Ma’ruza mavzusi: embriologiya – 2 soat



Download 172,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana15.07.2022
Hajmi172,25 Kb.
#802027
1   2   3   4   5
Bog'liq
embriologiya

GASTRULYATSIYA 
Gastrulyatsiya – bu hujayralarning ko‘payishi, o‘sishi, kuchishi va differensirovka jaraѐni bo‘lib, 
natijada uchta homila varag‘i hosil bo‘ladi: tashqi – ektoderma, o‘rta-mezoderma va ichki - 
entoderma. Xayvonlarda gastrulyatsiyaning 4 tipi tafovut qilinadi: 1) invaginatsiya – blastula 
devorining bosilib kirishi va ikki qavatli homila hosil bo‘lishi – lansetniklarda; 2) epiboliya – 
o‘sib kirish. Tez bo‘linaѐtgan blastula devori ayrim sohalaridagi hujayralarning sekin 
bo‘linaѐtgan sohalariga o‘sib kirishi (amfibiyalar); 3) delaminatsiya – blastula devorining 
ajralishi va ikki qavat hujayralar hosil bo‘lishi; 4) immigratsiya - blastomerlarning ma’lum qismi 
ichki tomonga ko‘chishi va ichki qavat - entodermaning hosil bo‘lishi. 
Gastrulyatsiya jaraѐnini yaxshi tushunib olish uchun sodda xordalilarni o‘rganish ma’qulroq. 
Masalan, lansetnikni Unda gastrulyatsiya invaginatsiya yo‘li bilan boradi. Natijada tashqi varaq 
– ektoderma blastula tomidan, birlamchi ichki varaq – entoderma esa blastula tubidan ajralib 
chiqadi. Blastotsel – gastrotselga, tashki ochiq blastopora – birlamchi og‘izga aylanadi. U dorsal, 
ventral va ikki ѐn lablar bilan chegaralangan. Shundan so‘ng homila uzunasiga hujayralarning 
bo‘linishi va ko‘chib o‘tishi hisobiga o‘sadi. Varaqlar orasida umurtqaning analogi bo‘lgan 
xordal plastinka hosil bo‘ladi. Ventral va yon lablar tarkibidagi cheka soha hujayralari ichki 
varaqqa o‘sib kiradi va xordaning yon tomonlarida joylashadi. Keyin esa 
gastrotselga ochiladigan mezodermal cho‘ntaklar shakllanadi, ular tutashib ichki varaqdan 
ajraladi, natijada mezoderma va ektoderma hosil bo‘ladi. Shunday qilib, 3 ta homila varag‘i 
shakllanadi. Amfibiyalarda gastrulyatsiyaning 2 ta turi boradi: invaginatsiya va epiboliya. 
Baliklar va reptiliyalarda gastrulyatsiya invaginatsiya va delaminatsiya yo‘li bilan boradi. 
Homila varaqlarining hosil bo‘lish prinsipi deyarli bir xil. Qo‘shlarda delaminatsiya va 
immigratsiya. Kushlarning gastrulyatsiyasini mukammalroq ko‘rib chiqamiz, chunki sut 
emizuvchilarda va odamda gastrulyatsiyaning xuddi shu turi bo‘ladi. Delaminatsiyada 
(ajralishda) blastula diskida 2 varaq – tashqi epiblast va ichki gipoblast varaqlari hosil bo‘ladi. 
Diskning markaziy qismidan oval maydoncha – homila kalkoni ajralib chiqadi. Xuddi mana 
shundan pusht rivojlanadi. Pusht qalqonchasi epiblastida hujayralarning 
ko‘payishi va ko‘chishi pushtning orqa tomoni yo‘nalishi bo‘yicha yuz beradi, ya’ni pusht to‘g‘ri 
o‘qi bo‘ylab shakllanadi. Hujayralarning qalqon markaziga ko‘chishi natijasida hujayralarning 
uzunasiga qalinlashishi kuzatiladi, bosh qismida Genzen tuguncha deb nomlanuvchi kengayma 
bilan yakunlanadi, qalinlashgan joyning o‘zi esa birlamchi tizimcha deb ataladi. Tizimcha 
markazidagi hujayralar pastga epiblast ostiga ko‘chadi va o‘rta pusht varag`ining mezodermani 
hosil qiladi (immigratsiya). Genzen tuguni bo‘ylab 
o‘tadigan hujayralar pusht o‘rta chizigining usimtasini - xordaning paydo bo‘lishiga olib keladi. 
U keyinchalik reduksiyaga uchraydi, lekin pusht varag‘ining differensirovkasi jaraѐnida u nerv 
nayining hosil bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Xorda va mezoderma xordamezodermal ko‘rtagini hosil 
qiladi. Gipoblastdan pusht entodermasi rivojlanadi. Sut emizuvchilarda va odamda gastrulyatsiya 
xuddi shu yo‘nalishda boradi. Blastotsistadan embrioblastlar pusht qalqonchasidagi aynan 
o‘xshaydi. Unda urug‘lanishdan so‘ng 7 kunda ajralish (delaminatsiya) yuz beradi, natijada 2 ta 
varaq – epiblast va gipoblast hosil bo‘ladi. Xuddi shu paytda pusht bachadonga o‘tadi - 
implantatsiya bo‘ladi. Implantatsiya 2 bosqichda 40 soat davomida ro‘y beradi: adgeziya 
(yopishish) va invaziya (teshib kirish).Trofoblastlar bachadonning shilliq pardasiga yopishadi va 
2 kundan keyin blastotsista shillik parda bilan qoplanadi. Epiblastda 14-16 kunlari, xuddi 
qushlardagi kabi birlamchi tizimcha va Genzen tuguni paydo bo‘ladi, hujayralarning migratsiyasi 
natijasida mezoderma hosil bo‘ladi. Dastlab homiladan tashqari mezoderma hosil bo‘ladi va 


trofoblast bo‘shligini to‘ldirib turadi, keyinchalik pusht mezodermasi paydo bo‘lib, epiblast va 
gipoblast orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turadi. Birlamchi tizimcha orqali o‘tmagan hujayralar 
pusht ektodermasini hosil qiladi. Genzen tuguni orqali ko‘chib o‘tgan hujayralar xordaning 
paydo bo‘lishiga olib keladi. Shunday qilib, 17 kunda 3 pusht varag‘i hosil bo‘ladi, shu bilan 
birga homiladan tashqari varaqlar hosil bo‘lib, ulardan homiladan tashqari yoki provizor a’zolar 
shakllanadi. 

Download 172,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish