MCV / MCH / MCHC / RDW
MCV - qizil qon hujayralarining o'rtacha hajmi- 80-100 fl
MCH - alohida eritrositda o'rtacha gemoglobin miqdorini tavsiflaydi. 27-33 pg
МСНС - alohida eritrositda gemoglobinning o'rtacha kontsentratsiyasini tavsiflaydi, qizil qon hujayralarining gemoglabin bilan to'yinganligini ifodalaydi.
Normal qiymati: 33-37
RDW - bu qizil qon hujayralarining hajmi (anizositoz) bo'yicha farqining o'lchovidir. Normal qiymati- 11,5-14,5%.
Mikrositoz- eritrotsitlar diametri 5,0-6,5 mkm bo'lgan 1. Mikrositar anemiya (temir tanqisligi anemiyasi, talassemiya, sideroblastik anemiya,gemoglobinopatiya) Normositoz: eritrotsitlar diametri 7,5-8,0 mkm bo'lgan 2. Normositar anemiya (aplastik anemiya, gemolitik anemiya, gemoglobinopatiya, qon ketishdan keyin anemiya temir tanqisligi anemiyasining regenerativ bosqichi) Makrositoz - 9,0 mkm dan ortiq diametrli eritrotsitlar: 3. Megaloblastik anemiya (vitamin B12, foliy kislotasi etishmasligi ) 4. Makrositoz (miyelodisplastik sindromlar, jigar kasalliklari) bilan kechishi anemiya.
Mean Corpuscular Volume
MCH and MCHC
MCH (Mean Cell Hemoglobin) - alohida eritrositda o'rtacha gemoglobin miqdorini tavsiflaydi.
Normal qiymati: 27-33 pikogramm (pk)
Ushbu indeksga asosan anemiya normal, gipo - va giperxrom bo'linadi.
Klinik va diagnostik ahamiyati.
Oshishi:
1. Giperxrom anemiya
2. Megaloblastik anemiya
3. Jigar sirrozidagi anemiya
Kamayishi:
1. Gipoxrom anemiya
2. Gemoglobinopatiyaning ayrim turlari
3. Yomon sifatli o`smalardagi anemiya
Red Cell Distribution Width
RDW (Red cell distribution width) bu qizil qon hujayralarining hajmi (anizositoz) bo'yicha farqining o'lchovidir. Normal qiymati- 11,5-14,5%.
RDW ning yuqori qiymati eritrotsitlar populyatsiyasining geterogenligini anglatadi, agar qon namunasida bir nechta qizil qon hujayralari populyatsiyasi mavjud bo'lsa (masalan, qon quyishdan keyin). RDW va MCV birgalikda mikrositar anemiya farqlanishiga xizmat qiladi.
Klinik va diagnostik ahamiyatga ega.
MCV qiymati > 80 fl, RDW normal:
1. Surunkali kasalliklardagi anemiya
2. Talassemiya
MCV qiymati > 80 fl, RDW yuqori:
1. Temir tanqisligi anemiyasi
2. Sideroblastik anemiya
Yuqori RDW quyidagi hollarda kuzatiladi:
1. Makrositar anemiya
2. Miyelodisplastik sindrom
3. Suyak-ko`migi metaplaziyasi
4. Suyak iligiga o'smalar metastazida.
Reticulocyte Count
Retikulotsitlar - bu hujayra yadrosi bo'lmagan yosh eritrotsitlar, ammo ribosomalarda ribonuklein kislotalarning qoldiqlari mavjud. Retikulotsitlar 2 kunlar atrofida pereferik qonda aylangach etuk shaklga aylanadi Retikulotsitlar soni suyak iligi eritropoetik faolligini aks ettiradi.
Ko`payishi: gemolitik sindrom, o'tkir kislorod etishmovchiligi, qon yo'qotishidan keyin 3-5 kun (retikulotsitar kriz)
Kamayishi: prognozi salbiy bo`lgan anemiyalar, suyakka saraton metastazlari
White Blood Cell Count
Leykotsitlar inson organizmida mikroblar, virusli va parazitar infektsiyalarga qarshi kuchli qon va to'qima to'siqlarini hosil qiladi, to'qima gomeostazasini (doimiyligini) va to'qimalarni tiklashni qo'llab-quvvatlaydi. Neytrofillar, eozinofiller, bazofillar, limfositlar va monositlar – morfologik xususiyatlari (yadro turi, mavjudligi va sitoplazmik kiritmalari tabiati) 5 asosiy leykotsitlar turlari farqlanadi.
Differential Counts Platelet Count
Trombositlar 150 -400 000 1 mkl qonda (yani 150-400 x 10 9 1 litr qon xajmida).
Umumiy qon taxlili normal ko`rsatkichlari xar xil klinik xolatlarda normadan siljishlari kuzatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |