MAYDALANISH
Bu zigotaning blastomer hujayralariga mitotik bo‘linishi bo‘lib, ular o‘smaydi va ѐyilib
ketmaydi. Shunday bo‘laklanish ѐki maydalanish nomi kelib chiqkan. Homila maydalanishdan
so‘ng o‘lchami zigota o‘lchamidan oshib ketmaydi. Maydalanish natijasida hosil bo‘lgan
hujayralar
blastomerlar deb ataladi. 3 sutkada – bir necha sinxrom bo‘linishdan so‘ng pusht tut mevasi
ko‘rinishida bo‘ladi (morula). Shundan so‘ng blastomerlar orasida mustahkam kontaktlar hosil
bo‘ladi, keyin esa bo‘shliq paydo bo‘ladi va blastula bosqichi boshlanadi. Zigotaning bo‘linishi
maydalanish egatlari bo‘ylab yuz beradi, bu jaraѐn ani konuniyat bo‘yicha tuxum hujayraning
goh animal qutbida goh vegetativ qutbida namoѐn bo‘ladi. Maydalanish egatlari dastlab
zigotaning bo‘linish dukiga yaqin joylarida hosil bo‘lib, keyinchalik hujayrani aylanasiga o‘rab
boshqa joylarga siljiydi. Maydalanish egatlarining holati anafazada aniq belgilanadi.
Hujayraning kortikal qavatidagi egatlari o‘rnida mikrofilamentlarning tolalari mavjud, ular aktin
oqsilida tuzilgan, ularning qisqarish xususiyati, taxmin qilinishiga, maydalanishda tortmalar
hosil qiladi.
Maydalanish pushtning bachadon nayida siljishi davomida yuz beradi. Tuxum yo‘lining yuqori
uchdan bir qismida ikki blastomerli homila hosil bo‘ladi. Tuxum yo‘lining yarmida u 4-hujayrali
bo‘ladi. Hujayralar bir biri bilan morulin oksili ѐrdamida birikib turadi (adgeziya), keyin esa
ѐriklar va zich kontaktlar hosil bo‘ladi (8-blastomer bosqichi), morula (16- 32 blastomer
bosqichi) urug‘lanishdan 50-60 soatdan so‘ng tuxum yo‘lining pastki uchdan bir qismida hosil
bo‘ladi, unda bo‘shliq paydo bo‘ladi va blastula bosqichida (64-blastomer) homila bachadonga
tushadi. Blastula davri blastomerlarning soni 10-15 mingta bo‘lgunicha davom etadi, ularning
yadro sitoplazmatik munosabati esa xuddi somatik hujayragiday bo‘lib turadi. Maydalanish turli
xayvonlarda sariqlik miqdori hisobiga har xil bo‘ladi. Birlamchi oligoletsital tuxum hujayralarda
bo‘linish oddiy mitozdan farq qilmaydi, homila hosil bo‘lgan hujayralar bir xil o‘lchamda, lekin
ular ona hujayradan maydaroq. Bu tekis to‘liq goloblastik maydalanish (sodda xordali –
lansetniklarda). Amfibiylarda sariqlik yadro va organellalarni vegetativ qutbdan animal qutbga
surib yuboradi va ularda maydalanish egatlari dastlab animal qutbda paydo bo‘ladi. Sariqlik
vegetativ qutbda maydalanishga xalaqit qiladi, shuning uchun maydalanish har xil tezlikda
boradi. Natijada hujayralarda animal qutbga nisbatan vegetativ qutb yirik bo‘ladi. Bu to‘liq
notekis maydalanish deyiladi. Qushlar va reptiliyalarda sariqlikning ko‘p miqdorda bo‘lishi
maydalanishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maydalanish animal qutbdagi sitoplazmada unchalik katta
bo‘lmagan disk shaklida yuz berish bilan chegaralanadi. Bu meroblastik diskoidal maydalanish
deyiladi (to‘lik bo‘lmagan ѐki qisman). Sut emizuvchilarda va odamda maydalanish to‘liq,
notekis asinxrom boradi. Shuning uchun maydalanishning turli davrlarida blastomerlarning soni
turlicha bo‘lishi mumkin. Blastula maydalanish turlariga qarab har xil to‘zilishga ega:
lansetniklarda – seloblastula, devori bir qavat, markazida blastotsel. Amfibiylarda – amfiblastula.
Qo‘shlarda diskoblastula – homila diski, sariqlik bilan o‘ralgan. Sariqlik bilan homila diski
orasidagi ingichka ѐriq – blastotsel deyiladi. Sut emizuvchilar va odamda blastula pufakcha
to‘zilishiga ega – blastotsista. Blastula devori - trofoblast, bu hujayralar epiteliyga o‘xshash
bo‘lib, zich kontaktlar hosil qiladi. Pufakcha ichida bir gurux hujayralar to‘planib, tirkishli
kontaktlar ѐrdamida birikkan, bu hujayralar sekretsiya qilmaydi va homilaning shaqllanishida,
uning varaqlarining hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Bu hujayralar – embrioblastlardir.
Trofoblastlar homilaning hosil bo‘lishida ishtirok etmaydi, ular yo‘ldosh hosil bo‘lishida xizmat
qiladi. Homila bachadonga implantatsiya qilishgandan so‘ng trofoblast va embrioblastlar
o‘rtasidagi
zich kontaktlar yo‘qoladi. Ba’zida maydalanish davomida bir tuxumli egizaklar hosil bo‘lishi
mumkin: birinchi maydalanishda ikkita blastomer ikkita aloxida homila bo‘lib rivojlanadi va
ikkita blastotsista shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |