Ma’ruza Tizim tushunchasi axborot tizimlari. Avtomatlashtirilgan ish joylari. Reja


Ish joylarini kompyuterlashtirish — avtomatlashtirilgan ish



Download 325,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana04.02.2022
Hajmi325,14 Kb.
#431451
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Ma`ruza (Davomi)

Ish joylarini kompyuterlashtirish — avtomatlashtirilgan ish 
joylari (AIJ) yaratishning asosi. 

Ish joylarini kompyuterlashtirish deganda, nafaqat uning texnik ta‘minoti, 
balki ish joylarini kompleks avtomatlashtirish uchun lozim bo‗lgan barcha 
texnologik ta‘minot ko‗zda tutiladi. Shu bois, dastavval, AIJ tushunchasiga 
batafsil to‗xtalamiz. Iqtisodiyotda AIJ tushunchasiga to‗xtalishdan oldin, 
ularning asosiy turlarini yaratish va tashkil qilish prinsiplarining umumiy 
tasavvuriga ega bo‗lish kerak. 



AIJ deganda, rahbar, mutaxassis yoki xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning 
vazifasini almashtirish emas, balki ularning faoliyatiga yordam berish, ya‘ni 
ularga qulay ish sharoiti yaratish tushuniladi. Hozirgi davrda barcha AIJ 
asosida beshta texnologik tizimcha ta‘minoti mavjud: 

— ish faoliyatini ta‘minlovchi; 

— kasbiy faoliyatni ta‘minlovchi; 

— qarorlar qabul qilish; 

— qo‗lda bajariladigan ishlar; 

— kommunikatsiya. 

Bu tizimchalarning (jumladan, AIJning) axborot ta‘minoti quyidagicha: 

— tezkor faoliyat ish to‗plami; 

— elektron taqvim; 

— elektron haftalik; 

— elektron yozuv daftarchasi; 

— shaxsiy arxiv; 

— topshiriqlar kartotekasi; 

—turli axborot—ma‘lumotnomali tizimlar, tahliliy kartotekalar, ekran 
grafikasi vositalaridan iborat axborotlarni izlash va tahlil qilish vositalari; 

— iqtisodiy-matematik modellar, elektron jadvallar, qarorlar qabul qilish 
modellaridan iborat boshqaruv va iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish 
vositalari; 

— bilimlar bazasidan iborat ekspert tizimlari; 

— turli mantiqiy-hisoblash masalalarini yechish vositasi; 

— matnli va rasmiy axborotlarni qayta ishlash vositasi. 

Barcha axborot ta‘minotini bir joyga to‗plash qimmat va maqsadga muvofiq 
emas. Shuning uchun ma‘lum bir AIJ funksional yo‗naltiriladi. Shuni 
ta‘kidlash kerakki, AIJ ochiq arxitekturalidir. U ma‘lum bir foydalanuvchi 
va foydalanuvchilar guruhiga moslashtiriladi. AIJni yaratish professional 
dasturchilarsiz foydalanuvchiga qo‗yilgan masalani muvaffaqiyatli bajarish 
imkonini beradi. Barcha dasturiy ta‘minotlar AIJ samarali ishlashini 
ta‘minlashi lozim. Shuning uchun bu standartdagi amaliy dasturlar to‗plami, 
servis tizimlari, axborotlarni himoyalash va tashuvchilar bilan muomala 
qilish qoidalari, shuningdek, AIJ imkoniyatlarini kengaytirishi va xizmat 
ko‗rsatish bo‗yicha ma‘lumotnomali axborotlardan iborat bo‗lmog‗i kerak. 
Shu sababli barcha AIJ asosida axborotlarni ekranda qayta ishlash tizimi 
yotadi. AIJni yaratishda quyidagi talablarga amal qilinadi: «do‗stonalik», 
«egiluvchanlik», «samaradorlik». «Do‗stonalik» deganda, foydalanuvchini 
muloqot tartibida qulay va oson ishlashi tushuniladi. Bunda tizimga 
maksimal kirish imkoniyati yaratiladi. Hech qanday muammolarsiz turli 


sharoitlardan oson chiqib ketish yo‗llarini ko‗rsatuvchi ma‘lumotlar bilan 
to‗ldirilishi lozim. Hujjatlar odatdagi ko‗rinishda, ular bilan ishlash 
murakkab 
bo‗lmasligi 
kerak. 
«Egiluvchanlik» 
deganda, 
yangi 
xarakteristikalar, belgilar kiritish yoki o‗zgartirish imkoniyati nazarda 
tutiladi. Masalan, ekran rangini yoki hujjat ko‗rinishini o‗zgartirish. 
«Samaradorlik» deganda, muomala qilingandan boshlab yakuniy natijani 
olish uchun ketgan vaqt tushuniladi. 

Bu uch ko‗rsatkich AIJda quyidagi uch asosiy funksiyani amalgam 
oshirishni ta‘minlaydi: 

— matnlarni ekranda qayta ishlash; 

— shakllarni ekranda qayta ishlash; 

— ish grafikasini ekranda qayta ishlash. 

Foydalanuvchilar va ular yechadigan masalalar mazmuniga mos axborotlar 
bilan ta‘minlashni AIJning axborot ta‘minoti amalgam oshiradi. Tashkiliy 
boshqaruvda foydalanuvchilar shartli ravishda uch kategoriyaga qarab 
quyidagilarga ajratiladi: rahbarlar, mutaxassislar va xizmat ko‗rsatuvchi 
xodimlar. Turli kategoriya foydalanuvchilari uchun yaratiladigan AIJda 
ma‘lumotlardan foydalanish turlicha. Misol uchun, xizmat ko‗rsatuvchi 
xodimlar, odatda, tashkilotning ichki ma‘lumotlari bilan ishlaydi, 
takrorlanuvchi masalalarni yechadi, tuzilmalashtirilgan ma‘lumotlardan 
foydalanadi. 

Rahbarlar boshqaruv va qarorlar qabul qilish maqsadida ham ichki, ham 
tashqi ma‘lumotlardan foydalanadi. AIJni tatbiq qilish foydalanuvchining 
odatdagi ish jarayonini buzishi mumkin emas. 

AIJ mutaxassisni ish joyida kompyuter yordamida reglamentlashtiruvchi 
hujjatlar majmuasi bilan ishlashini ta‘minlaydi. Zamonaviy hududiy 
boshqaruv organlarining Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) kamida 
uch darajada dasturiy va texnik vositalar hamda har bir darajaning 
qo‗shimcha vositalari bilan faoliyat yuritishi kerak (1.1-rasm). 




1.1-rasm. 
Hududiy 
boshqaruv 
organlarining 
AAT 
dasturiy-texnik 
vositalarini

ko‗p darajali tashkil qilishning prinsipial sxemasi. 


Rahbarning AIJ o‗zining tuzilmasiga ko‗ra quyidagilarga bo‗linadi: 

— tarqatilgan; 

— lokallashgan. 

Rahbarning tarqatilgan AIJ — monitor, klaviatura hamda sichqonchadan 
iborat va boshqa barcha funksional qismlar uning yordamchisi yoki kotibada 
bo‗ladi. Lokallashgan tuzilma avtonom ishlash va funksional yopiqlik bilan 
ta‘minlanadi. 

Rahbarning AIJni yaratishda ikkita asosiy funksiya hisobga olinadi: tezkor 
boshqarish va qarorlar qabul qilish. Shuning uchun ham, rahbarning AIJ 
quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

— doimiy ravishda ishonchli axborotlar bilan to‗ldirilib boriluvchi, kirish 
chegaralangan, rivojlangan ma‘lumotlar bazasi (MB); 

— axborotlarni tezkor izlash; 

— axborotlarni ko‗rgazmali tasvirlash; 

—haqiqiy sharoitga maksimal moslashtirilgan, ishlash uchun optimal kirish 
sharoitini ta‘minlovchi muloqot dasturiy vositalarning mavjudligi; 

— boshqa axborot manbalari bilan tezkor aloqani ta‘minlash; 

— texnik va dasturiy vositalarning yuqori ishonch bilan ishlashi hamda 
oddiyligi; 

— AIJ xotirasida qabul qilingan qarorlar tajribasini to‗plash imkoniyati 
mavjudligi. 



Shunday qilib, rahbarning AIJ ish faoliyatini ta‘minlovchi; qarorlar qabul 
qilish; qo‗lda bajariladigan ishlar; kommunikatsiya kabi tizimchalarni 
qamrab olishi kerak. 

Rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tashkil qilish bo‗yicha tayyorgarlik 
ishlarini rahbar yordamchisi yoki kotiba bajaradi. Majlislar bayonnomasi 
rahbarning AIJdagi maxsus elektron yozuv daftarchasiga yoki uning AIJ 
bilan bir tarmoqdagi boshqa AIJga maxsus faylga yoziladi. 

Faoliyatning ma‘lum bir bosqichida bajarilgan ish natijalarini baholash 
uchun arxivlashtirish lozimdir. Rahbar o‗z ishini dasturning dispetcher 
bo‗limi orqali rejalashtiradi. 

Shaxsiy arxiv uzoq muddatga mo‗ljallangan yozuvlarni saqlashga xizmat 
qiladi. Masalan, korxonalar, shaxslarning telefonlari, manzili, shablonlar 
hamda tez-tez ishlatiladigan shakllar va boshqa shu kabilar. 

Topshiriqlar kartotekasidan rahbarning shaxsiy topshiriqlari joy oladi. 
Mutaxassisning AIJ. Mutaxassis — bu ma‘lum bir sohaning kasb egasidir. 
Uning AIJ shunday bo‗lishi lozimki, u shaxsiy hamda muassasaning 
MBdagi axborotlar asosida tahliliy ish bajarishi va natijani biror hujjat 
sifatida taqdim etishi lozim. Odatda, ma‘lum bir ishni bajarishga ketgan 
vaqtning 40% uni shakllantirishga ketadi. Mutaxassisning kasbga 
yo‗naltirilganligi AIJning dasturiy va texnik ta‘minotiga bo‗lgan talabini 
belgilaydi: 

— shaxsiy va umumiy (global) MB bilan ishlash imkoniyati; 

— boshqa axborot manbalari bilan kommunikatsion muloqot qilish 
imkoniyati; 

— to‗plangan tajribalar asosida tahlil qilinayotgan jarayonlarni 
modellashtirish imkoniyati; 

—tizimning yuqori darajadagi ko‗p funksiyaliligi va egiluvchanligini 
ta‘minlash. 

Bu talablardan kelib chiqib, mutaxassisning AIJ ish va kasbiy faoliyatlarni, 
qo‗lda bajariladigan ishlarni hamda kommunikatsiya aloqalarini 
ta‘minlovchi tizimchalardan iborat bo‗lishi kerak.

Mutaxassis AIJda quyidagi operatsiyalarni bajaradi: 

—klaviatura yordamida hujjatlardan ma‘lumotlarni kiritish (ekranda vizual 
nazorat qilish bilan); 

— kompyuterga ma‘lumotlarni magnit tashuvchilardan, boshqa AIJdan 
kiritish; 

— lokal hisoblash tarmog‗ida boshqa AIJdan aloqa kanallari orqali 
ma‘lumotlarni xabarlar sifatida qabul qilish; 

— ma‘lumotlarni tahrirlash va ular bilan amallar bajarish; 



— ma‘lumotlarni to‗plash va saqlash; 

— ma‘lumotlarni izlash, yangilash va himoyalash; 

—foydalanuvchining natijaviy axboroti, shuningdek, turli ma‘lumotnomalar 
va yo‗riqnomali xabarlarni ekranga, chop etish qurilmalariga va magnit 
tashuvchilarga chiqarish; 

— ma‘lumotlarni shakllantirish va boshqa AIJga fayl sifatida magnit 
tashuvchilarda yoki hisoblash tarmog‗ida aloqa kanallari orqali uzatish; 

— so‗rovlar bo‗yicha tezkor ma‘lumotnomalar olish. 

Avtomatlashtirish umumiy holda texnik, tashkiliy va iqtisodiy xarakterdagi 
tadbir va harakatlar majmuyini tashkil etadi. U insonning ishlab chiqarish va 
boshqaruv jarayonidagi u yoki bu vazifasini bajarishida bevosita ishtirokini 
kamaytiradi yoki butunlay ishtirok etmasligini ta‘minlaydi. Shunday qilib, 
AATning mutaxassislariga axborot xizmatini ko‗rsatuvchi, natijaviy 
axborotlarni oluvchi avtomatlashtirilgan texnologiya va inson faoliyatining 
turli sohalaridagi boshqaruv jarayonini optimallashtiruvchi inson — mashina 
deb qarash mumkin. AAT yordamida hisoblashlarning ko‗p variantliligi 
ta‘minlanadi, ratsional boshqaruv qarorlari qabul qilinadi, shuningdek, ayni 
vaqt tartibida, kompleks hisob va iqtisodiy tahlil tashkil qilinadi, olinayotgan 
va boshqaruvda foydalanilayotgan axborotlarning haqiqiyligi va tezkorligi 
ta‘minlanadi. Bunga barcha joylardagi idora mehnatini avtomatlashtirish, 
mazkur boshqaruv tizimini yaratish orqali erishiladi.

Nazorat savollari 
1.
 
Soha idoralarining axborot tizimlari 
2. Fanning vazifasi nimadan iborat? 
3. AIJ qanday texnologik tizimchalardan tashkil topadi? 
4. Qanday AIJning turlarini bilasiz? 

Download 325,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish