Ma’ruza -6. Mexanik jarayonlarni avtomatlashtirish
Sochiluvchan materiallarni qayta ishlash bilan bog„liq bo„lgan hamma
sohalarda granullash keng qo„llanilmoqda. Yumalatib granula olish va presslash
kabi an‟anaviy usullar bilan birga, donador, sochiluvchan materiallarni tezkor
usulda granullash jarayoni texnologiyada o„rin olmoqda, chunki bu turdagi
qurilmalar ixcham va yuqori unumdorlikka ega. Bu usulda katta tezlikda
aylanuvchi sterjenlarning materialga intensiv ta‟siri tufayli granula hosil bo„ladi.
Ushbu jarayon murakkab va quyidagi bosqichlardan iborat: yuklash, maydalash,
granula hosil qilish va granulalarni zichlash.
Ma‟lumki, har yili bir necha milliard tonna turli materiallar, chunonchi
rudalar, sementlar, ko„mirlar, mineral o„g„itlar maydalanadi. Har yili bu jarayonga
million va undan ko„p tonna yuqori sifatli po„latlar va dunyoda ishlab
chiqarilayotgan elektr energiyaning 7-10% sarflanadi.
Ayniqsa, kimyo sanoatida maydalash jarayoni keng ko„lamda qo„llaniladi.
Maydalangan materiallar erish, kuydirish, granullash va boshqa jarayonlarning
jadallashtiradi, chunki qattiq fazaning yuzasi qanchalik kata bo„lsa, yuqorida qayd
etilgan jarayonlar shunchalik tez va samarali kechadi.
Qattiq materiallarni maydalash uchun sarflanadigan energiya mashina
unumdorligiga, hamda quyidagi xarakteristikalariga: jismning fizik-mexanik
xossalariga; xom-ashyo geometrik o„lchamlariga; maydalash darajasiga va
maydalash usuliga bog„liq. Ma‟lumki, qattiq jismlarni maydalash ko„pchilik
jarayonlarni intensivlashga imkonini yaratadi.
Shuning uchun, ko„pchilik material va xom-ashyolardan turli tayyor
mahsulotlar, ya‟ni granula, qattiq yoqilg„i, qurilish materiallari, portlovchi
moddalar, o„g„itlar va boshqalarni olishda maydalash jarayoni ko„p ishlatiladi.
Ma‟lumki, maydalash qattiq jismlarni qayta ishlashda asosiy jarayonlardan
biridir. Maydalangan material va jismlar turli-tuman tayyor mahsulotlar ishlab
chiqishning asosi bo„lib xizmat qiladi. Ushbu jarayon tufayli ko„p maqsadlarga
erishish mumkin: material solishtirma yuzasi ortadi; kukunsimon materiallar
reaksion xossalari oshadi; foydali qazilma (ruda, ko„mir, sement, mineral o„g„it va
hokazo) larni ajratish.
Maydalash natijasida qattiq materiallarning fazalararo kontakt yuzasi ortadi
va bir qator fizik-kimyo va fizik-mexanik jarayonlar jadallashishiga erishiladi.
Texnologik jarayonlarda qattiq materiallarni imkoni boricha maydalangan holda
qo„llash maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |