Ma’ruza Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi. Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti


Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/27
Sana04.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#431415
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
1-Ma`ruza

 
Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari 
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash printsipini birinchi bo‟lib ingliz olimi Charlz 
Bebich va uning g‟oyasini mukammallashgan ko‟rinishini Djon Fon Neyman taklif 
qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-
ket ishlash g‟oyasidan iborat. hozirda ko‟p rusumli kompyuterlar shu g‟oya asosida 
ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko‟p protsessorli kompyuterlar, ya`ni bir vaqtda 
dasturning bo‟laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham 
yaratilganligini eslatib o‟tish joizdir. shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan 
dastur asosida ishlaydi. O‟z navbatida dastur qo‟yilgan masalani kompyuterda 
yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-
ketligidir. dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar 
yordamida kompyuter tiliga o‟tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil 
topgan, mahlum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon 
Neyman printsipi bo‟yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval 
kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida 
dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator 
bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o‟rnatadi va 
uni bajarilishini tahminlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb 
ataluvchi qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to‟g‟ridan-to‟g‟ri ekranda 
yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video 
qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko‟rilishi mumkin. Odatda 


kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari - 
kompyuterning qattiq qismlari
) va Software (kompyuterning dasturiy tahminoti - 
kompyuterning yumshoq qismlaridan
) tashkil topgan deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:
-
tizim bloki; 
-
monitor; 
-
klaviatura; 
-
sichqoncha. 
IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC 
kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda eng keng tarqalgandir.
Tizimli bloki odatda Desktop (yassi) yoki Town (minora) ko‟rinishida ishlab 
chiqariladi.
Kompyuterning asosiy qismlari tizimli blokida joylashgan bo‟lib, ular 
quyidagilardir: 
Tezkor xotira (RAM – Random Access Memory – ixtiyoriy kirish mumkin 
bo‟lgan) mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya`ni kontrollerlar, adapterlar, 
elektr manbai bilan tahminlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD – 
Floppy Disk Driver), qattiq disk yurituvchi qurilmasi (HDD – Hard Disk Driver), 
faqat o‟qish uchun mo‟ljallangan (CD ROM – Compact Disk Read Only Memory) 
yoki uning o‟rniga xozirda xam o‟qish xam yozish uchun hizmat qiladigan lazer 
disk yurituvchi qurilmasi (CD RW yoki DVD RW) bo‟lishi xam mumkin, shinalar, 
modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket 
(COM) portlari orqali ko‟plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi 
bo‟lib, u ma‟lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. 
Mikroprotsessor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. 
IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) 
mikroprotsessorlar ishlatiladi. Bu firma o‟z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286, 
80386, 80486, pentium, pentium pro (professional) mikroprotsessorlari ishlab 
chiqargan bo‟lib, hozirda faqat zamon talablariga javob beradigan pentium-III, 
pentium – IB protsessorlarini bozorga chiqarmoqda. Shuni aytish joyizki, bu 
protsessorlar faqat Intel firmasida ishlab chiqarilishi shart emas. Uning litsenziyasi 
asosida bunday mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo‟lgan, Janubiy- sharqiy 
Osiyo mamlakatlarida ko‟plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, 
IBM 
kompyuterlariga moslik
shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Syrix, Seleron 
va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo‟llaniladi. Ammo boshqa 
firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman 
aytganda kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng 
qo‟llaniladi. Protsessorlarning tezligi megagertslar (Mgts) sekundda o‟lchanadi. 
MMX pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori 
sifatida 1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix 
Multiplication Extension) pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu 
protsessor matritsalarni ko‟paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo‟lsa, 
keyinchalik MultiMedia Extension – mulitimedia uchun kengaytma deb atala 
boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda 


ommaviy qo‟llanilib borilayotgan kompyuterning mulitimedia (ovozi, grafik, 
tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko‟tarish 
mulitimedia amaliyotlarni tez bajarishni tahminlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, 
jumladan mulitimedia berilganlarini, ikki va uch o‟lchovli grafikalarni tez bajarish 
kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko‟paytirish va qo‟shish amallarini ko‟proq 
ishlatadigan amaliy dasturlarda amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning 
uchun ham uni ko‟proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar 
bilan ishlash bilan bog‟liq masalalarni yechishda qo‟llash maqsadga muvofiq 
bo‟lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko‟rsatadi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish