Ma`ruza. Xalqaro savdo. To‘lov balansi va uning tarkibi Reja Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi turlicha nazariyalar


Ishchi kuchi malakasi modeliga ko‘ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki to‘rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi



Download 196 Kb.
bet4/11
Sana27.05.2023
Hajmi196 Kb.
#944387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
43 - Ma`ruza. Xalqaro savdo. To‘lov balansi va uning tarkibi

Ishchi kuchi malakasi modeliga ko‘ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki to‘rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi. Kasbiy mahoratga ega bo‘lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchining nisbatan ko‘pligi malakali mehnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning eksport qilinishiga olib keladi. Malakasiz ishchi kuchining ko‘pligi esa ishlab chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti neoklassik nazariyalari o‘rtasida amerikalik iqtisodchi G.Xaber-lerning muqobil xarajatlar modeli yetakchi o‘rin tutadi. U har bir mamlakat uchun barcha resurs va eng yaxshi texnologiyalardan foydalangan holda ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi mumkinligini ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan foydalanishni taklif etadi. Bu qarashlarga ko‘ra, har bir mamlakat boshqa mamlakatlarga taqqoslaganda yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan tarmoqlardagi mahsulotlarni eksport qiladi.
R. Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Vernon nazariyasiga ko‘ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to‘rt bosqichdan iborat sikldan o‘tadi (joriy etish, o‘sish, yetuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro miqyosda siklning bosqichidan kelib chiqqan holda siljiydi. R. Vernon AQShning yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik qilishi sabablarini ochib berishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga nisbatan ertaroq paydo bo‘lgan tovarlarga talab AQShning texnologik ustunligiga olib kelishini ta’kidladi.
Xorijdagi o‘zgarishlardan himoyalanganlikning o‘sishini o‘zaro ehtiyoj asosidagi savdo aloqalarini rivojlantirish orqali ta’minlash mumkin. Mamlakatlar (masalan, Fransiya va Germaniya)ning savdo sheriklari sifatidagi o‘zaro bog‘liqligi holatida ulardan birining tovarlarni yetkazib berish yoki bozor hajmini qisqartirishi ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob qaytaradi. O‘ta yuqori darajadagi bog‘liqlik mamlakatning boshqa mamlakatlarda ro‘y beruvchi o‘zgarishlarga bog‘liqligini keltirib chiqaradi.



Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish