Ma’ruza mavzusi: Sodda gap turlari



Download 32,51 Kb.
bet2/4
Sana18.04.2022
Hajmi32,51 Kb.
#561346
1   2   3   4
Bog'liq
Ma'ruza 9

Bir bosh bo‘lakli gaplar



Ma’no turlari

Misollar


1.

Shaxsi aniq (ma’lum)gaplar

  • Keldingmi, o‘g‘lim!

  • Maktabda o‘qituvchiman.

  • Yordamlashaymi?

2.

Shaxsi noma’lum (noaniq) gaplar.

qush edim, qanotimni qayirdilar, gul edim, bulbulimdan ayirdilar.
Yaxshini maqtaydilar, yomonni uyaltiradilar.

3.

Shaxsi umumlashgan gaplar

Nimani eksang, shuni o‘rasan.
Etti o‘lchab, bir kes!
Bugungi ishni ertaga qo‘yma!

4.

Shaxssiz (shaxsi topilmas) gaplar

Odamning ichidagini bilib bo‘lmas ekan.
Tartib- qoidalarga rioya qilinsin!

5.

Atov (nominativ) gaplar

Oy. Nozik jimjitlik. qahraton qish. Hamma yoq qor bilan qoplangan. Kuz. Paxtalar chamanday ochilgan. Ana talabalarimizning eng kuchlisi. Uni hamma hurmat qiladi.

Kesimi harakatni bajaruvchi shaxs-egani aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi. Masalan: Borsam, yo‘q ekansan. Yaxshi uxladingizmi? Kiring, o‘tiring. Bunday gaplarning bosh bo‘lagi asosan quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:



  1. I, II shaxs manosini ifodalovchi shaxsli fellar bilan. Masalan: Gektariga 40 sentnerdan hosil yigishtirib oldik. Borasan, nima uchun bormas ekansan ?

  2. I, II shaxs tuslovchi qo‘shimchalarni olgan otlar, fe’ldan boshqa so‘zlar bilan: Masalan: Xo‘jalik suvchisiman. Uch bolaning otasiman. Erkakmisan?

3. I – II shaxsdagi buyruq –istak maylidagi fellar bilan :
Yur dalaga! Birga ketaylik. Bor. yo‘qol, Dada, bir o‘ynab kelay.
Bir kelib keting qishlog‘imizga.
Bir bosh bo‘lakli gaplar bilan ikki bosh bo‘lakli gaplar chog‘ishtirilsa, shu narsa ham aniq bo‘ladiki, birinchi tipdagi gaplarda eganing yo‘qligi fikr materialiga ta’sir etmaydi, u grammatik jihatdan shu konsturiksiyada zarur element sanalmaydi.
Bazan mazmun va grammatik xususiyatlariga ko‘ra egasi ifodalanmaydigan gaplarda ham eganing qo‘llanishini ko‘ramiz. Bu grammatik holat bilan emas, poetik, stilistik xususiyatlar bilan bog‘liq.
Shaxsi aniq gaplarning kesimi harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turganligi uchun egani qo‘llab ularni ikki bosh bo‘lakli gapga aylantirish mumkin. Biroq shaxsi aniq gaplarning shunday turlari ham borki, ular deyarli hamma vaqt bir bosh bo‘lakli bo‘lib, odatda egasiz kullanadi: bunday gaplarni ikki bosh bo‘lakli gapga aylantirib bo‘lmaydi. Anglashiladiki, shaxsi aniq gaplarning egasi umuman qo‘llanilmaydigan (ega olib, ikki sostavli gapga aylanmaydigan) ko‘rinishlari ham bor. Bunday bir bosh bo‘lakli gaplar-topishmoqlarda uchraydi. Chunki topishmoqlarning talabiga ko‘ra topilishi lozim bo‘lgan predmet aytilmaydi. Demak, bu topilishi lozim bo‘lgan predmet ega vazifasida kelishi lozim bo‘lganda yuz beradi. Masalan, Kunduzi yerga qaraydi, kechasi osmonga qaraydi. Bu gapning egasi zanjir(u) bo‘lsa ham, lekin u qo‘llanilmaydi (topiladigan narsa zanjirning o‘zi). 2.Vaqtingni yo‘qotding-baxtingni yo‘qotding, tipidagi makollarda uchraydi. Bu yerda “sen”ni qo‘llab bo‘lmaydi: umumiylik ma’nolari yo‘qoladi. Tuya ko‘rdingmi? -Yo‘q tipidagi gaplarda ham egani qo‘llab bo‘lmaydi. Bular ham shu tipdadir.

  1. Kesim «ketsak-ketdik» formasidagi fe’ldan bo‘lgan gaplarda uchraydi. Bu fe’l kesim odatda birinchi, ikkinchi shaxs formasida keladi. qani, yursak-yurdik. Yozsang-yoz kabi.

  2. Mang (maqol) kabi gaplarda uchraydi. Ma, mang so‘zlari shaxs bildiradigan fe’llar bo‘lgan, keyinchalik kesim kabi qo‘llanib ketgan.

Demak, bunday o‘rinlarda grammatik shaxs aniq bo‘lsa-da (shunga ko‘ra, u shaxsi aniq gaplardir), lekin ma’lum sabablarga ko‘ra ega qo‘llanmaydi.
Kesimi harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Masalan: Jo‘jani kuzda sanaydilar. Uni institutga qabul qilishdi. Bu tipdagi gaplarning kesimi 3-shaxs shaklidagi aniq fe’llardan bo‘ladi (kesimning 3 shaxs formasida bo‘lishi bu turdagi bir bosh bo‘lakli gaplar uchun tipik hodisadir). Biroq shunga qaramay, bajaruvchi shaxs-kesimdan anglashilgan harakatning bajaruvchisi aniq bo‘lmaydi. Demak,bunda grammatik shaxs aniq bo‘lsa-da,u konkret shaxsni anglatmaydi: u so‘zlovchi ham emas, tinglovchi ham emas,umuman o‘zga, boshqa shaxslar, o‘zgalar, kimlarligi noma’lum. Ular gapning harakatni bajaruvchisi to‘g‘risida bundan ortiq ma’lumot bera olmaydi, ular bir bosh bo‘lakli gapning ayni shunga-harakatning bajaruvchisini aniq ifodalash zarur bo‘lmagan holatlarga moslashgan, shunday ehtiyojdan tug‘ilgan turlaridir. Masalan: Dalada ish qizg‘in: bir tomonda ariq-zovurlarni tozalayaptilar, bir tomonda ko‘chat ekyaptilar, bir tomonda daraxtlarni oqlayaptilar.
Shaxsi noaniq gapning bosh bo‘lagi, asosan, quyidagi fe’llar bilan ifodalanadi:
1. Uchinchi shaxsning ko‘pligi formasidagi fe’l bo‘ladi: Muxbirlarni bu yoqqa kirgizmaydilar. Test savollarini uch oy oldin e’lon qiladilar.

  1. Birgalik nisbatidagi fe’llar bilan ifodalanadi: Salimjonni institutga qabul qilishdi. Eshnazarovni 21-maktabda uchratish mumkin deyishdi. Shu o‘rinda takidlab o‘tish lozimki, shaxsi noaniq gaplarning katta guruhining kesimi aytmoq, demoq, ma’lumot bermoq, xabar bermoq, e’lon qilmoq kabi fe’llar bilan ifodalanib, asosiy fikr boshqa shaxs yoki shaxslarga taalluqli bo‘ladi, shuning uchun ham bu xil gaplarni yarim o‘zlashgan ko‘chirma gaplar deb atash mumkin. Masalan: Otam sayohatga ketgan deyishyapti. Uni Karim nonvoy deyishardi.

Yarim o‘zlashgan ko‘chirma gap tamoman muallif gapiga singdirib yuborilishi ham mumkin: Direktorning soat o‘nlarda bo‘lishini aytishdi.
2. Shaxsi noaniq gapning kesimi ba’zan 3-shaxsning birlik formasidagi fe’l bilan ifodalanadi: Hozir paxtani mashina bilan teradi. Xey, senga gapirayapti.
Ko‘rinadiki, shaxsi noaniq gaplarda bajaruvchi shaxs aniq bo‘lmaydi va uni ko‘rsatish talab ham qilinmaydi, odatda, bajaruvchi sifatida noma’lum bir qancha shaxslar tushuniladi. Chunki bu xil gaplarda bajaruvchi shaxs emas, balki ish-harakatning o‘zi birinchi o‘rinda turadi, asosiy diqqat shunga qaratilgan bo‘ladi.
Umumshaxsga,hammaga qaratilgan ish-harakatni bildiruvchi bir bosh bo‘lakli gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Masalan: Bir yoqadan bosh chiqarib ishlaylik. Avlodlarga ozod va obod Vatan qoldiraylik. YEtti o‘lchab bir kes. Suyanmang, xavfli.
Bunday gaplarning kesimi shaxsni aniq ko‘rsatib tursa ham,bu shaxs mazmunan umumlashgan bo‘ladi, chunki undan anglashilgan ish-harakat ko‘pchilikka, barcha shaxslarga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun bu tip gaplarda barcha shaxslarga xos va taalluqli bo‘lgan hayotiy xulosalar, uzoq asrlik tajribalar, umumiy qoidalar, umumlashgan mulohazalar, umumga qaratilgan chaqiriqlar, chorlovlar ifodalangan bo‘ladi. Bu jihatdan, ayniqsa, maqollar xarakterlidir. Masalan: Bir kun burun sochsang, bir hafta burun o‘rasan. Dehqon bo‘lsang, shudgor qil. Avval o‘yla, keyin so‘yla. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. Misollardan ko‘rinib turibdiki, bunday gaplarning kesimi har xil shakldagi fe’llar bilan ifodalangan, lekin ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:

  1. Fe’lning ikkinchi shaxs birlik shaklidagi buyruq mayli shakli: Bugungi ishni ertaga qo‘yma. Do‘sting uchun zahar yut.

  2. Aniqlik mayli shakli .

a)o‘tgan zamon shakli –Tuya ko‘rdingmi – Yo‘q.
b)hozirgi -kelasi zamon shakli : Bersang-olasan, eksang-o‘rasan.
v)kelasi zamon shakli: Xom bo‘lsang pisharsan, bu shashtingdan tusharsan.

  1. Shart-istak mayli shakli : qalavini topsang, qor yonar.

Kesimdan anglashilgan ish-harakatning bajaruvchisini topib bo‘lmaydigan bir bosh bo‘lakli gap shaxssiz gaplar deyiladi. Shaxssiz gaplar bir bosh bo‘lakli gapning egasini topib bo‘lmaydigan turidir. Bunda eganing yo‘qligi shaxsi aniq gaplardagi egasiz qo‘llanishdan, shuningdek, to‘liqsiz gaplardagi egasiz qo‘llanishdan tubdan farq qiladi. Shaxsi aniq gaplarning kesimidan harakatning bajaruvchisi, yani ega aniq bilinib tursa va uni bemalol tiklash mumkin bo‘lsa, to‘liqsiz gaplarda tushirib qoldirilgan egani qullash mumkin bo‘lsa, shaxssiz gapda umuman ega va ega tushunchasi bo‘lmaydi, faraz ham qilinmaydi. qiyoslaylik: – Sen sayohatga borasanmi? – Boraman – to‘liqsiz gap-ega «men» tushirib qoldirilgan. Bu suvni ichib bo‘lmaydi-shaxssiz gap- grammatik jihatdan ham, mazmunan ham shaxsni qo‘shib bo‘lmaydi.
Shaxssiz gapning Bizga bugun borishimizga to‘g‘ri keladi, kabi tipida kesimdan anglashilgan harakatning bajaruvchisi – logik subekt anglashilib tursa ham, lekin o‘sha subektni bildiradigan so‘z (grammatik ega) bunday gapda qatnasha olmaydi: kesim bu so‘z bilan,umuman boshqa element bilan ham,predikativ munosabatga kirisha olmaydi, grammatik xususiyat bunga yo‘l qo‘ymaydi, Masalan: Daryoning u yuziga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Majlisda Navro‘z bayramini qanday qilib o‘tkazish to‘g‘risida gapirildi.
Misollardan ko‘rinib turibdiki, shaxssiz gaplarda eganing bo‘lmasligi va topilmasligi normal nutq hodisasidir,bunday gaplarga egani kiritish logik-grammatik jihatdan tilga ziddir,shaxsi topilmas gaplarda so‘zlovchi uchun harakatni bajaruvchi butunlay etibordan chetda bo‘ladi,diqqat ish-harakatga,uning bajarilishiga yoki bajarilmasligiga, harakatni bajarish mumkin yoki mumkin emasligiga,noilojlikdan kelib chiqqan yoki aksinchaligiga, majburiyligi yoki o‘rinsizligiga qaratiladi. Shunga ko‘ra bunday gaplarda eganing ifodalanishiga butunlay zaruriyat bo‘lmaydi. Ular shunday tuziladiki,shaxsi aniq, shaxsi noaniq yoki shaxsi umumlashgan gaplardan farqlangan holda, bunday gaplarning egasini tiklab ham bo‘lmaydi. Ularning shaxssiz yoki shaxsi topilmas gap deyilishi ham ana shu bilan izohlanadi. Shu manoda shaxsi topilmas gaplar bir bosh bo‘lakli gaplarning o‘ziga xos bir turi, fikrning mustaqil bir yashash formasidir.
Shaxssiz gaplarning kesimlari, asosan, quyidagi morfologik shakllar orqali ifodalanadi:
1. Majhul nisbatdagi felning 3-shaxs buyruq – istak mayli shakli bilan: Bu yerga nos tuflanmasin, chekilmasin. Yig‘lanmasin, nega yig‘lanadi. (A.Qahhor).
2. Yo‘q so‘zi bilan birga kelgan egalik qo‘shimchali majhul nisbatdagi sifatdosh shakli bilan: Ish qog‘ozlarini yangi o‘zbek lotin alifbosida yozishga haligacha kirishilgani yo‘q.
3. Ayrim oddiy darajadagi yoki aniq nisbatdagi fe’llar bilan. Bunday fe’llar o‘zining grammatik egasi bilan birikib ketib,mazmunan bir umumiy tushunchani, hukmni ifodalaydi. Shuning uchun ulardagi grammatik egani alohida ajratib olinmaydi, birikma asosidagi mazmunni bo‘laklarga bo‘lib tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday shakliy ikki bosh bo‘lakli gaplar ham shaxssiz gaplar hisoblanadi: Masalan: Tong otdi. Kun botdi. qorong‘u tushdi. Kech kirdi. Chaqmoq chaqdi. Hozir qorong‘u tushib qoladi. Kech bo‘lib qolgan. Uyqusi keldi. Joni chiqdi. Achchig‘i keldi. Boshi aylandi. Yig‘lagisi keldi. Joni kirdi. Uni sovuq urdi.
4. Kerak, lozim, darkor, zarur, mumkin so‘zlarining harakat nomi bilan birga kelishi bilan: Do‘stning aybini yuziga aytish kerak. Gazeta bilan qaerda tanishish mumkin. Bu holatda harakat nomi egalik qo‘shimchasini olsa,gap ikki bosh bo‘lakli hisoblanadi.
5. To‘g‘ri kelmoq so‘zining tuslangan shakli bilan: To‘xtashga to‘g‘ri keladi, qo‘limda rasiya bor. Odatda to‘g‘ri kelmoq felidan oldin jo‘nalish kelishigi shaklidagi harakat nomi keladi. Bu harakat nomi mazmun talabi bilan egalik qo‘shimchasini olish mumkin. Masalan: Chiqishingga to‘g‘ri keladi.

Download 32,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish