Dekodlash
– qabul qilingan xabarni tiklash amali. Aloqa sistemasida
kodlash va dekodlash uchun qurilmalar ko’zda tutilishi lozim.
Tabiatda bu signallarning ikkita aynan bir xil kombi-natsiyasi uchramaydi.
Biz ikkita aynan bir xil tovush hatto bir daraxtda ikkita aynan bir xil yaproq
uchratmaymiz. Ammo buning teskarisi, ya'ni bir xil shaklga ega bo'lib, turli
mazmun kasb etadigan holat ham mavjud. Masalan, bitta nota qog'ozda bitta
yagona belgi bilan ifodalansada, u turli musiqa asboblarida (g'ijjak yoki nayda) ijro
etilganda, uning farqini darhol sezamiz.
Ta'kidlash lozimki, analog axborotlarni qayta ishlash uchun ularning biror
davrdagi holatini ajratib olishimiz va tahlil qilishimiz lozim. Buning uchun esa bu
axborotni boshqacha shaklga o'tkazishimiz lozim. Bunda turli belgilardan
foydalanamiz. Har-xil ranglarni turli raqamlar bilan, tovushlarni esa notalar bilan
belgilab, analog axborotni raqamli axborotga aylantirishimiz mumkin.
Inson tomonidan yaratilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan
ishlaydiganlari ham, raqamli axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud.
Analog qurilmalarga televizor, telefon, raqamli qurilmalarga shaxsiy
kompyuterni misol qilish mumkin. Hozir raqamli televizor va raqamli telefonlar
hayotimizdan keng o'rin olmoqda.
Biz axborotlarni turh'-tuman signallar holatida qabul qilamiz. Signallarning turli-
tumanligi axborotlarni qayta ishlash jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun
ham axborotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlashni osonlashtirish maqsadida ular
bir xil shaklga keltiriladi. Ya'ni, axborot aniq bir qoidalar asosida qayta ishlash
uchun
qulay
bo'lgan
belgilar
bilan
almashtiriladi.
Bu
jarayon
axborotni kodlash(shifrlash) deyiladi. Axborotlarni kodlash faqat qayta ishlash
qulay bolishi uchun emas, balki insoniyat tomonidan axborotni mahfiy saqlash
uchun ham qo'llanilgan.
Qadimda axborotlarni kodlash
Hayotda axborotni kodlashning ko'pdan ko'p usullari mavjud. Birinchi
kodlashni qo'llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandra hisoblanadi.
U axborotni mahfiy saqlash, ya'ni kodlash uchun ma'lum bir qalinlikdagi "Stsital"
tayoqchasini o'ylab topgan. Kodlashning bu usuli o'rin almashtirish usuli deb
ataladi.
"Stsital" tayoqchasiga misol Matn: "VATAN-ONA"
Kodlash natijasi:
VAOANNT -A
Qadimgi grek imperatori Yuliy Sezar ham axborotni mahfiyligini saqlash
uchun matnni kodlash usulini o'ylab topgan. "Sezar shifri" matndagi harfni
alifboda o'zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiradi. Bunda alifbo doiraviy
yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuli alifboni surish usuli deyiladi.
Matn:
"O'zbekiston — kelajagi
buyuk davlat"
"Sezar shifri" usuli qollanganda: "Ashfhnlvxrq—nhoemejl fyo"yn gezoex"
Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.
Axborotlarni kodlashning usullari
Semyuel Morze 1837-yilda elektr magnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan
va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Axborotlarni
kodlashda ishlatiladigan usullardan biri axborotlarni telegraf kodi yordamida
kodlash usulidir. Unda turli harf va raqamlar nuqta va tirelarning maxsus ketma-
ketligi ko'rinishida ifodalangan. Ya'ni axborot uchta belgi yordamida kodlanadi:
«uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida
ifodalanadi), «signalsiz» (bo'shliq, pauza bilan ifodalanadi). Mazkur kodlash usuli
hanuzgacha qo'llanib kelinmoqda. Morze kodlash usulini notekis (o'zgaruvchi) kod
deb yuritiladi. Insoniyatga ma'lum belgilar bu usuldagi ikki yoki undan ko'p
belgilar yordamida ifodalanadi. Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar
soni (hajmi) bir xil bo'lsa tekis kodlash usuli, belgilar soni (hajmi) bir xil
bo'lmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.
Harf
Morze
usulida
ifodalanishi
Belgilar
soni
Harf
Morze
usulida
ifodalanishi
Belgilar
soni
N
— •
2
K
_ . _
3
T
-
1
E
• • _ • •
5
A
• _
2
R
• — •
3
L
• — • •
4
O
---
3
Mazkur
usul
yordamida «elektron»so'ziniyozsak,uquyidagiko'rinishgaegabo'ladi.
• • — •• • — •• * • _ •• _ • _ — • — • _ _ _ _ •
Majmuagakirganbelgilarningturliboshqabelgilarbilanhamdaularningbirnecha
sibilanifodalanishimazkurusulningkengqo'llanilishigato'siqlikqilsa,uningfaqatikkib
elgi — nuqtavatiredaniboratligiunitexnikvositalardaqo'llashimkoniniberadi.
Odamlaro'zaromuloqatqilganda,ularningharbirigatushunarlibo'lganbelgilar,to
vushlardanvaularnibog'lovchiqonun-qoidalardanfoydalanadilar.Ana shu belgilar,
qonun-qoidalar majniui shu o'rinda kod vazifasini bajaradi.
Biror belgilar yordamida yozilgan axborotni kodlangan axborot deb
qarashimiz mumkin. Chunki mazkur alifbo bilan tanish bo'lmagan kishi uning
yordamida tayyorlangan axborotni qabul qila olmaydi va qayta ishlash imkoniga
ega bo'lmaydi. Shuning uchun ikki taraf o'zaro axborot almashganda oldindan biror
qonun va qoidaga kelishib oladi. Masalan, avtomobil signalini eshitish bilan
o'zimizni chetga olamiz, yoki chorraxadan o'tishda svetofor signallaridan
foydalanamiz, demak signallardan foydalanish oldindan kelishib olingan qat'iy
qoidaga rioya qilish kodidir.
Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli — bizga ma'lum bo'lgan
alifbodagi harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan almashtirishdan
iborat:
A
B
D
E
F
G
H
I
J
K
L
M
N
O
01
02
03
04
05
06
07
08
09
10
11
12
13
14
P
Q
R
S
T
U
V
X
Y
Z
Ch
0'
Sh
G'
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
25
27
28
Bu usuldan foydalansak, masalan, «Bugun havo issiq» degan gap quyidagi
ko'rinishni oladi:
02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16
Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham maxsus sonlar
bilan ifodalash va ularni matnga kiritish mumkin. Qaralayotgan masalaga
qo'shimcha shart kiritamiz: Efirda uzatilayotgan axborotni ixtiyoriy tinglovchi
qabul qilish va yuqoridagi usulda qayta kodlab olishi mumkinligini bilgan holda,
biz harflar ketma-ketligi tartibini o'zgartiramiz. Ammo, axborot kimga belgilangan
bo'lsa, yangi tayyorlangan ketma-ketlikni u albatta bilishi kerak, aks holda
uzatilgan axborotni qayta kodlash masalasi yuzaga keladi. Alifbodagi harflar
ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli mavjud. Masalan, quyidagi tartibni
olamiz:
19
A
B
V
G
D
J
Z
I
Y
K
L
M
N
12
03
16
14
04
25
20
11
31
24
19
07
27
0
P
R
S
T
U
F
X
Ch
Sh
Q
H
G'
17
08
22
28
10
18
23
29
02
13
21
34
01
Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi to'g'risidagi
yuqoridagi matn bu holda quyidagi ko'rinish oladi:
03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21
Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan
qayta kodlash juda qiyin ish hisoblanishini ko'rish qiyin emas.
Ma'lumotni kodlash juda keng bilim doirasidir. Albatta, bu raqamli
texnologiyalarni rivojlantirish bilan bevosita bog'liq. Ko'pgina zamonaviy ta'lim
muassasalarida axborotni kodlash eng mashhur mavzu hisoblanadi. Bugungi kunda
ushbu hodisaning asosiy talqini kompyuterlar ishining turli jihatlari bilan bog'liq
holda o'rganamiz. Biz savolga javob berishga harakat qilamiz: "Bir vaqtning o'zida
jarayon, usul, asbob yoki bu hodisalarni kodlash bormi?"
Do'stlaringiz bilan baham: |