Maruza rejasi: Ona tilidagi sheriyat



Download 34,95 Kb.
bet2/2
Sana31.05.2022
Hajmi34,95 Kb.
#621873
1   2
Bog'liq
Sichjo janiri

Sichjoga tabiat mavzusi XV asr o‘rtalarida Men Sason (1359-1431) ning to‘rt she’rdan iborat turkumi bilan kirib kelgan. Bu turkumda shoir yilning turli fasllaridagi zohid hayotini tavsiflagan. Shundan beri bu mavzu mazkur janrda hukm suradi. Men Sason sichjosida podsho bilan koinot holati o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi qadimgi tasaffurlar aks etiradi. Alohida kuchga ega bo‘lgan va koinotdagi uyg‘unlik uchun javob beradigan podsho tabaa uchun mehr-muruvvat manbai hisoblanadi.

Daryolar va ko‘llarda bahor,


Qalbimni his-hayajon chulg‘agan.
Mirt mayini simiryapman, daryo bo‘yida o‘tirib
Tilla tangali baliqlarni ovlayapman.
Podshohimning mehr-muruvvati bilan
Umrimni huzur-halovatda o‘tkazyapman.

Ko‘l maktabi” shoirlari koreys she’riyatiga o‘ziga xos uslubda tasvirlangan peyzajni kiritdilar va bu borada yuksak mahoratga erishdilar. Bu yo‘nalishning mumtoz vakillari Yun Son Do va to‘qqiz yoshidan she’r yoza boshlagan Sin Xim (1586-1628) shuhrati ayniqsa keng tarqaldi. “Ko‘l maktabi” shoirlari sichjoning “alohida turkumli shakli”: yagona mavzu bilan birlashtirilgan uchliklar turkumini yaratdilar. Yun Son Doning “Besh do‘st – daryo, qarag‘ay, tosh, oy, bambuk”, “Baliqchining yil fasllari”, Li Xvanning “Tosaning o‘n ikki hirgoyisi” turkumlari shular jumlasidan.


Li I (taxallusi Yulgok) (1537-1584) XVII asrning mashhur peyzajchi shoiri bo‘lgan. Uning faqat bir she’rlar turkumi – “Kosanning to‘qqiz burilishi” saqlanib qolgan. Shoir bir necha chizgilar bilan juda go‘zal peyzaj – minyaturani yaratadi. U hayratga soluvchi, yangi obrazlarni yaratadi, so‘zga juda talabchanlik bilan yondashadi. Li Ini tabiat manzarasi yaratadigan kayfiyatdan ko‘ra peyzajning go‘zalligi ko‘proq qiziqtiradi. Mana, shu turkumdan o‘rin olgan sh’rlardan biri:

O‘rmonda yangi o‘sgan barglar shovqini yangramoqda.


Samgok qanday yaxshi nur taratdi!
Bu yerda qushlar sayraydi,
Daraxtlar orasida tinimsiz qanot qoqadi.
Bu yerda shamolga o‘z bag‘rini ochib,
Qarag‘ay o‘sgan – u sovuqdan qo‘rqmaydi.

XV asr she’riyatinda muhabbat mavzusi o‘ziga yo‘l ochadi. Konfutsiychilik axloqi nuqtai nazaridan taqiqlangan bu mavzu Koryo davrining she’riy ijodidan ancha keng o‘rin olgan, lekin ularga koreys feodal jamiyatining “quyi tabaqasi” – xalq aktyor-qo‘shiqchilari kande va geyshalar kisen she’rlaridagina duch kelish mumkin. Kvande va kisen qadimgi she’riy asarlarni avaylab asrab, og‘izdan-og‘izga o‘tkazibgina qolmasdan, balki o‘zlari ham ajoyib sichjo mualliflari hisoblanganlar. Aksariyatining ismi noma’lum bo‘lgan xalqdan chiqqan shoirlar ijodida asosan e’tibor inson tuyg‘ulariga qaratilgan. Ba’zan sichjo hazil-mutoyiba bilan boyitilgan. Bu lirik she’riyatda xalq qo‘shig‘i an’analari jonlangan.


Xvan Chjini (1506-1544) (taxallusi Menvol)ning she’riy asarlari o‘zining nozik yumori, shaklining mukammalligi, she’riy tilining go‘zalligi va oddiy insonga, uning kundalik hayotiga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Mana, shoiraning o‘ziga xos she’rlaridan biri:

O Pyokke daryosi! Sen yashil tog‘lardagi


Jadal oqiming bilan g‘ururlanma.
Vaqti kelib sen dengizga etasan –
Uning bag‘rida adabiy izsiz yo‘qolish uchun.
Tiniq oy nur sochayotgan tog‘larda
To‘xtaganing ma’qul emasmi?

Bu sichjo bilan quyidagi afsona bog‘liqdir. Xvan Chini Pyokke ismli bir odam dunyo ko‘ngilhushliklaridan, ayollardan o‘zini olib qochishi va shu bilan g‘ururlanishi haqida eshitadi. Do‘stlarini Pyokkeni oydin kechada sayr qilishga chaqirishga ko‘ndirib, shoira undan ma’lum masofa uzoqda sichjoni kuylaydi. Xvan Chjinining go‘zalligi va teran aqlidan hayratga tushgan Pyokke o‘zining ayollarga e’tiborsizligi bilan bog‘liq qarashlarini unutadi.


Sichjo so‘z o‘yini asosida qurilgan: “tiniq oy” – Menvol – shoiraning adabiy taxallusi. Shunday qilib, sichjo zamirida quyidagi fikr yotadi:
yillar o‘tadi,
yoshlar qaytmaydi,
Pyokke, kalondimog‘likni qo‘y,
hayotdan lazzat ol!
Boshqa bir she’rda shoira sevikli yorini kutayotgan ayol haqida hikoya qiladi:

Qachon menga ishonching yo‘qoldi?


Ayt-chi, qachon men seni aldadim?
Allaqachon uchinchi soqchi bong urdi,
Kuz fasli ham o‘tib ketdi.
Sen esa kelmayapsan …Nima uchun shamol
To‘qilgan hazonlarni uchiryapti?

Tabiat hodisalari qahramonning ichki kechinmalarini aks ettiradi. Uning mushtoqligiga an’anaviy poetik obraz – to‘kilgan hazon yordamida chizilgan kuzgi manzara mos keladi.


Xvan Chjini an’anasini davom ettirib, ko‘pgina shoiralar – Sori, Kuchji, Me Xva o‘z she’rlarini so‘z o‘yini asosida tuzadilar. Masalan, Sori sichjosi (XVI asr oxiri – XVII asr boshi):

Meni: “Qayrag‘och!”, deb chaqirishayotganini eshityapman.


Do‘stlar, siz qaysi qayrag‘ochni nazarda tutyapsiz?
Baland qayrag‘och tik jarlik ustida
Bir o‘zi mag‘rur qad rostlagan.
O‘tinchi bolalar ungacha
Yeta olmasalar kerak!

Sichjo quyidagi so‘z o‘yini asosida tuzilgan: Sori – shoiraning ismi va sori – koreyscha “qayrag‘och”.


Xalqdan chiqqan shoirlar qalamiga mansub sichjoning folklor bilan yaqin aloqasi folklor lirikasiga xos bo‘lgan mavzular va ularni yoritish usullaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi:

Uni qo‘msab yashaganimdan ko‘ra,


O‘lganim yaxshi bo‘lsa kerak!
Oydin tunda ovloq tog‘lar orasida
Ruhim kakku qushga aylansin.
Men yashirinaman va ohista kukulayman...
Shunda meni azizim eshitadi!
Noma’lum muallif

Xalqdan chiqqan shoirlar lirikasida g‘am-hasratgina emas, balki quvonchi, visol lazzati ham o‘z aksini topgan:


Quyosh nurlari ostida chechaklar gullayaptimi,


Yashil daraxtzorda kakku sayrayaptimi,
Bugun men yana azizim bilan ko‘rishaman –
Va menga dunyoda hech narsa kerak emas!
Kim yeg‘layapti, nima gullayapti –
Bular bilan endi nima ishim bor!
Noma’lum muallif

Yangi davrning eng muhim mavzusi – vatanparvarlik. U Li Sunsin (1544-1598) ijodida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Koreys tilidagi birdan-bir she’r Xansando oroli yaqinidagi hal qiluvchi dengiz jangi arafasida flot boshlig‘ining o‘y-mulohazalari. Bu jangda u yapon bosqinchilariga qaqshatqich zarba beradi:


Bu tunda men qilich bilan qurollanib


Xansan orolida soqchilikda bo‘ldim.
Kuzatuv minorasi uzra oy balqida,
Meni chuqur hasrat chulg‘adi...
Ammo birdan dushman nayining ovozi yangradi –
Va yuragimga pichoq sanchgandek bo‘ldi.

Vatanparvarlik mavzusi Kim Sanxon (1570-1652) she’riyatida ham yangraydi.


Men qilichlar va shamshirlarni


Aka-ukalarim va do‘st-birodarlarimga tarqatdim,
Aka-ukalar va do‘st-birodarlar,
Biz qadirdon mamlakatizni saqlab qolamiz!
Shunda men qilichlar va shamshirlarni yig‘ib,
Ulardan omochlar yasayman.

“Ko‘l maktabi”ning peyzaj lirikasi ham vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan, qadrdon tabiatga, uning go‘zalliklariga muhabbat uyg‘otishga qaratilgan. Bu yo‘nalishning ayrim shoirlari milliy ozodlik urushining faol ishtirokchiladir, masalan, Sin Xim.


Koreys tilidagi she’riyatning rivojlanish jarayonida sichjodan chan-sichjo (aynan – uzun sichjo) alohida tarmoq sifatida ajralib chiqqan. Bir necha she’riy shakl (lekin ko‘proq sichjo)ning umumiy nomini ifodalagan chan-sichjo XVII asrda vujudga kelgan. Bu janr qisqa she’rning rivojlanishida tartibga solingan she’rdan erkin she’rga o‘tish bosqichi bo‘lsa kerak.
Download 34,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish