1- ma’ruza
Transport huquqi nazariyasining umumiy masalalari.
Reja:
1.Transport huquqi va transport qonunchiligi.
2.Transport huqiqiy munosabatlari.
3.Transport huquqining predmeti.
4.Transport huquqi tushunchasi.
5.Transport huquqining manbalari.
Transport huquqi va transport qonunchiligi – birbiri bilan chambarchas bog’liq, biroq aynan bir xil bo’lmagan tushunchalar; agar transport huquqi huquq normalari yig’indisidan iborat bo’lsa, keyingisi – normativ hujjatlar yig’indisidir. Transport munosabatlarini tartibga soluvchi normalarni o’z ichiga oluvchi normativ hujjatlar tizimi transport qonunchiligi deyiladi. Transport qonunchiligiga ob’ektiv sharoit ta’sirida ham, qonun chiqaruvchining transport faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida bironbir qaror qabul qilish maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi sub’ektiv tasavvurlari natijasida ham yuzaga kelgan muayyan xususiyatlar xosdir.
Har qanday mamlakatning transport qonunchiligi yuk, bagaj, yo’lovchi tashish shartnomasini belgilash, transport xizmati ko’rsatmaganlik, yuk yoki bagajning yo’qolishi, ularga ziyon yetishi (buzilganligi) uchun javobgarlik bilan bog’liq bo’lgan qoidalar, to’g’ri va aralash aloqa yo’llari bo’ylab yuk tashishdagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat va h.k. Transport to’g’risidagi qonunlar uchun quyidagi xususiyatlar xos:
Transport qonunchiligi biron-bir mamlakat qonunchiligida eng kodifikatsiyalangan sohadir. Barcha turdagi transportda tashuvchilar bilan mijozlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ustavlar va kodekslar amal qiladi.
Tashuvchi, yuk jo’natuvchi va yuk oluvchining o’zaro munosabatlari 1954 yilgi Temir yo’l ustavi bilan ancha batafsil tartibga solingan. Avvalgi ustavlardan farqli ravishda 7 boshqa transport turlari ishtirokida to’g’ri aralash yuk tashishni tartibga solgan; umumiy foydalanilmaydigan temir yo’l shoxobcha yo’llariga maxsus bo’lim bag’ishlangan. Bu ustav avvalgi ustavlarda to’la aksini topmagan masalalarni ancha aniqravshan va konkret tartibga slogan.
1964 yilgi Temir yo’l ustavi yuk jo’natuvchilarning (yuk oluvchilarning) temir yo’l bilan o’zaro munosabatlarini aniq tartibga solgan. Ustav avval amal qilgan ustavlarda bo’lmagan qator (masalan, to’liq yuklamaslikni qoplash tartibi to’g’risidagi) masalalarni o’z ichiga olgan bo’lib, bunga ancha aniq va konkret ta’riflar hisobiga erishilgan.
Transport huquqiy munosabatlari. Transport huquqiy munosabatlar deb, transport huquqiy normalari bilan tartibga solinadigan shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarga aytiladi.
Transport huquqi mulkiy xarakterda bo’lgan munosabatlar va u bilan o’zaro bog’liq bo’lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig’indisini ifodalar ekan, xo’sh, transport huquqi asosini tashkil etgan ushbu munosabatlarning o’zi nimani ifodalaydi va uning mazmun, mohiyati nimadan iborat degan savol tug’ilishi tabiiy. Shuni e’tiborga olgan holda biz quyida mulkiy xarakterda bo’lgan munosabatlar va Shuningdek, mulk bilan o’zaro bog’liq bo’lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlar to’g’risida biroz bo’lsa-da, to’xtalib o’tishga harakat qilamiz.
Transport huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida quyidagicha ifodalab qo’yilgan. Unga asosan, transport qonun hujjatlari transport munosabatlari ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o’zga majburiyatlarni, Shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |