88
4. «Klassik davr». M.a. II asrdan eramizning V asrigacha. Janubiy
Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan
davri.
Hind daryosining g’arbida m.a. VII-VI ming vujudga kelgan
Moxenjodaro va Xarappa madaniyati m.a. 2 ming yillikning
o’rtalarida, Hind vodiysiga g’arbdan rivojlanishda pastki pog’onada
turgan oriylar qabilalarining bostirib kirishi natijasida halok bo’ldi.
Ikkinchi davr bizga asosan Hindistonning qadimgi adabiy
yodgorligi – “Veda” lar (m.a. 2 ming yillik) orqali ma’lum. «Veda
davri» (m.a. XIII-VII asrlar) Shimoliy Hindistonda ilk davlatlarning
tashkil topishi bilan xarakterlanadi. So’nggi veda
matnlari shakllangan
paytda oriy qabilalari Hind-Gang tekisligining butun markaziy
qismiga tarqalgan edi. “Rigveda” (hind-oriylarning vedalarining eng
qadimgi qismi) yaratilgan davrida oriylarda sinfiy jamiyat va davlat
hali shakllanmagan edi. Iqtisodiyotda yirik qoramolchilikka
asoslangan chorvachilik rivojlangan, dehqonchilikka e’tibor
berilmagan.
Veda davrida avvalgidek yirik shaharlar qurilmagan. Odamlar
katta
bo’lmagan
manzillarda
yashaganlar.
Lekin
qadimgi
paytlardagidek, shaharda binolar rejalashtirish printsipida joylashgan.
Veda davri tasviriy va amaliy san’at namunalari bizgacha kam yetib
kelgan. Bular, asosan, loydan, oltindan ishlangan kichik hajmdagi
haykallardir.
Gang daryosining yuqori qismi, Gang va Jamna o’rtasidagi
yerlardagi kechgan hayot “Maxabxarata” epik asarining syujetini
tashkil qiladi. Ijtimoiy tashkilot qabila bo’lgan, qabila boshlig’i roja-
harbiy boshliq va yo’lboshchi sifatida o’z qarindoshi va
xizmatkorlariga tayangan. Qabila uch tabaqa: kohinlar, harbiylar va
oddiy jamoachilarga bo’lingan. Ilk veda davrida qulchilik mavjud
bo’lgan. Qadimda hindcha “dasa” - qulni bildirgan so’z ko’pgina veda
madhiyalarida uchraydi. Asirlar qulga aylantirilgan.
So’nggi veda davrida iqtisodiyot, ijtimoiy siyosiy tuzumda
keskin o’zgarishlar yuz bergan. Dehqonchilik rivojlanib, Hind-Gang
vodiysida keng dalalar o’zlashtiriladi, daraxtning qattiq yog’ochidan
omoch yasay boshlanadi.
M.a. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlaridaShimoliy
Hindistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti jamiyatning “kohinlar”,
qabila harbiy zodagonlari-“kshatriylar”, to’la huquqli xalq- “vayshilar”
91
kirmaydi. Chandragupta II (380-445 yillar davrida) Gupta davlati
gullab-yashnadi. Uning davri hind tarixining “oltin davri” hisoblanadi.
Uning vorislari davrida o’zaro urushlar kuchayib ketadi. O’rta
Osiyodan kelgan eftalitlar V asrda Gupta davlatini qulatdi. V asrda
shimoliy Hindiston kichik davlatchalarga bo’linib ketadi.
Dekan mamlakatlari tarixida Satavaxan sulolasi alohida o’rin
tutadi. Eramizning ikkinchi asrida Satavaxanlar davlati o’z
taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqadi. Uning asosiy markazlari
g’arbiy Dekanda edi. III asrda bu davlat parchalanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: