Ma’ruza№14 nutq uslublari punktuatsiya


Ilmiy-ommabop uslubga misol



Download 71,78 Kb.
bet6/23
Sana16.03.2022
Hajmi71,78 Kb.
#493002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
NUTQ USLUBLARI PUNKTUATSIYA MATN

Ilmiy-ommabop uslubga misol:
...Tovushdoshlikning ma’no bilan singishib ketgan oliy namunalarini Navoiy asarlarida ko'rish mumkin. Masalan, shoir «Xamsa»sining Nizomiy Ganjaviyga bag'ishlangan qismlaridan birida:
Ganja ganjurikim chekib ko‘p ranj,
Qo'ymish erdi jahonda besh ganj, -
deydi. Bu baytda «ishtiqoq» deb atalgan san’at ham bor. «lshtiqoq» so'zining badiiy termin bo‘lishiga uning grammatik ma’nosi asos bo'lgan. So'z yasalishi ishtiqoq deyiladi. Shunga asosan gapda bir o'zakdan yasalgan so'zlarni keltirishni «ishtiqoq» deb ataganlar.


RASMIY USLUB
Adabiy tilning vozma rasmiy shakliga xos bo'lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida, ya’ni davlat arboblari o'rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog'ozi singari ish yuritish qog'ozlarida qo'llaniladi.
Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi).
2. Idoraviy-devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diplomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar).
Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro'yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo'ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi: axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o'z aksini topadi.
Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o'ziga xos leksik, gram­matik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o'ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi.
Rasmiy ish qog'ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo'ysunadi.
Rasmiy uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning ham o'ziga xos lug'aviy va grammatik xusu­siyatlari mavjud: so'zlar o'z ma'nosida qo'llanadi, ko'pchilikka ma'lum bo'lgan ayrim qisqartma so'zlar ishlatiladi, har bir sohaning o'ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Masalan, sud ishida jinoyat, hukm, qonun, maktab ish qog'ozlarida maktab direktori, direktor o'rinbosari, sinf rahbari kabi so'z va birikmalar ishlatiladi.
Rasmiy uslubda ko'pincha darak gaplardan; qaror, buyruq, ko'rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Shuningdek, bu uslubda gap bo'laklarining odatdagi tartibda bo'lishiga rioya qilinadi.
Tayyor nutq formulalari (shu asosida, shunga ko'ra, ma’lum qilamizki, ... biz, quyida imzo chekuvchilar, ... ga asosan (muvofiq), ... uchun, ... dan kelib chiqib, ... sharti bilan, ... berilsin, ... taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-axborot xarakterida bo'lishini, so'zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo'lmasligini, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllari, qo'shma gap turlarining keng qo'llanilishini talab qiladi, til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.

Ish yuritish hujjatlari qo`llanish doirasi,maqsad va vazifalariga ko`ra to`rt guruhga bo`linadi:



Download 71,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish