Kapital eksport qilish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli sarmoyalar sarflash kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini qisqartiradi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik ishlab chiqaruvchilardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog‘dagi xarajatlardan yuqori bo‘lgan tovarlar import qilinadi.
Tashqi savdo samaradorligini hisoblash-da mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muauyan tovarlarga bo‘lgan o‘z ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog‘da sarflanishi lozim bo‘lgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar-dagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko‘rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko‘rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsienti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport bo‘yicha kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Kt = Et / Ej
bu yerda Et – mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig‘indisi) ning solishtirma salmog‘i;
Ej – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog‘i.
Agar nisbat birdan katta bo‘lsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.
Eksport bo‘yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi:
bu yerda E – eksport qiymati.
Ke = E / YaIM
Eksport buyicha kvotaning ko`rayishi ham mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshligining o‘sib borishidan darak beradi.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiq-
ligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo‘lgan qismi.
Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi. Biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarni o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilgan taqdirda reeksport ro‘y beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bog‘liq. Reimport iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya samarasi mavjud bo‘lib, bu omilni hisobga olish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli iqtisodchi olimlardan J. Keyns, R. Kan, F. Maxlup, P. Samuelson va boshqalar tashqi savdo multiplikatori to‘g‘risidagi nazariy asoslarni yaratishda katta hissa qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |