro bog’lanish o’rganiladi. Bunday guruhlashlar omil va natijaviy belgilar bo’yicha amalga oshiriladi.
Ikki va undan ortiq belgilar bo’yicha amalga oshirilgan guruhlashlar kombinatsion guruhlashlar deyiladi. Bunday guruhlashlar bitta belgi bo’yicha bajarilgan guruhlashlarga qaraganda kengroq analitik xususiyatga ega bo’ladi.
Guruhlar soni masala shartida ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda ularning optimal soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
R=1+3,322logn
bu yerda: n – to’plamdagi birliklar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |