Ma’ruza yangi kreativ pedagogi texnologiyalar Reja: 1



Download 24,58 Kb.
bet1/5
Sana06.12.2022
Hajmi24,58 Kb.
#879879
  1   2   3   4   5
Bog'liq
27-28-mavzu


27-28 MA’RUZA
Yangi kreativ pedagogi texnologiyalar
Reja:


1.Zamonaviy dars haqida tushuncha
2. Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish tarixi
3. Pedagogik texnologiya asoslari
1.Zamonaviy dars haqida tushuncha
O‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan darslar asosida tashkil etish shart va zarur, ya’ni zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishga mas’uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega mas’uliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib bormoqda. Ta’limda moddiy baza standart, o‘quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o‘zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg`ulotlarni olib boruvchi o‘qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog`lanib qolaveradi, o‘quv-biluv markazida esa o‘quvchi turmog`ini taqozo etadi. Har qanday ta’lim o‘quvchi shaxsiga, uning qizikhoxish istagiga, ehtiyojiga qaratilmog`i lozim.Ta’lim-tarbiya sifati va smaradorligi o‘quvchining o‘quv mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mustaqil mutoala bilan samarali shug`ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyatiga bog`liq.
Zamonaviy dars shunday darski, unda o‘qituvchi o‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalani, uning aqliy potensialini ishga solib, rivojlanishini ta’minlaydi. Darsning shakllarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.Aralash(kombinatsiyalashgan) darslar
2. Yangi bilimlarni o‘rganish darslari.
3. Yangi ko‘nikmalarni shakllantirish darslari.
4.Umumlashtiruvchi, o‘tilganlarni tizimlovchi darslar.
5.Bilim, ko‘nikmalarni korreksiya va nazorat qiluvchi darslar
6. Olingan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llovchi darslar.
Undan tashqari olib borilishiga qarab ham ko‘rinishlarini ifodalovchi dars turlari mavjud.
Pedagogik texnologiyaning turli xil ta’riflari mavjud. Shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz:
-Texnologiya biror bir ishgda maxoratda san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig`indisi.
- Pedagogik texnologiya- o‘qitishning ta’limning shakllari metodlari, usullari yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va kompanovkasi(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka) lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev)
-Pedagogik texnologiya o‘qituvchi mahoratiga bog`liq bo‘lmagan holda pedagogik muvvafaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P.Bespalko)
-Pedagogik texnologiya- bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion ) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayan standartlashuvi hisoblanadi. (B.L. Faberman)
-Pedagogik texnologiya-bu o‘qituvchining o‘quv vositalari yordamida o‘quvchiga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatish va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanganligini kafolatlaydigan jarayondir. (N.Saidaxmedov)
2. Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish tarixi
1. 1930-yillarda “Pedagogik texnika” tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo‘ldi va u o‘quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan usul va vositalar yig’indisi sifatida qaraladi. Shuningdek o‘qo‘v va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish tuShunildi.
2. 1940-50 yillarda o‘quv jarayoniga o‘qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio va nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi. Bu programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutadi.
3. 1960-yillarning o‘rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokama tortildi. 1961 yildan boshlab Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim”, 1964 yildan boshlab Yaponiyada “Pedagogik texnologiya” jurnali chop etila boshladi.
1971 yilda xuddi Shu nomdagi jurnal Italiyada chiqarila boshladi. Pedagogik texnologiya muammosining o‘ta dolzarbligi hisobga olinib, uning imiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi.
1967 yilda Angliyada “Pedagogik texnologiya Milliy kengashi” tashkil etildi.
1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya” jurnali chiqa boshladi.Pedagogik texnologiya ifodasi avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini bildirgan.
1979 yilda AQShning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar asssosatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: pedagogik texnologiya bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni taxlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning yechimini baholash va boshqarish uchun odamlar, g`oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o‘z tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat. 80 yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb kompyuterli vaaxborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jixatdan o‘quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab, uni ta’limdagi, o‘qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo‘lsa, ikkinchidan ta’lim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o‘quv jarayonini o‘zini qurish texnologiyasini bildiradi. Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ortiq filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yaponiyada pedagogik texnologiya muammolari bilan to‘rtta ilmiy jamiyat shug’ullanmoqda. Faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy kengashining yigirma ikkita davlat universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadgan “Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar” jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o‘rnini topmoqda. Yaqinda umumyapon pedagogik texnologiya markaziy kengashi tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o‘rnatish ishlari bilan mashhur. Pedagogik texnologiya bo‘yicha xalqaro konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili Angliyada o‘tkazib kelinadi. Anjuman materiallari “Pedagogik texnologiya jihatlari” nomida nashr qilinadi.
1973 yilda Vengriyada “O‘qish texnologiyasi Davlat Markazi” bevosita YUNESKO tashabbusi va dasturi asosida tashkil etildi va uning asosiy vazifasi o‘qitish texnologiyasining yangi qirralarini kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini rivojlantirish kabi masalalardan iborat bo‘ldi.
1972 yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob do‘konlarida “Yashash uchun o‘qish”, “Dunyo tarbiyasi bugun va ertaga” kitobi paydo bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi. Davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi qaror topdi. O‘quv tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiya bilan ta’minlash zarurati ham kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish sharoitlaridan biridir.
1997 yilda kadrlar tayyorlash milliy dasturida pedagogik texnologiya dolzarb tadqiqot ob’ekti darajasiga ko‘tarildi va ijtimoiy buyurtma sifatida yuzaga qalqib chiqdi. Shu bilan birgalikda mustaqillikning dastlabki yillaridayoq bu muammoga qo‘l urildi.
1993 yilda “Xalq ta’limi” jurnalida chop etilgan maqolada birinchi marta pedagogik texnologiya tuShunchasi, mohiyati, uning ta’rifi va ma’lum pedagogik tizim doirasida talqini yoritildi.
1999 yil 4-5 may kunlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar, muammolar va yechimlar” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyaga 300 dan ziyod materiallar taqdim etilib, Shulardan 90 tasi tanlab olindi va kitob shaklida chop etildi.
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarning faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard maqsadi-barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo‘lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi:
-ta’lim-tarbiya berish;
-axborotlarni avloddan-avlodga yetkazish;
-mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
-bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘rgatish va o‘zlashtirish;
-turli metodikalarni qo‘llash va takomillashtirish;
-diagnostik monitoring olib borish;
-ta’lim-tarbiya jarayonida insonparvarlik, xalqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;
-o‘kuvchining tayyorgarlik darajasi, psixologik, fiziologik, yosh xususiyatlar, gigienik talablarni hisobga olish;
-ta’lim menejmenti va marketingi talablari ijtimoiy motivlarini hisobga olish.



Download 24,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish