Ma’ruza rivojlangan osiyo davlatlari ta’lim tizimi


Singapurdagi ta’lim tizimi



Download 61,25 Kb.
bet3/14
Sana22.04.2022
Hajmi61,25 Kb.
#573530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
22-23-24-лекция

Singapurdagi ta’lim tizimi. Bugun ta’lim iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotning hal qiluvchi omili, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini shakllantirish, unda ijtimoiy maqomlarni taqsimlash mexanizmi hisoblanadi. Buni ayni paytda xorijiy davlatlarda ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali yuksak bilim va ko’nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotganligidan ham anglash mumkin.
Masalan, maorifga ulkan sarmoya kiritib, yuksak natijalarga erishayotgan davlatlardan biri – Singapurdir. Singapur Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lgan davrda uning sanoati asosan mineral yoqilg’i va qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan edi. SHunga qaramay, o’sha davrdayoq ta’lim tizimini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.
So’nggi yillarda mamlakat va xorij oliy o’quv yurtlarida ilm-fanning eng zamonaviy yo’nalishlari va ilg’or texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida Singapur ilmiy-texnik rivojlanish sohasida jahonda etakchi mamlakatlardan biriga aylandi. Ayni paytda bu mamlakat er sharida 10 ming kishi hisobiga olimlar ko’pchilikni tashkil etadigan (47) besh mamlakat qatoridan joy olgan. Singapur yalpi ichki mahsulotga nisbatan ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga mablag’ sarflash darajasi bo’yicha o’zining sobiq mustamlakachisi Buyuk Britaniyadan ham oldinda turadi.
Singapurda umumiy ta’lim tizimi haqida to’xtalganda qo’yidagilarga e’tibor qaratish lozim. Singapur umumiy ta’lim tizimi uch bosqichdan iborat. Mamlakat ma’muriy jihatdan 4 ta ta’lim hududiga bo’lingan bo’lib, har bir hudud 7 ta maktab klasteridan iborat. Har bir klaster o’rtacha 12-14 boshlang’ich va o’rta maktabni o’z ichiga oladi. 
Jumladan, 1961 yildan 1991 yilgacha Singapur hukumati maktab tizimining mustaqilligi va moslashuvchanligini oshirishga, shuningdek, ta’lim siyosatini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini oshirishga yo’naltirish, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan qator islohotlarni amalga oshirdi. Islohotlarning yana bir maqsadi, ta’lim jarayonining mohiyati nafaqat bolalar miyasini turli xil fan bilimlari bilan to’ldirish bo’lmay balki yoshlarni hayotiy ko’nikmalar- mas’uliyat, o’zaro yordam hissi, ishga muhabbat, qiziquvchanlik, jasorat va moslashuvchanlikni shakllantirish edi.
Singapurda o’quvchilarni maktabga qabul qilish 6 yoshdan boshlanadi. Boshlang’ich maktabda talabalar matematika, ingliz tili, etika, musiqa va jismoniy tarbiya kabi fanlardan asosiy bilimlarni oladi. 6-sinf oxirida ular o’rta maktabda o’qishni davom ettirishga ruxsat beruvchi PSLE yakuniy imtihonini topshiradilar. Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, PSLE imtihonlari milliy imtihondir. Imtihon ingliz, ona tili, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha o’quvchilarning bilim darajasini tekshirishga qaratilgan.
O’rta umumiy ta’lim 4 yil davom etadi. Ushbu bosqichda talabalar texnik sohani, buxgalteriya hisobi, shuningdek davlat va xorijiy tillarini o’rganishga ixtisoslashgan yo’nalishlardan birini tanlashlari mumkin. Bu bosqichdan so’ng umumta’lim maktablari bitiruvchilari texnikumlarga (3 yillik) yoki texnik institutlarga (o’qish muddati - 2 yil) o’qishga qabul qilinadi. Talabalar ushbu o’quv dargohlarida quyidagi sohalarda mutaxassisliklarni olishlari mumkin: muhandislik, aloqa, raqamli texnologiyalar, biotexnologiya va buxgalteriya hisobi. O’qishni tugatgan bitiruvchilarga ishga joylashish imkonini beradigan diplom beriladi. SHuningdek bu bosqichdan so’ng bitiruvchilar Oliy ta’lim muassalarida ham o’qishlarini davom ettirishlari mumkin.
Singapur ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) muhim rol o’ynaydi. Bu talabalar o’rtasida innovatsion g’oyalarni rivojlantirishga va ular o’rtasida hamkorlikni kuchaytirishga yordam beradi. Singapur maktablarini kompyuter bilan jihozlash darajasi o’rtacha 5 ta talabaga bitta kompyuterdan iborat. SHu bilan birga maktablarning 95% internet tarmog’iga ulangan. Bu o’qituvchilar va talabalar orasida tajribalar almashish imkoniyatini beradi.
Singapurda boshlang’ich maktab majburiy va pullik hisoblanib, ta’lim xarajati oyiga 9,4 AQSH dollar va yiliga bir marta to’lanadigan 79,4 AQSH dollarni tashkil qiladi. O’rta ta’lim uchun ota-onalar har oyda 14,4 dollar va har yil uchun bir marta 115,5 dollar to’laydi. Universitetgacha bo’lgan davr ta’limi uchun harajat oyiga 19,5 dollarni va yiliga bir marta to’lanadigan 158,8 dollarni tashkil etadi. .
Ayni paytda Singapur ta’lim tizimi uch bosqich — maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’limdan iborat. Bog‘chaga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi. Ikki-uch yil davomida ularga ona tili va ingliz tili, o‘qish, sanash, kuylash, rasm chizish, raqs tushish kabilar o‘rgatiladi. Singapurda davlatga qarashli bog‘chalar yo‘q. Maktabgacha ta’lim muassasalarining barchasi xususiy bo‘lib, ayrimlarigina diniy tashkilot yoki jamg‘armalar tomonidan boshqariladi.
Zamonaviy Singapurda ta’lim siyosati mamlakatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Barcha o‘quv muassasalari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida. Vazirlik davlat maktablari­ning rivojlanish va boshqaruv jarayonini nazorat qilish bilan birga, xususiy maktablarga ham tavsiya beruvchi va nazoratchi vazifasini bajaradi. Ammo o‘quv dasturini tanlash erkinligi, o‘quvchilarni qabul qilish tartibi hamda davlat ajratadigan moliyaviy yordamga ko‘ra davlat o‘quv muassasalari va xusu­siy maktablar bir-biridan farq qiladi.
Maktablarda o‘quvchilarga shaxsiy imtihon topshirish tizimini ishlab chiqish imkoniyati berilgan. Bu har bir bolaning o‘z qobiliyatini yanada yaxshiroq namoyon etishini ta’minlaydi. Imtihonlar yakunida bolalar iqtidoriga ko‘ra ingliz va ona tilidan boshlang‘ich, standart hamda yuqori daraja, matematika va tabiiy fanlardan dastlabki va standart darajalardan birini oladi. O‘qish so‘ngida o‘quvchilar bitiruv imtihonini topshiradi va ta’limning keyingi bosqichiga o‘tish uchun PSLE (Primary School Leaving Examination) shahodatnomasiga ega bo‘ladi.
O‘quvchilar imtihon natijalari asosida o‘rta maktabning maxsus (4 yil), texnik (4 yil), ekspress (4 yil), akademik (5 yil) yoki integrallashgan (5-6 yil) kurslaridan biriga qabul qilinadi. Tabiiyki, har bir yo‘nalish o‘zaro farq qiladi. Maxsus va ekspress yo‘nalishlar 4 yillik ta’lim kurslarini o‘z ichiga olib, ularda asosan ona tili fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. O‘quvchi unga qo‘shimcha tarzda biror chet (fransuz, nemis yoki yapon) tilini o‘rganishi mumkin. Maxsus va ekspress kurslarni tamomlagan o‘quvchilar 2 yillik kollejlarga o‘qishga kirishi mumkin.
Singapur ta’limining yana bir o‘ziga xosligi noodatiy baholash tizimidir. Aksariyat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi to‘qqiz ballik
A1 — (eng yuqori),
F9 — (eng past) baho­lash mezonlari asosida o‘lchanadi. Bunda A1/A2 (a’lo), B3/B4 (yaxshi), C5/C6 (qoniqarli), D7 (fanni o‘zlashtirganlik uchun eng kam ball) hamda E8/F9 (qoniqarsiz) hisoblanadi. Maktablarda yakuniy reyting natijalari to‘plangan ballar asosida belgilanadi.
Singapurda eng iqtidorli o‘quvchilar integrallashgan ta’lim dasturi(Integrated Programme, IP)ni egallashi mumkin. Bunda mamlakatdagi sara maktablar o‘quvchilariga O-daraja sinovlaridan o‘tmay turib, 6 yillik o‘rta ta’limni tamomlagani zahoti A-darajani olish uchun imtihon topshirish imkoniyati beriladi. Bu o‘quvchilarning bo‘sh vaqti ko‘proq qolishi hamda bu paytda o‘zi tanlagan fanlarni chuqurroq o‘rganishiga yo‘l ochadi.
Singapur oliy ta’limi dunyoda yetakchilardan sanaladi. Mamlakatda 5 institut, 4 universitet bo‘lib, ularning har birida oliy darajada ta’lim olish kafolatlangan. Shuningdek, mamlakatda 2 ta xususiy universitet hamda bir qancha jahonga mashhur oliy o‘quv yurtlarining filiallari mavjud.
Mamlakatda oliy ta’lim tizimi bakalavriat (3–4 yil), magistratura (1–3 yil) va doktorantura (2–5 yil) bosqichidan ­iborat. Oliy ta’lim muassasa­larida o‘qish ingliz va xitoy tillarida olib boriladi. Universitetlarga abituriyentlar imtihon asosida qabul qilinadi, so‘ng ular­ga xalqaro standartlar asosi­da ta’lim beriladi. Talaba universitetda o‘qish bilan birga, ta’lim muassasasi qoshida tashkil etilgan tadqiqot markazla­rida ilmiy izlanish olib borishi va qator fanlar bo‘yicha ilmiy daraja olishi mumkin. Singapur universi­tetlari tomonidan berilgan diplom butun dunyoda amal qiladi.
Oliy ta’lim uchun to‘lana­digan shartnoma puli Buyuk Britaniya, AQSh yoki Avstraliya bilan solishtirganda, Singapurda bir necha barobar arzon. Ammo bu yerda beriladigan ta’lim sifati hech bir Yevropa mamlakatinikidan qolishmaydi. Shuning uchun ham Singapurdagi ta’lim muassasalari doim xorijlik yoshlar bilan gavjum.
Singapur talabalarga ta’lim grantlarini berishda ham ancha saxiy. Bu yerda istalgan iqtidorli talaba ta’lim stipendiyasi yoki grantini olishga da’vo­garlik qilishi mumkin. Grantlar davlat, o‘quv muassasalari yoki ish beruvchilar tomonidan moliyalashtiriladi. Ularni qo‘lga kiritgan talabalarga ajratiladigan to‘lov summasi o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
Mamlakatdagi deyarli barcha oliy o‘quv yurtlari o‘z stipendiyali dasturiga ega. Qo‘shimcha pullar ko‘pincha ixtisoslashgan yo‘nalish talabalariga ajratiladi. Ayrim yirik korxona va korporatsiyalar o‘zlarini qiziqtirgan mutaxassislarning shartnoma pulini to‘lash orqali bo‘lg‘usi xodimlarini tayyorlaydi. Buning uchun talaba va korxona o‘rtasida ke­lishuv imzolanadi. Unga ko‘ra, talaba o‘qishni tamomlagach, o‘sha tashkilotda bir necha yil ishlab berish majburiyatini zimmasiga oladi. Zero, Singapur­dagi eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan birini tamomlagan talaba yetuk kadr sifatida har qanday tashkilotni qiziqtirishi tabiiy.

Download 61,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish