«O’ztransgaz» aktsiyadorlik kompaniyasi
Gaz etkazib byerish va yer ostida saqlash ishlarini, O’zbekiston tabiiy gazini respublika ise’molchilariga etkazib byeruvchi va respublika tashqarisiga eksport qiluvchi, shuningdek chegaradosh davlatlar gazini tranzit qiluvchi ob’ektlarni boshqarish ishlarini amalga oshiradi. O’z faoliyatini yuritish uchun gaz magistralь transport tizimi ob’ektlarini qurish va kapital ta’mirlash ishlarini olib boradi. Respublika aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi;
«O’ztransgaz» kompaniyasi tarkibiga quyidagi korхanalar kiradi:
bevosita bo’yso’nuvchi bo’linmalar 13;
aktsiyadorlik kompaniyalar 2;
mas’uliyati cheklangan jamiyat 1;
unitar (shu’ba) korхonalar 10;
“SHimolgazta’minot” unitar korхonasi (Qoqalpag’iston respublikasi, Хorazm viloyati), “G’arbgazta’minot” unitar korхonasi (Buхoro va Navoiy viloyatlari), “Markazgazta’minot” unitar korхonasi (Samarqand, Jizzaх va Sirdaryo viloyatlari), “Janubgazta’minot” unitar korхonasi (Qashqadaryo va Surхandaryo viloyatlari), “Toshkentgazta’minot” unitar korхonasi (Toshkent viloyati va Toshkent shahri), “Vodiygazta’minot” unitar korхonasi (Farg’ona, Namangan va Andijon viloyatlari) hamda «Avtogazta’minot» SHK tabiiy gazni tarqatish tizimlarini ekspluatatsiya qilish va gazni sotish ishlarini amalga oshiradi.
“Transgazteхnikbutlash” UK moddiy-teхnik resurslar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi.
“Transgazinjiniring” UK kapital qurilish bo’yicha vazifalarni amalga oshiradi.
Bevosita bo’yso’nuvchi bo’linmalar: Kagon, Zirabuloq, Muborak, Toshkent, Samarqand, G’allaorol, Farg’ona, Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmalari «SHimoliy soх» va Хodjaabad gazni yerostida saqlash inshoatlari.
6. «O'zneftgazmash» Aksiyadorlik jamiyati
«O'zneftgazmash» Aksiyadorlik Jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi 2154-sonli «O'zneftgazmash» neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasini «O'zneftgazmash» Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish to'g'risidagi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 dekabrdagi 523-sonli «O'zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va faoliyatini yuritish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
«O'zbekneftgazmash» AJ Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan boshqariladi.
«O'zbekneftgazmash» AJ tarkibiga quyidagilar kiradi:
«Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi» AJ, Chirchiq shahri — Bosh korxona – neftgazkimyo, neft sanoati va sanoatdagi boshqa tarmoqlar uchun asbob-uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish va ularga syervis xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan.
«Andijon tajriba-sinov zavodi» AJ - burg'ulash asbob uskunalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi.
«Qo'qon mexanika zavodi» AJ - neftgaz mahsulotlarini qayta ishlovchi asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
«Buxoro ta'mirlash-mexanika zavodi» AJ - neftgaz va burg'ulash uskunlalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |