Ish joylarini kompyuterlashtirish — avtomatlashtirilgan ish
joylari (AIJ) yaratishning asosi.
Ish joylarini kompyuterlashtirish deganda, nafaqat uning texnik ta‘minoti,
balki ish joylarini kompleks avtomatlashtirish uchun lozim bo‗lgan barcha
texnologik ta‘minot ko‗zda tutiladi. Shu bois, dastavval, AIJ tushunchasiga
batafsil to‗xtalamiz. Iqtisodiyotda AIJ tushunchasiga to‗xtalishdan oldin,
ularning asosiy turlarini yaratish va tashkil qilish prinsiplarining umumiy
tasavvuriga ega bo‗lish kerak.
AIJ deganda, rahbar, mutaxassis yoki xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning
vazifasini almashtirish emas, balki ularning faoliyatiga yordam berish, ya‘ni
ularga qulay ish sharoiti yaratish tushuniladi. Hozirgi davrda barcha AIJ
asosida beshta texnologik tizimcha ta‘minoti mavjud:
— ish faoliyatini ta‘minlovchi;
— kasbiy faoliyatni ta‘minlovchi;
— qarorlar qabul qilish;
— qo‗lda bajariladigan ishlar;
— kommunikatsiya.
Bu tizimchalarning (jumladan, AIJning) axborot ta‘minoti quyidagicha:
— tezkor faoliyat ish to‗plami;
— elektron taqvim;
— elektron haftalik;
— elektron yozuv daftarchasi;
— shaxsiy arxiv;
— topshiriqlar kartotekasi;
—turli axborot—ma‘lumotnomali tizimlar, tahliliy kartotekalar, ekran
grafikasi vositalaridan iborat axborotlarni izlash va tahlil qilish vositalari;
— iqtisodiy-matematik modellar, elektron jadvallar, qarorlar qabul qilish
modellaridan iborat boshqaruv va iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish
vositalari;
— bilimlar bazasidan iborat ekspert tizimlari;
— turli mantiqiy-hisoblash masalalarini yechish vositasi;
— matnli va rasmiy axborotlarni qayta ishlash vositasi.
Barcha axborot ta‘minotini bir joyga to‗plash qimmat va maqsadga muvofiq
emas. Shuning uchun ma‘lum bir AIJ funksional yo‗naltiriladi. Shuni
ta‘kidlash kerakki, AIJ ochiq arxitekturalidir. U ma‘lum bir foydalanuvchi
va foydalanuvchilar guruhiga moslashtiriladi. AIJni yaratish professional
dasturchilarsiz foydalanuvchiga qo‗yilgan masalani muvaffaqiyatli bajarish
imkonini beradi. Barcha dasturiy ta‘minotlar AIJ samarali ishlashini
ta‘minlashi lozim. Shuning uchun bu standartdagi amaliy dasturlar to‗plami,
servis tizimlari, axborotlarni himoyalash va tashuvchilar bilan muomala
qilish qoidalari, shuningdek, AIJ imkoniyatlarini kengaytirishi va xizmat
ko‗rsatish bo‗yicha ma‘lumotnomali axborotlardan iborat bo‗lmog‗i kerak.
Shu sababli barcha AIJ asosida axborotlarni ekranda qayta ishlash tizimi
yotadi. AIJni yaratishda quyidagi talablarga amal qilinadi: «do‗stonalik»,
«egiluvchanlik», «samaradorlik». «Do‗stonalik» deganda, foydalanuvchini
muloqot tartibida qulay va oson ishlashi tushuniladi. Bunda tizimga
maksimal kirish imkoniyati yaratiladi. Hech qanday muammolarsiz turli
sharoitlardan oson chiqib ketish yo‗llarini ko‗rsatuvchi ma‘lumotlar bilan
to‗ldirilishi lozim. Hujjatlar odatdagi ko‗rinishda, ular bilan ishlash
murakkab
bo‗lmasligi
kerak.
«Egiluvchanlik»
deganda,
yangi
xarakteristikalar, belgilar kiritish yoki o‗zgartirish imkoniyati nazarda
tutiladi. Masalan, ekran rangini yoki hujjat ko‗rinishini o‗zgartirish.
«Samaradorlik» deganda, muomala qilingandan boshlab yakuniy natijani
olish uchun ketgan vaqt tushuniladi.
Bu uch ko‗rsatkich AIJda quyidagi uch asosiy funksiyani amalgam
oshirishni ta‘minlaydi:
— matnlarni ekranda qayta ishlash;
— shakllarni ekranda qayta ishlash;
— ish grafikasini ekranda qayta ishlash.
Foydalanuvchilar va ular yechadigan masalalar mazmuniga mos axborotlar
bilan ta‘minlashni AIJning axborot ta‘minoti amalgam oshiradi. Tashkiliy
boshqaruvda foydalanuvchilar shartli ravishda uch kategoriyaga qarab
quyidagilarga ajratiladi: rahbarlar, mutaxassislar va xizmat ko‗rsatuvchi
xodimlar. Turli kategoriya foydalanuvchilari uchun yaratiladigan AIJda
ma‘lumotlardan foydalanish turlicha. Misol uchun, xizmat ko‗rsatuvchi
xodimlar, odatda, tashkilotning ichki ma‘lumotlari bilan ishlaydi,
takrorlanuvchi masalalarni yechadi, tuzilmalashtirilgan ma‘lumotlardan
foydalanadi.
Rahbarlar boshqaruv va qarorlar qabul qilish maqsadida ham ichki, ham
tashqi ma‘lumotlardan foydalanadi. AIJni tatbiq qilish foydalanuvchining
odatdagi ish jarayonini buzishi mumkin emas.
AIJ mutaxassisni ish joyida kompyuter yordamida reglamentlashtiruvchi
hujjatlar majmuasi bilan ishlashini ta‘minlaydi. Zamonaviy hududiy
boshqaruv organlarining Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) kamida
uch darajada dasturiy va texnik vositalar hamda har bir darajaning
qo‗shimcha vositalari bilan faoliyat yuritishi kerak (1.1-rasm).
1.1-rasm.
Hududiy
boshqaruv
organlarining
AAT
dasturiy-texnik
vositalarini
ko‗p darajali tashkil qilishning prinsipial sxemasi.
Rahbarning AIJ o‗zining tuzilmasiga ko‗ra quyidagilarga bo‗linadi:
— tarqatilgan;
— lokallashgan.
Rahbarning tarqatilgan AIJ — monitor, klaviatura hamda sichqonchadan
iborat va boshqa barcha funksional qismlar uning yordamchisi yoki kotibada
bo‗ladi. Lokallashgan tuzilma avtonom ishlash va funksional yopiqlik bilan
ta‘minlanadi.
Rahbarning AIJni yaratishda ikkita asosiy funksiya hisobga olinadi: tezkor
boshqarish va qarorlar qabul qilish. Shuning uchun ham, rahbarning AIJ
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
— doimiy ravishda ishonchli axborotlar bilan to‗ldirilib boriluvchi, kirish
chegaralangan, rivojlangan ma‘lumotlar bazasi (MB);
— axborotlarni tezkor izlash;
— axborotlarni ko‗rgazmali tasvirlash;
—haqiqiy sharoitga maksimal moslashtirilgan, ishlash uchun optimal kirish
sharoitini ta‘minlovchi muloqot dasturiy vositalarning mavjudligi;
— boshqa axborot manbalari bilan tezkor aloqani ta‘minlash;
— texnik va dasturiy vositalarning yuqori ishonch bilan ishlashi hamda
oddiyligi;
— AIJ xotirasida qabul qilingan qarorlar tajribasini to‗plash imkoniyati
mavjudligi.
Shunday qilib, rahbarning AIJ ish faoliyatini ta‘minlovchi; qarorlar qabul
qilish; qo‗lda bajariladigan ishlar; kommunikatsiya kabi tizimchalarni
qamrab olishi kerak.
Rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tashkil qilish bo‗yicha tayyorgarlik
ishlarini rahbar yordamchisi yoki kotiba bajaradi. Majlislar bayonnomasi
rahbarning AIJdagi maxsus elektron yozuv daftarchasiga yoki uning AIJ
bilan bir tarmoqdagi boshqa AIJga maxsus faylga yoziladi.
Faoliyatning ma‘lum bir bosqichida bajarilgan ish natijalarini baholash
uchun arxivlashtirish lozimdir. Rahbar o‗z ishini dasturning dispetcher
bo‗limi orqali rejalashtiradi.
Shaxsiy arxiv uzoq muddatga mo‗ljallangan yozuvlarni saqlashga xizmat
qiladi. Masalan, korxonalar, shaxslarning telefonlari, manzili, shablonlar
hamda tez-tez ishlatiladigan shakllar va boshqa shu kabilar.
Topshiriqlar kartotekasidan rahbarning shaxsiy topshiriqlari joy oladi.
Mutaxassisning AIJ. Mutaxassis — bu ma‘lum bir sohaning kasb egasidir.
Uning AIJ shunday bo‗lishi lozimki, u shaxsiy hamda muassasaning
MBdagi axborotlar asosida tahliliy ish bajarishi va natijani biror hujjat
sifatida taqdim etishi lozim. Odatda, ma‘lum bir ishni bajarishga ketgan
vaqtning 40% uni shakllantirishga ketadi. Mutaxassisning kasbga
yo‗naltirilganligi AIJning dasturiy va texnik ta‘minotiga bo‗lgan talabini
belgilaydi:
— shaxsiy va umumiy (global) MB bilan ishlash imkoniyati;
— boshqa axborot manbalari bilan kommunikatsion muloqot qilish
imkoniyati;
— to‗plangan tajribalar asosida tahlil qilinayotgan jarayonlarni
modellashtirish imkoniyati;
—tizimning yuqori darajadagi ko‗p funksiyaliligi va egiluvchanligini
ta‘minlash.
Bu talablardan kelib chiqib, mutaxassisning AIJ ish va kasbiy faoliyatlarni,
qo‗lda bajariladigan ishlarni hamda kommunikatsiya aloqalarini
ta‘minlovchi tizimchalardan iborat bo‗lishi kerak.
Mutaxassis AIJda quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
—klaviatura yordamida hujjatlardan ma‘lumotlarni kiritish (ekranda vizual
nazorat qilish bilan);
— kompyuterga ma‘lumotlarni magnit tashuvchilardan, boshqa AIJdan
kiritish;
— lokal hisoblash tarmog‗ida boshqa AIJdan aloqa kanallari orqali
ma‘lumotlarni xabarlar sifatida qabul qilish;
— ma‘lumotlarni tahrirlash va ular bilan amallar bajarish;
— ma‘lumotlarni to‗plash va saqlash;
— ma‘lumotlarni izlash, yangilash va himoyalash;
—foydalanuvchining natijaviy axboroti, shuningdek, turli ma‘lumotnomalar
va yo‗riqnomali xabarlarni ekranga, chop etish qurilmalariga va magnit
tashuvchilarga chiqarish;
— ma‘lumotlarni shakllantirish va boshqa AIJga fayl sifatida magnit
tashuvchilarda yoki hisoblash tarmog‗ida aloqa kanallari orqali uzatish;
— so‗rovlar bo‗yicha tezkor ma‘lumotnomalar olish.
Avtomatlashtirish umumiy holda texnik, tashkiliy va iqtisodiy xarakterdagi
tadbir va harakatlar majmuyini tashkil etadi. U insonning ishlab chiqarish va
boshqaruv jarayonidagi u yoki bu vazifasini bajarishida bevosita ishtirokini
kamaytiradi yoki butunlay ishtirok etmasligini ta‘minlaydi. Shunday qilib,
AATning mutaxassislariga axborot xizmatini ko‗rsatuvchi, natijaviy
axborotlarni oluvchi avtomatlashtirilgan texnologiya va inson faoliyatining
turli sohalaridagi boshqaruv jarayonini optimallashtiruvchi inson — mashina
deb qarash mumkin. AAT yordamida hisoblashlarning ko‗p variantliligi
ta‘minlanadi, ratsional boshqaruv qarorlari qabul qilinadi, shuningdek, ayni
vaqt tartibida, kompleks hisob va iqtisodiy tahlil tashkil qilinadi, olinayotgan
va boshqaruvda foydalanilayotgan axborotlarning haqiqiyligi va tezkorligi
ta‘minlanadi. Bunga barcha joylardagi idora mehnatini avtomatlashtirish,
mazkur boshqaruv tizimini yaratish orqali erishiladi.
Nazorat savollari
1.
Soha idoralarining axborot tizimlari
2. Fanning vazifasi nimadan iborat?
3. AIJ qanday texnologik tizimchalardan tashkil topadi?
4. Qanday AIJning turlarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |