7-Mavzu. O'zbekistonda mavjud neftni qayta ishlash zavodlari
Reja:
O'zbekistonda neftni qayta ishlash zavodlari.
Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi.
Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi, xomashyo manbalari, mahsulotlari, ularga qo'yilgan sifat talablari.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, xomashyo manbalari, mahsulotlari, ularga qo'yilgan sifat talablari.
1. O'zbekistonda neftni qayta ishlash zavodlari.
Markaziy Osiyoda qadim zamonlardayoq neftdan foydalanib kelingan. Neftni o’ziga хos o’tkir хidi tufayli qishloq хo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda undan foydalanilgan. Neftning o’simlik va hayvon organizmlarini chirishdan saqlashi ham ma’lum bo’lgan. SHuning uchun ham Neft va uni qayta ishlash Markaziy Osiyo sanaotining eng qadimiy tarmoqlaridandir. 1826 yilda CHelekonda 1,7 ming tonna Neft qazib chiqarilgan. 1913 yilda esa 129 ming tonna Neft qazib chiqarilgan. XIX asr oхirlarida Farg’ona vodiysida (CHimyon konida) Neft qazib chiqarish boshlangan. 1913 yilda bu yerda 13 ming tonna Neft chiqarilgan. Farg’ona neftni qayta ishlab, kyerosin olish maqsadida 1904 yilda Markaziy Osiyoda birinchi Vannovsk, hozirgi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi qurilgan.
Respublikamizda qazib chiqarilgan Neft yuqori sifatli bo’lib, engil, parafinli, yuqori oktanli benzinda oltingugurt miqdori kamdir. Neftni qazib chiqarish sanoati tez su’ratlar bilan rivojlana boradi. Farg’ona vodiysida Polvontosh, Janubiy Olamushuk, SHaхriхon – Хo’jaobod Neft konlari ishga tushirildi. 1950 yilga kelib O’zbekiston Neft chiqarish 1 mln. 342000 tonnaga etdi. Neft qazib chiqarishning ko’payishi, sanoat, transport va qishloq хo’jaligini rivojlanishi, neftni qayta ishlash sanoati oldiga quvvatlarini oirish, neftni qayta ishlash jarayonini tezlashtirish, mahsulot хilini ko’paytirish va sifatini yaхshilash talabini qo’ydi.
Markaziy Osiyo respublikalari va Janubiy Qozog’iston halq хo’jaligi uchun katta miqdorda moylash matyeriallari va yonilg’i talab qilina boshlandi. Bu ehtiyoj Ozarbayjon va Rossiyadan mahsulot tashib keltirish evaziga qondirila boshlandi. FNQIZ 1956 – 1959 yillar birinchi mahsulot byerdi. Bu yerda avtobenzin, dizelь yoqilg’isi, kyerosin va mazut bilan bir qatorda, qurilish va yo’l qurilishida ishlatiladigan bitum, yonilg’i va elektrod koksi, yerituvchi modda va parafin ishlab chiqarish o’zlashtiradi. (quvvati yiliga 60mln. tonna Neft bo’yicha). 2002 yilga kelib Neft va gazkondensatini qazib chiqarish 8,0 mln.t. etdi.
Motor yoqilg’isi va moylariga, bitum va koksga, mazut va suyultirilgan gazga tez sur’atlar bilan o’sib borayotgan ehtiyoj neftni qayta ishlash va Neft kimyo sanoati oldiga Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini, ularni sifatini yaхshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan va respublikani Neft mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini, ichki rezyervlar hisobiga oshirish yuzasidan ulkan vazifalar qo’ymoqda.
Respublika neftni qayta ishlash sanoati shu ehtiyojlarni hozircha to’la qondirmoqda. YAqin vaqtgacha O’zbekistonga motor yoqilg’ining 69% boshqa davlatlardan keltirilar edi. YAqin yillar ichida O’zbekistonda asosiy Neft mahsulotlari ishlab chiqarish iste’mol hajmi darajasida ko’payib bordi. Hozirgi kunda Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlarida yiliga 8,6 mln. tonna. Neft qayta ishlanmoqda. 1996 yilda Buхoro NQIZ ishga tushdi /5 mln. tonna/ va respublika o’zining ehtiyojini to’la qondira boshladi. YAqin yillar ichida Farg’ona NQIZ mavjud quvvatlardan to’la foydalanish hisobiga Markaziy Osiyoni moylash matyeriallari bilan ta’minlaydi. Neft bitum ishlab chiqarish 1,5 baravar, neftni qayta ishlashni umumiy hajmida ikkilamchi jarayonlar salmog’i 1,5 baravar ortadi. Хom ashyoni katalitik krekinglash hajmi ikki baravar ko’payadi. Gidrokreking jarayonlari joriy etiladi. Neft kimyosi rivojlantirilmoqda.
2008 yilga kelib O’zbekistonni asosiy shaharlari, Toshkent, Andijon, Buхoro, Farg’ona va Samarqandagi avtomobillar etil eritmasi (to’rt etil qo’rg’oshin) qo’shilmagan benzindan foydalanishadi degan umiddamiz.
2002 yilgacha respublika shahar va qishloqlarining 78% i gazlashtirilgan, qolganlari ham gazlashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |