Bir parametrlik va ikki parametrlik diffuzion modellar mavjud.
Bir parametrlik diffuzion model. Bu model asosini ideal siqib chiqarish modeli tashkil qilib, undan farqi unda apparat uzunasiga aralashtirishning movjudligi. Bu apparatlarning matematik modeli tuzilayotganda quyidagi shartlar qabul qilinadi:
Modda konsentratsiyasining o‘zgarishi, koordinataning uzluksiz funksiyasidir;
qurilayotgan kesim yuzasida modda konsentratsiyasi o‘zgarmas;
Oqimning xajmiy tezligi va uzunasiga aralashtirish koeffitsientlari apparat kesim yuzasi va uzunligi bo‘yicha o‘zgarmasdir.
Ushbu shartlarni hisobga olib, model tenglamasini yozamiz:
(4.4)
bu yerda, DL - turbulent diffuziya koeffitsienti ( yoki uzunasiga aralashtirish koeffitsienti).
Bu tenglama ideal siqib chiqarish modelidan farqi bo‘lib , u turbulent diffuziyani hisobga oladi. DL -odatda tajriba yo‘li bilan
aniqlanadi. Sxematik bir parametrlik diffuzion model quyidagicha ko‘rsatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |