MA’RUZA-1.
MAVZU: Psixologik trening haqida umumiy tushuncha.Trening guruhlarining rivojlanish tarixi. Guruh treninglarining tashkiliy-uslubiy jihatlari
Reja:
Psixologik trening haqida umumiy tushuncha
Trening guruhlarining rivojlanish tarixi
Guruh treninglarining tashkiliy-uslubiy jihatlari
Keyingi yillarda jamiyatdagi insonlar salomatligi muammosi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bilan birga quvonarli hol shundan iboratki, har bir kishi o‘z salomatligiga nisbatan ongli munosabatda bo‘lmoqda. Salomatlik deganda nafaqat jismoniy balki, prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “... har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ruhan, ham ma’nan” sog‘lom bo‘lishga e’tibor berilayotganligi ham bizning yutug‘imizdir.
Zamonaviy psixologik adabiyotlarda va bu sohadagi mutaxassislar orasida trening atamasi juda ko‘p ishlatilmoqda. Trening ingliz tilidan olingan bo‘lib, “mashq qilish”, “takrorlash” ma’nolarini bildiradi. Psixologik trening xaqida gap ketganda, bu atama ko‘pchilik tomonidan “muammolarni echimi topiladigan mashg‘ulot” sifatida qabul qilinadi. Aslini olganda trening mashg‘ulotlari kishilarning muammolarini hal qilmaydi, balki shu muammolarning asosini taxlili qila olish uchun lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. Ya’ni TRENING – shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida turli xil o‘yin va mashqlar orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulot hisoblanadi.
Treningga ta’rif berish yoki uni tushuntirishda turli mualliflar tomonidan turlicha yondashuvlar keltirilgan bo‘lsada, ularning aksariyati trening mashg‘ulotlari o‘yin va mashqlar orqali amalga oshirilishiga va trening jarayonida ko‘nikma va malakalar hosil etilishiga e’tibor qaratganlar.
Jumladan, O.Gorbushina, trening – bu shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan hissiyotlarga boy bo‘lgan mashg‘ulotdir, deb ta’riflaydi.
Shundan kelib chiqqan hoda treningni maqsadi va vazifalariga ham aniqlik kiritib olish mumkin. O‘tkaziladigan psixologik treninglarning maqsadi quyidagicha bo‘lishi kuzatiladi:
Shaxsda muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish;
Hayotdagi qarama-qarshiliklarni to‘g‘ri tushuna olish va tahlil qilishga o‘rgatish;
Shaxsning ichki holati (ruhiyati)ni o‘zgartirishga erishish;
Shaxsni kamoloti uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni hosil qilish;
Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmasini hosil qilish.
Tajribalardan kelib chiqib aytish mumkinki, treninglar uchun umumiy bo‘lgan vazifalar mavjud bo‘lishi mumkin emas. Chunki har bir trening o‘z oldiga qo‘ygan o‘zining o‘ziga xos va mos vazifalariga egaki, shunga muvofiq holda ham aytish mumkin-ki, treninglarda vazifa sifatida har bir tanlab olingan muammo yuzasidan ma’lum holatlar nazarda tutiladi. Lekin umumiy holda psixologik treninglarning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Guruh a’zolarining bir-birlari bilan tanishuvini tashkil etish;
Guruh a’zolari bilan birgalikda normalarga amal qilishga o‘rganish;
Guruh a’zolarining muammolarini gapirtirishga sharoit yaratish;
Guruh a’zolari o‘rtasida o‘zaro do‘stona muhit yaratish;
Guruh a’zolarining kayfiyatini ko‘tarish;
Guruh a’zolari o‘rtasida samimiylik muhitini yaratish;
Guruh a’zolarining o‘zaro jipsligini, ahilligini ta’minlash;
Guruh a’zolarining “qayta aloqa”sini ta’minlash;
Guruh a’zolarida turli xil hayotiy ko‘nikma va malakalarni hosil qila oluvchi mashg‘ulotlar tashkil etish.
P
Do'stlaringiz bilan baham: |