Ma’ruza mavzusi: Sintaksis haqida umumiy ma’lumot


So`zlarning o`zaro sintaktik aloqasi predikativ hamda nopredikativ bog`lanish hosil qiladi



Download 25,31 Kb.
bet5/5
Sana07.04.2022
Hajmi25,31 Kb.
#533818
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma'ruza 1

So`zlarning o`zaro sintaktik aloqasi predikativ hamda nopredikativ bog`lanish hosil qiladi. Moslashish predikativ bog`lanish, tenglashish, ergashish, munosabatdorlashish, nopredikativ bog`lanish hosil qiladi.
1. Sintaktik birliklar – so‘z birikmasi, gap va matnning mohiyatini bilib olish ularni tashkil etuvchi qism – bo‘laklarning belgi xususiyatlarini o‘rganishni taqozo qiladi. qismlar belgi-xususiyatlari doirasida ularning o‘zaro munosabati va aloqasi masalasi muhim o‘rin tutadi. Zero, sintaktik butunliklar yoki birliklar ayni qismlarning o‘zaro munosabati va aloqasi natijasidagina yuzaga keladi. Sintaktik birliklar qismlarining (so‘z, gap bo‘lagi, sodda gap, qo‘shma gaplarning) mazmuniy munosabati kishi ongida aks etgan moddiy dunyodagi elementlarning o‘zaro munosabatini aks ettiradi. Masalan, predmet va uning belgisi (ta’mi-mazasi, rangi, miqdori va boshqa xususiyati) o‘rtasidagi munosabat, harakat va uning belgisi (tarzi, sababi, o‘rni, payti va shu kabilar) o‘rtasidagi munosabat, harakat va uning subyekti o‘rtasidagi munosabat, harakat va uning obyekti o‘rtasidagi munosabat va boshqalar. Demak, sintaktik munosabat sintaktik birliklar komponentlarining o‘zaro mazmuniy munosabatini ifodalovchi sintaktik kategoriyadir. Mazmuniy sintaktik munosabatlarni umumlashtirgan holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. Subyekt va predikat munosabati yoki subyektli munosabat.

  2. Belgi va predmet o‘rtasidagi munosabat yoki atributiv munosabat..

  3. Belgi bilan harakat o‘rtasidagi munosabat yoki relyativ munosabat .

  4. Predmet (obyekt) va harakat o‘rtasidagi munosabat yoki obyektli munosabat .

Subyektli munosabat subyekt va uning harakati munosabatidir. Bu munosabat ikki xil bog‘lanish orqali ifodalanadi. Birida ega va kesimning moslashuv yo‘li bilan bog‘lanishi orqali ifodalanadi. Masalan: Behzod kelyapti. Ikkinchisida esa subyektni bildiruvchi qism qaratqich aniqlovchi shaklida, qaratuvchi predmetni bildiruvchi qism egalik shaklida qaralmish vaziyatida keladi. Demak, qaratuvchi va qaralmishning moslashuv aloqasi orqali ifodalanadi. Masalan : Otamning xotirasi .
Anglashiladiki,subyektli munosabat borliqdagi ma’lum holat- vaziyatni aks ettiradi va tilning ikki xil birligi orqali ifodalanadi : a) gap orqali (ega-kesim orqali); b) so‘z birikmasi orqali (qaratuvchi va qaralmish orqali). Subyektli munosabatning bu ikki turini farqlash uchun ega-kesim munosabati orqali ifodalangan subyektli munosabatni predikativ, qaratuvchi-qaralmish munosabati orqali ifodalangan subyektli munosabatni nopredikativ (muvofiqlashuv) munosabati terminlari bilan atash mumkin.
Relyativ munosabat bir qancha semantik modellarga ega :
1. Harakat-uning sifat yoki miqdor tavsifi (tez gapirmoq, ko‘p o‘ylamoq).
2. Harakat-uning yuzaga chiqish o‘rni (Toshkentdan kelmoq, Germaniyada ishlamoq ).
3. Harakat yoki belgi- uning yuzaga chiqish payti (Tushda kelmoq, hamisha baxtiyor);
4. Harakat yoki belgi-uning yuzaga chiqish sababi (Betobligi uchun bora olmadi yoki betobligidan bora olmadi,mehribonligi uchun hurmatli);
5. Harakat-uning yuzaga chiqish maqsadi (davolanish uchun bordi, o‘qish uchun keldi va boshqalar.)
Atributiv munosabat belgi-predmet semantik modelidagi so‘z birikmasi uchun xosdir: oq ko‘ylak, yaxshi inson, to‘rtinchi sinf kabilar. Shoir Abdulla Oripov tipidagi birikmalar ham atributiv munosabatning bir turidir.
Obyektli munosabat obyekt-predmet, predmet-belgi (chog‘ishtiruv birikmalarda: Dadamdan katta, Anvardan kuchli va boshqalar) semantik modellaridagi so‘z birikmalarida ifodalanadi. Demak, sintaktik munosabat turlari bilan ularning ifodalanishi o‘rtasida nomutanosiblik bor. Bir sintaktik munosabat ikki va undan ortiq shakllarda ifodalanishi mumkin. Bu tildagi shakl va mazmun nomutanosibligining bir ko‘rinishidir. Bulardan tashqari, undalma, kirish, kiritma orqali ifodalanadigan sintaktik munosabat turlari ham borki, bu mazmuniy munosabat yuqoridagi mazmuniy munosabatlardan farqlanadi.Bu undalma orqali ifodalangan predmetning (tinglovchining) gap (jumla) orqali ifodalangan mazmun bilan va kirish, kiritma orqali ifodalangan mazmun bilan jumla mazmuni o‘rtasidagi sintaktik munosabatlardir.
Atributiv, relyativ, obyektli, subyektli munosabatlar gapning sintaktik tuzilishi orqali ifodalanadigan mazmunning ikki birligi o‘rtasidagi munosabat bo‘lsa,kirish,kiritma,undalma bilan jumla o‘rtasidagi munosabat, jumla mazmuni bilan so‘zlovchi,tinglovchi o‘rtasidagi munosabatdir. Birinchi tipdagi munosabat o‘zining shakliy bog‘lanish vositalari va usuliga ega bo‘lsa (moslashuv,boshqaruv,bitishuv), ikkinchi turi bunday xususiyatga ega emas. Shuning uchun keyingi tip gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan unsurlar hisoblanadi. Ular so‘zlovchining munosabati bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli subyektiv munosabat ham hisoblanadi. Birinchi tip esa obyektiv munosabatdir.
Download 25,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish