2-mavzu. Davlat budjetining mohiyati va ahamiyati
Reja
Davlat budjeti - iqtisodiy kategoriya sifatida.
Davlat budjetining ijtimoiy-iktisodiy mohiyati va funksiyalari.
Budjetning mamlakat moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari.
1. Davlat budjeti - iqtisodiy kategoriya sifatida.
Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo’lgan bo’-lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosa-batlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va budjet-ning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi.
Hozirgi sharoitda Davlat budjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumenti (vositasi)dir.
O’zining mohiyatiga ko’ra, Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo’lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo’lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, Davlat budjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xis-lati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Davlat budjeti moliya tizimining markaziy bo’g’ini, qayta taqsimlash munosabatlarining iqtisodiy shakli hisoblanadi. Budjet orqali milliy daromad qayta taqsimlanadi. Budjet orqali qiymatni qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bo’g’inlariga nisbatan katta mikdorni tashkil etadi. Budjet orqali qayta taqsimlash davlat moliyasi tarkibida markaziy o’rinda.
Davlat budjetida, moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli o’laroq, ikki tushunchaning terminologik qo’shilishi mavjud: 1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat budjeti - ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’lgan YaIM va milliy daromadning taqsimlanishi jarayonida davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |