125
Vizantiya aholisi etnik jihatdan rang-barang bo’lib, uning katta qismini
yunonlar tashkil etgan, bu yerda shuningdek suriyaliklar, yahudiylar,
armanlar, gruzinlar, koptlar (Misrda) istiqomat qilgan. Rimliklar
ozchilikni tashkil etgan. X asrga kelib Vizantiyaning aholisi 20-25 mln.
kishini tashkil etgan. VII asrga qadar lotin tili ustunlik qilgan, ammo
vaqt o’tishi bilan yunon tili davlat tiliga aylandi.
Vizantiya sivilizatsiyasi rivojida uch davr ajratiladi. Ilk davrda
(IV-VII asrning birinchi yarmi) Vizantiya davlatchiligi shakllandi va
xristianlik yetakchi dinga aylandi. O’rta davr (VII asrning ikkinchi
yarmi - XII asr) Vizantiya sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri
bo’lib, bu davrda cherkov va davlat uyg’unlashdi, yagona xristian
cherkovi G’arbiy va Sharqiy qismlarga parchalanib ketdi, qonunni
kodifikatsiyalash yakunlandi, yunon tili davlat tiliga aylandi. So’nggi
davr (XIII-XVasrlar) tushkunlik belgilari yuzaga chiqdi va sivilizatsiya
emirila boshladi.
Vizantiya sivilizatsiyasi deyarli har doim urush holatida bo’lgan.
Imperiya varvarlarning hujumlari, xalqlarning Buyuk ko’chishi
to’lqinlarining kirib kelishi sharoitida shakllandi. VII asrda tashkil
topgan Birinchi Bolgar podsholigi uzoq vaqtgacha Vizantiyaning
raqibiga aylandi. Imperator Yustinian (482-565 yy.) Rimni uning
ilgarigi chegaralari doirasida qayta tiklashga harakat qilib, imperiya
hududlarini deyarli ikki barobarga ko’paytirdi. Vizantiya
davlatchiligini
mustahkamlash uchun qator tadbirlar amalga oshirildi, xususan rim
huquqi kodekslashtirildi.
Vizantiyaning sharqdagi xavfli raqibi Sosoniylarning Yangi fors
podsholigi edi. VI asrda bu podsholik o’z qudratiga ko’ra Vizantiya
bilan tenglasha oladigan yagona davlat edi. VII asrdan Vizantiya
arablar bilan kurashga kirishdi. IX asrda Vizantiyaning bolgarlar bilan
uzoq davom etgan urushlari boshlandi. X-XI asrlarda Kiev Rusi ham
bir necha marta Vizantiyaga qarshi yurishlar uyushtirdi. XI asr oxirida
Orolbo’yidan kelgan saljuqiy turklar Vizantiyani
Kichik Osiyodan siqib
chiqarishdi. 1204 yildagi to’rtinchi salib yurishidan so’ng Vizantiya
parchalanib ketdi. Ko’p o’tmasdan u qayta tiklangan bo’lsa-da, o’zining
ilgarigi qudratiga erisha olmadi. Endilikda Vizantiya kuchsiz markaziy
hokimiyatga ega tarqoq feodal davlat edi. Iqtisodiy jihatdan Vizantiya
Italiya shaharlari – Genuya va Venetsiyaning ta’siriga tushib qoldi. XV
asrga kelib Vizantiya saljuqiy turklar mulkalarining qurshovida qoldi.
1453 yilda Konstantinopol turklarning zarbasi ostida quladi.
127
etilishi nafaqat ma’jusiylik, balki bid’atchilikka qarshi kurash bilan
birga bordi. O’z obro’sini mustahkamlash uchun cherkov har qanday
o’zgacha fikrlashga qarshi chiqdi. Sobit e’tiqodlilar va bid’atchilar
o’rtasidagi bahslar mavzusi xristianlikning azaliy isbotsiz qabul
qilinadigan qoidalari edi: Muqaddas Uchlik aqidasi, Masih tabiatini
anglash, insondagi ma’naviylik va jismoniylik nisbati. Eng ko’p
tarqalgan bid’atlar arianlik, monofizitlar, pavlikianlar, bogomillar
ta’limotlari edi. Bid’atlar ko’p hollarda ijtimoiy norzilikning
mafkuraviy shakli bo’lib xizmat qilgan.
Ilohiyotga
masalasidagi
qarama-qarshiliklar
1054
yilda
cherkovning parchalanishida (sxizma) tashqi omil bo’lib xizmat qildi.
Bu hodisa xristianlikning ikki yirik markazi – Rim va Konstantinopol
o’rtasida IV asrda boshlangan ma’naviy va siyosiy rahnamolik uchun
kurashning yakuniy marrasi edi. Ikki cherkov o’rtasidagi kurashda
ilgarilari ham bunday keskin choralar qo’llanilgan. Cherkovning
parchalanishi diniy ta’limotning o’zidagi ixtilofning namoyon bo’lishi
ham edi.
Vizantiyada
din
birlashtiruvchi
va
barqarorlashtiruvchi
funktsiyalarni ham bajargan. U Vizantiya ma’naviyati va
madaniyatining shakllantiruvchi yagona qobiq edi. Vizantiyada
ma’jusiy antik davr madaniy qadriyatlari ham rad etilmagan. Antik
adabiyot va falsafa keng o’rganilgan. Maorif tizimi antik davrdagi
ta’lim tizimiga yaqin bo’lgan va cherkovga bo’ysunmagan. Vizantiyada
xo’jalik boshqaruvi va mamlakat boshqaruvi ehtiyojlariga xizmat
qilgan fan ham antik davr ta’sirida taraqqiy etgan.
Shunday
qilib,
insoniyat
genotipini
boyitgan
Vizantiya
sivilizatsiyasining betakror xususiyatlaridan biri xristian dini, ellin
madaniyati va rim davlatchiligining ajoyib uyg’unligi edi. Ushbu
sivilizatsiya ko’plab Sharqiy Yevropa xalqlari, xususan Rus
tsifilizatsiyasining taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: