Maruza: “Sichjo”da tabiat tasvirijanri.
Maruza rejasi:
Ona tilidagi sheriyat.
Sichjoda mamlakat tarixidagi dramatik voqealar.
Kanxo munxak sheriyati.
Xitoy adabiy janrlar tizimi doirasida rivojlangan xanmundagi she’riyatdan farqli o‘laroq, ona tilidagi sh’eriyat oziga xos koreys adabiy janrlaridan iborat.
XV–XVI asrlarda ona tilidagi she’riyatning yangi janrlari – sichjo, kasa, cha-sichjo vujudga keldi. Ularning shakllanishiga va rivojlanishiga XV asr o‘rtalarida koreys fonetik yozuvining yaratilishi imkoniyat yaratdi.
Sichjo janri XIV-XV asrlar chegarasida vujudga keldi. Uning ravnaqa topgan davri XVI-XVIII asrlardir. Bu janrga ba’zan hozirgi davr shoirlari ham murojaat etadilar. XIV-XIX asrlarda yaratilgan ikki mingtadaga sichjo saqlanib qolgan. Ular o‘n misrali xyangani eslatadi: uning uch bandli tuzilishini takrorlaydi, uchinchi – yakunlovchi qismga alohida o‘rin beradi; she’rning ohang tomoniga katta e’tibor beriladi.
Sichjo she’ri o‘qilmagan, balki cholg‘u asbobi jo‘rligida ijro etilgan. O‘rganilayotgan davrda ona tilidagi she’riyat mavzulari juda rang-barang bo‘lgan.
XV asr – Li sulolasi o‘z mavqeini mustahkamlagan davr. Uning avvali mo‘g‘ullar zulmidan xalos bo‘lish, yapon qaroqchilariga qarshi muvaffaqiyatli kurash davri bilan mos keladi. Bu davr bilan yangi koreys yozuvida bitilgan, yangi sulola va uning asoschisini sharaflaydigan difirambik poeziyaning rivojanishi bog‘liq, masalan Chon Nin Chji (1396-1478) va Kvon S’hje (1387-1445)ning “Uchayotgan ajdarga qasidasi”, Pyon Ge Ran qasidalari va h.k.
Vatan sarhadlarini himoya qilish, mamlakatda tinchlik va totuvlikni barqaror etish, yangi sulolani qo‘llab – quvvatlash, eski sulolalarni qoralash XV asr – XVI asr boshlari koreys she’riyatdagi asosiy mavzular va motivlardir. Nam I, kim Chon So, Chon to Chjon, Li Chi Van, Pak Chxen Nyon kabi shoirlar yirik davlat arbobi yoki sarkarda bo‘lgan. Masalan, Nam I (1441-1468)26 yoshida harbiy vazir lavozimini egallagan. “Katta yo‘lbars” degan nomlangan Kim Chon So (1390-1453) iste’dodli ma’mur – general – gubernator bo‘lgan.
Kim Chon So qalamiga quyidagi misralab mansub:
Daraxtlarning shoxlarida shimol shamoli uvillaydi,
Sovuq oy ostida qor yaltiraydi.
Qadrdonlardan ming li uzoqdagi chegara oldida
Uzun qilich bilan soqchilik qilyapman.
Hushtagim ovozi baland…hayqirig‘im vahimali…
Yerda men uchun g‘ov-to‘siq yo‘q.
Nam I quyidagi she’rni yozgan:
Men Pektusan cho‘qqisiga chiqdim.
Og‘ir qilichga tayanib turibman
O, mening Vatanim,
Yue va Xu qabilalari orasida qisilgan daraxt yaprog‘i!
Uzoq shimol va janubda biz
Urush yo‘llari changini qachon tarqatar ekanmiz?!
Sichjoda mamlakat tarixidagi dramatik voqealar o‘z aksini topgan. Sulolaning almashinuvi oliy tabaqa vakillarining ikki guruhga bo‘linishiga sabab bo‘lgan. Koryo sulolasining oxirgi podshosiga sodiq qolganlar uchun an’anaviy madaniy qadriyatlar o‘ziga xos “ma’naviy boshpana”ga aylangan. Bu hol ilk sichjolarda ayniqsa bo‘rttirib namoyon qilingan. Jumladan LI tarafdorlari qatoriga qo‘shilishdan bosh tortgani uchun o‘ldirilgan taniqli arbob, konfutsiychilik ta’limoti mutafakkiri Chon Monchju (1337-1392) shunday deb yozgan:
Osmon menga o‘lim yuborgan bo‘lsin,
Mayli, o‘lay, yuz marta o‘lay,
Suyaklarim xoki turobga aylansin,
Ruhim o‘tkinchi tanamni tark etsin,
Ammo podshoga sodiq qalbim
Unga abadiy sodiq qoladi!
1456 yil norasida podsho Tanchjonni qtal etib, taxtga Sechjoning o‘tirishi ham oliy tabaqa vakillari uchun og‘ir sinov bo‘ldi. Bu davrda she’riyatda insonning Bu davrda she’riyatda insonning ma’naviy nuqtai nazari, o‘z e’tiqodiga sodiqlik muammosi ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi. Konfutsiy davridan beri “qarag‘ay” sodiq tabaa timsoli sanalar edi. Bu obrazga biz Sechjo davrida “qatl etilgan oltovlon” sifatida mashhur bo‘lgan shoirlarning sichjo uslubidagi she’rlarida duch kelamiz. Koreys fonetik yozuvi asoschilaridan biri Son Sammun (1418-1456) shunday deb yozadi:
O‘limdan so‘ng men bilan nima qoladi?
Men Pelaoda qarag‘ayga aylanishni istayman.
Baland cho‘qqiga ko‘tarilib,
Sovuq qor yerga uchgan
Va atrof oq libos kiygan pallada
Bir o‘zim yam-yashil bo‘lib ko‘karib turaman!
Navbatdagi bosqich ham ancha og‘ir keldi. XVI asr – XVII asr boshlarida feodalizm ziddiyatlari kuchaydi. Koreya jamiyatining oliy tabaqasi vakillari o‘rtasida siyosiy va mavkuraviy kurash avjga chiqdi. Mazkur jamiat o‘qimishli qismining eng sara vakillarida hokimiyatga bo‘lgan ishonch va kelajakka umid yo‘qoldi.
“Kanxo-munxak” yo‘nalishi she’riyati
Bu umidsizlik Kanxo-munxak – “ko‘l maktabi” shoirlarining ijodida o‘z aksini topdi. Mazkur she’riyatning asosiy motivi – tabiatga ketish. Dvoryanlar guruhlarining o‘zaro kurashi behuda ekanligini teran anglagan mazkur maktab shoirlari “ko‘rlar” va “karlar”, ya’ni olomonni savalaydi:
Tog‘lar uzra mamaqaldiroq guldirasa ham
Kar o‘z atrofidagi hech narsani eshitmaydi.
Quyosh yorqin nursa sochsa ham
Ko‘r o‘z atrofidagi hech narsani ko‘rmaydi...
Biz bo‘lsak, o‘zimizni ko‘rga va karga solib,
Hamma narsani ko‘ramiz va hamma narsani eshitamiz!
(Li Xvan (1501 – 1570))
“Ko‘l maktabi” shoirlari hokimiyat, boylik va mansabni rab etadilar, oddiylikka intilishga chaqiradilar. Ularning sevimli mavzusi – tabiat tavsifi, dunyo tashvishlaridan uzoqlashgan odamning uzlatnishish hayotini aks ettiradi. Ularning do‘stlari – daryodagi chag‘alay, osmondagi oy, tog‘dagi qarag‘ay, sevimli mashg‘uloti – baliq ovi yoki kulbasi yaqindagi bir parcha yerga ishlov berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |