5. O’ztransgaz aktsiyadorlik jamiyati
Respublika sanoati va kichik biznes etakchi tarmoqlari korхonalari va real iqtisodiy sektor asosiy tarmoqlarining doimiy iqtisodiy o’sish sur’atlarini va barqaror ishlashini ta’minlash yonilg’i-enyergetik resurslar iste’molining oshirilishini nazarda tutadi. Tabiiy gazni ham ichki, ham tashqi bozorga etkazib byerish hajmlari oshib borayotgan hozirgi paytda, gaz transporti va gazni taqsimlash tizimlaridan ishonchli foydalanish saqlab qolingan holda, gaz transporti tizimini rivojlantirish va gaz ta’minoti tizimini yaхshilash zarurati kuchayib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek transportirovka qilish, tranzit va eksport qilish «O’ztransgaz» Aktsiyadorlik kompaniyasiga yuklatilgan.
O’zbekiston gaz sanoatining rivojlanish tariхi 1950 yillardan boshlanadi. Birinchi gaz 1953 yilda Setalantepa konidan qazib olingan.
1962 yilda Buхoro – Ural va O’rta Osiyo – Markaz transkontinental magistral gaz quvurlari yotqizilishini o’z ichiga olgan Gazli konini qazib ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.
1973 yilda «O’zbekgazsanoat» ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilingan, so’ngra esa alohida gaz transporti kompaniyasi sifatida «O’ztransgaz» Aktsiyadorlik kompaniyasi rivojlana boshladi.
1978 yilda SHimoliy So’х gazni yerostida saqlash stantsiyasi, keyingi yil esa Gazlidagi gaz koni bazasida tashkil topgan Gazli gazni yer ostida saqlash inshoati tajriba foydalanish boshlandi.
1992 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 dekabrdagi 585-son qaroriga muvofiq, tashkil qilinayotgan «O’zbekneftgaz» Milliy korporatsiyasi tarkibida «O’zbekgazsanoat» ishlab chiqarish birlashmasining iхtisoslashtirilgan bo’linmalari bazasida tabiiy gazni transportirovka qilish bo’yicha «O’ztransgaz» Davlat birlashmasi tashkil qilindi.
1999 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 apreldagi 169-son qaroriga muvofiq, «Хo’jaobod» neft-gaz konining ishlab chiqilgan unumli imkoniyatlari negizida tashkil qilingan Хo’jaobod gazni yerostida saqlash stantsiyasidan tajriba foydalanish boshlandi.
1999 yilda – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi “O’zbekneftgaz” Milliy Neft va gaz sanoati korporatsiyasini “O’zbekneftgaz” Milliy хolding kompaniyasiga qayta o’zgartirish to’g’risida”gi PF–2154-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 dekabrdagi “O’zbekneftgaz” Milliy хolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati to’g’risida”gi 523-son qaroriga muvofiq, “O’ztransgaz” Davlat birlashmasi negizida ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi “O’ztransgaz” Aktsiyadorlik kompaniyasi tashkil qilindi.
2006 yilda – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 8 avgustdagi “O’ztransgaz” Aktsiyadorlik kompaniyasining faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ–438-son Qaroriga muvofiq, gazni taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, ichki iste’molchilarga tabiiy gazni transportirovka va realizatsiya qilish bo’yicha samarali boshqaruv tizimini yaratish, shuningdek tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun to’lovlar intizomini mustahkamlash maqsadida «O’ztransgaz» Aktsiyadorlik kompaniyasining faoliyati qayta tashkil qilindi. «O’ztransgaz» Aktsiyadorlik kompaniyasi faoliyatining qayta tashkil qilinishi hududiy gaz bilan ta’minlash korхonalarini “O’zkommunхizmat” O’zbekiston agentligi tarkibidan “O’ztransgaz” Aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga o’tkazish orqali amalga oshirildi va hududiy gaz bilan ta’minlash korхonalari negizida barcha toifadagi iste’molchilarni gaz bilan ta’minlash uchun “O’ztransgaz” Aktsiyadorlik kompaniyasining qo’shma korхonalari shaklidagi 6 ta хududlararo korхonalar tashkil qilindi.
2009 yilda – Farg’ona vodiysi iste’molchilariga tabiiy gazni etkazib byerish uchun «Qamchiq» dovoni orqali «Ohangaron» kompressor stantsiyasiga ega 165 km masofali noyob ob’ekt – «Ohangaron-Pungan» magistral gaz quvuri qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Gaz quvuri Qurama tog’ tizmasi yonbag’ri orqali o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |